Bosqichma-bosqich: Kichkintoyingizning kelajagi uchun poydevor qoʻyamiz

Oʻzingizning homiladorlik holatingiz tufayli hayajondamisiz yoki behad xursandmisiz (har ikkala hissiyot bo’lishi ham mumkin), qay biri bo’lishidan qatʼiy nazar, biz Sizni har bir bosqichda qoʻllab-quvvatlash uchun shu yerdamiz. Dolzarb va ishonchli maʼlumotlardan tortib farzandingizning rivojlanishi haqidagi qiziqarli maʼlumotlargacham sizni boxabar qilish, homiladorlikni sogʻlom saqlashga va farzandingiz hayotining dastlabki bosqichlarida uning uchun eng yaxshi sharoitlarni taʼminlab berishga yordam beradigan maʼlumotlarni siz bilan baham koʻrishga tayyormiz.

Tabriklaymiz! Siz homiladorsiz

Ushbu quvonchbaxsh va hayajonga boy trimestrda Sizning farzandingiz 8 mm dan 6 sm gacha oʻsadi. Uning ichki organlari rivojlanayotgan va yuz tuzilishi shakllanayotgan vaqtda, sizning organizmingizda “homiladorlik gormonlari” darajasi ortadi va ular sizda ertalablari koʻngil aynishini keltirib chiqaradi. Agar sizda bu davrda ishtaha boʻlmasa, Sizga homiladorlikning dastlabki davrlarida tarkibida folat kislotasini saqlaydigan, asab naychalari nuqsonlarining rivojlanish xavfini kamaytiradigan yashil bargli sabzavotlar va avakadolarni koʻproq isteʼmol qilishni tavsiya qilamiz.

Homiladorligingiz haftalar davomida

Boʻlajak chaqaloqning oʻsishi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlaymiz

Quvonchli yangilik bilan boʻlishish va homiladorligingizdan zavqlanish vaqti keldi. Ertalabki koʻngil aynishlar asta-sekin oʻtib ketadi, Siz “quvonchdan porlay boshlaysiz” va vazn orttira boshlaysiz, chunki Sizning tanangiz chaqaloqning tugʻilishiga tayyorgarlik koʻra boshlaydi. Keyingi 3 hafta ichida Sizning chaqalogʻingiz 8 sm dan 34 sm gacha oʻsadi va yangi koʻnikmalarni oʻzlashtiradi – qorningizga turtadi, yutinishni oʻrganadi va yuz harakatlarini – yuzini burishtirish va jilmayish harakatlarini qiladi. Ikkinchi trimestr – bu davrda Siz oʻz ratsioningizga farzandingizning miyasi va koʻrish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradigan temirga boy va Omega-3 ga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritishingiz kerak.

Homiladorligingiz haftalar davomida

Yakuniy hisobni boshlaymiz

Mana homiladorlikning soʻnggi 14 haftasi ham boshlandi. Siz kichkintoyingizning dunyoga kelishiga tayyorgarlik koʻrayotganingizda, u ham oʻz vaznini orttirib, kuchini va immunitetini mustahkamlab boradi. Bu trimestrda bola vaqtining 80%ini uyqu bilan oʻtkazadi (toʻgʻri sizda bunday imkoniyat boʻlmaydi), 36 sm dan 51 sm gacha oʻsadi va vazni taxminan 3 kilogrammgacha ortadi. Sizning ushbu davrdagi ratsioningiz tarkibi ikkalangiz uchun ham muhim rol oʻynaydi. Bunda shuni esda tutish kerakki, bolada teri osti yogʻi ortib borgani sari siz unga bu muammoni bartaraf etishiga va kuniga qoʻshimcha 200 kklal kaloriyani sarflashiga  yordam berishingiz kerak.

Homiladorligingiz haftalar davomida

careline icon circle

1000 nafardan ortiq boʻlajak onalar va yosh ota-onalarga qoʻshiling

Mutaxassislarning bepul maslahatlari, amaliy qoʻllanmalar, esdalik qaydnomalar va boshqa koʻplab maʼlumotlarni bepul oʻqing.

“Homiladorlik” mavzusidagi boshqa maqolalar

Ratsion va ovqatlantirish

Siz hozir amal qiladigan sogʻlom, muvozanatli ratsion kelgusida Sizning farzandingiz salomatligiga taʼsir qilishi mumkin

Amaliy maslahatlar va qoʻllanmalar

Tugʻruqni rejalashtirish va unga tayyorlanish boʻyicha foydali tavsiyalar

Salomatlik va hissiy holat

Ogʻriqni kamaytirish usullarini tushunish va ularni qoʻllash orqali siz oʻzingizning tugʻruq jarayoningizni yengillashtirishingiz mumkin.

Ota-onalar uchun maslahatlar

Turmush oʻrtogʻingizni homiladorlik vaqtida qoʻllab-quvvatlang.

Ota-ona va bola oʻrtasidagi aloqa

Farzandingiz bilan yaqin bo’lishning erta-kechi yo’qi: axir siz bugun farzandingizga koʻrsatayotgan muhabbat butun umr davom etadi.

Homiladorlik to’g’risida eng yaxshi ma’lumotlar

Homiladorlik paytida A vitamini

Homilador ayollar uchun musiqa: tugʻilajak bolaga taʼsiri

Homiladorlik vaqtidagi sogʻlom ratsion

Uglevodlar nima uchun muhim

Tuz nima uchun muhim

Homiladorlik vaqtidagi eng foydali mahsulotlar

x