6-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 6-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

2 oy ( trimestr 1)

homila belgisi

Bolaning 6-haftada rivojlanishi

Bu bosqichda kichkintoyingizning asab naychasi yopilib, qon butun tana boʻylab aylana boshlaydi.

homilador ayol

Foliy kislotasi

Rivojlanishning bu bosqichida foliy kislotasi nima uchun juda muhimligi haqida batafsil o‘qing.

salad

Ertalabki lohaslik

Homiladorlikning bu bosqichida boshlanishi mumkin boʻlgan ertalabki koʻngil aynishi xurujlarini qanday qilib bartaraf etish haqida batafsil o‘qing.

Bolaning 6-haftada rivojlanishi

bolaning 6 haftada rivojlanishi

Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?

Garchi farzandingizning oʻlchami boshining eng tepasidan tanasining pastki qismigacha atigi 2-4 mm2 ni tashkil etsa-da, biroq u bu haftada sezilarli darajada oʻsadi. Bu bosqichda kichkintoy koʻproq qurbaqa lichinkasiga oʻxshaydi, lekin mittigina qoʻlchalari va oyoqchalarining kurtakchalari paydo boʻladi va ular yana qandaydir muayyan davr davomida rivojlanib boradi3.

Bu davrda bolaning oyoqlari nisbatan uzunroq boʻlishiga qaramay, homila baribir boshidan tanasining pastki qismigacha oʻlchanadi, chunki oyoqlar koʻpincha bukilgan holatda boʻladi va ularni oʻlchash qiyin boʻladi.

Kichkintoyingizning yurakchasi juda kichkina boʻlsada3, lekin bu davrda uning yuragi daqiqasiga taxminan 110 marta uradi va shu davrda uning ovqat hazm qilish trakti shakllanishni boshlaydi4.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 6-haftasida asab naychalari hali rivojlanishda davom etayotganligi uchun, barcha kerakli ozuqa moddalarini, jumladan foliy kislotasini isteʼmol qilayotganingizga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Homiladorlikning 6-haftasi (birinchi trimestr)

tanada o'zgarishlar

Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Garchi qorinning chiqishi 6-haftada odatiy holat boʻlishiga qaramay, homiladorlikni bu vaqtda tashqi jihatdan bir qarashda payqash qiyin va bu vaqtda faqatgina qorinning biroz yumaloqlashganini sezish mumkin.

6-haftada homiladorlik alomatlari5 

Homilador ayollarning koʻpchiligida homiladorlikning turli xil alomatlari kuzatiladi. 6-haftada siz quyidagi alomatlardan birini his qilishingiz yoki ularning hech birini his qilmasligingiz mumkin:

Sizning koʻkragingiz kattalashishi va ogʻriq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Siz shuningdek koʻkragingizda boshqa oʻzgarishlarni ham his qilishingiz mumkin – sizning tanangiz mana shunday qilib ona suti bilan emizishga tayyorlana boshlaydi.

Dastlabki 12 hafta davomida gormonal oʻzgarishlar sizda charchoq yoki holsizlik hisini keltirib chiqarishi mumkin.

Boʻlajak onalarning 80% i birinchi trimestrda ertalablari koʻngil aynishi va lohaslikni his etishadi6. Bu holat kunning istalgan vaqtida kuzatilishi va koʻngil aynishining yengil xurujlaridan tortib kun boʻyi koʻngil aynishi hissigacha turlicha namoyon boʻlishi mumkin.

Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin7.

Homiladorlikning dastlabki davrida yengil spazmlar va qonli ajralmalar tez-tez kuzatiladi8,9. Biroq, agar ogʻriq kuchli boʻlsa (hayz koʻrish paytidagi spazmlardan kuchliroq boʻlsa) yoki qon ketishi juda koʻp boʻlsa, darhol shifokoringizga murojaat qilishingiz lozim.

Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.

Homiladorlik gormonlari – estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 haftada jadal ortadi10 va sizning oʻzingizni qanday his qilishingizga taʼsir koʻrsatadi. Dam olish va jismoniy faoliyat bilan kamroq shugʻullanish hissiy jihatdan oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

Sizda koʻngil aynishi kuzatilyaptimi?

Homiladorlikning 6-haftasiga kelib sizda homiladorlik gormonlari koʻpayadi va bu sizda koʻngil aynishi holatini keltirib chiqarishi mumkin. Sizga koʻngil aynishini bartaraf etishga yordam beradigan bir nechta maslahatlar beramiz:

sog'liqni saqlash belgisi 1

Ovqatni kam-kamdan va tez-tez isteʼmol qilish koʻngil aynishi belgilarini yengillashtiradi.

sog'liqni saqlash belgisi 2

Koʻplab onalarning tajribasiga koʻra, oshqozonni tinchlantirish uchun, ertalab oʻrindan turishdan oldin quritilgan pechenye yeb olish kerak.

sog'liqni saqlash belgisi 3

Baʼzi boʻlgʻusi onalarga koʻngil aynishi va qayt qilishdan xalos boʻlishda zanjabil yordam beradi11.

Hatto agar bu simptomlar tufayli siz taomni odatiy miqdorda isteʼmol qila olmasangiz ham, sogʻlom dietaga amal qilishga harakat qiling bu sizni va farzandingizni zarur ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi.

Foliy kislotasini isteʼmol qiling

Sogʻliqni saqlash vazirligi homiladorlikning dastlabki 12 haftasi davomida har kuni tarkibida foliy kislotasini saqlovchi qoʻshimchalarni qabul qilishni tavsiya etadi12.

Foliy kislotasining tabiiy ozuqa manbayi folat deyiladi. U yashil bargli sabzavotlar, yasmiq, noʻxat va loviya tarkibida boʻladi va foliy kislotasining oʻzi ham nonga va quruq nonushtaga qoʻshiladi. Biroq, homiladorlikning bu davrida siz oziq-ovqat mahsulotlaridan oladiganingizdan koʻra koʻproq foydali moddalarni isteʼmol qilishingiz kerak. Aynan shuning uchun oʻzida foliy kislotasini saqlovchi qoʻshimchalarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Siz ichadigan prenatal multivitaminlar tarkibida siz uchun kundalik zarur boʻlgan, tavsiya etilgan 400 mkg miqdoridagi folat borligiga ishonch hosil qiling.

Agar siz homilador boʻlsangiz va oʻzida foliy kislotasini saqlovchi qoʻshimchalarni yoki prenatal multivitaminlarni qabul qilmagan boʻlsangiz unda xavotir olmang: shunchaki ularni hozirdanoq qabul qilishni boshlang va buni homiladorlikning 12-haftasigacha davom ettiring.

Ilmiy izoh

Foliy kislotasi

Bu muhim ozuqa moddasi kichkintoyingizning umurtqasi va asab tizimining shakllanishi uchun mazkur bosqichda yopiladigan asab naychalarining rivojlanishiga yordam beradi. 400 mkg foliy kislotasini qoʻshimcha sifatida qabul qilish spina bifida (umurtqa pogʻonasining boʻlinib qolishi) 1 kabi asab naychalari nuqsonlari paydo boʻlishi xavfini kamaytirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.

1. NHS. Why do I need folic acid in pregnancy? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/why-do-i-need-folic-acid-in-pregnancy/ Page last reviewed: 16 March 2018. Next review due: 16 March 2021.

2. Papaioannou GI et al. Normal ranges of embryonic length, embryonic heart rate, gestational sac diameter and yolk sac diameter at 6-10 weeks. Fetal Diagn Ther 2010;28(4):207-19.

3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 31.

4. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 149.

5. NHS UK. Signs and symptoms of pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2016. Next review due: 6 October 2019.

6. NCIB. Noel M. Lee, M.D. Gastroenterology Fellow Sumona Saha M.D. Assistant Professor of Medicine; Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub. 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/

7. NHS UK. Week 10 – Your first Trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/

8. NHS UK. Vaginal bleeding in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.

9. NHS UK. Stomach pain in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.

10. NCIB. Claudio N. Soares and Brook Zitek; Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? Pub. J Psychiatry Neurosci. 2008 Jul; 33(4): 331–343 [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/

11. NHS UK. Nausea and morning sickness [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/morning-sickness-nausea.aspx Page last reviewed: 5 March 2018. Next review due: 5 March 2021.

12. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.

13. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online] 2015. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Yangilangan sana: 2019-yil 23-sentyabr 

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x