Homiladorlikning 33-haftasi

Homiladorlikning 33-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

8 oy (trimestr 3)

Mehrga to‘lib-toshasiz

Homiladorlikning 33-haftasida farzandingiz qorinda tobora ko‘proq joy egallaydi. Natijada ishtahangiz pasayishi mumkin, ammo chaqalog‘ingiz, ilgarigidek, rivojlanishda davom etish uchun doimiy ravishda ozuqa moddalarini olib turishi lozim. O‘zingizga kerakli oziqlanishni ta’minlash uchun ovqatlanish odatlaringizni qanday o‘zgartirishni bilib oling, hamda yengil taomlar va sog‘lom tamaddi qilib olish uchun yeguliklar tayyorlash bo‘yicha maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

plod 33 nedelya

33-haftada bolaning rivojlanishi

33-haftada aldamchi to‘lg‘oqlar

Homiladorlikning 33-haftasida chaqalog‘ingizning vazni 1,5 kg va  bo‘yi esa taxminan 30 sm.ga teng bo‘ladi1. Miya va asab tizimi hozirda to‘liq rivojlangan bo‘ladi, bola esa tug‘ilgandan keyin uni isitadigan yog‘ zahiralarini to‘plashda davom etadi1.

Kelgusi haftalarda farzandingiz tez o‘sadi. Bolada harakatlanish uchun kamroq joy bo‘ladi va siz kichkintoyingizning har bir turtkisi, zarbasi, tortishi va harakatlanishini sezasiz. Kichkintoyingiz ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarga nisbatan munosabat sifatida, qimirlash bilan javob berishini sezishingiz mumkin. Agar ushbu turtkilarga nisbatan sizda biron bir xavotir bo‘lsa, bu haqda terapevtingiz yoki akusher-ginekologga xabar bering1.

Taxminan 33-haftada, siz Brekston Xiks to‘lg‘oqlari tufayli, qorningizda tortishish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Agar taxminan 33-hafta davomida qorningiz vaqti-vaqti bilan qisqarayotganini sezsangiz, bu bachadon to‘lg‘oq tutishiga tayyorlanayotganidan dalolat beradi. Bu tug‘ruq muddati yaqinlashganda tobora tez uchraydigan, soxta to‘lg‘oqlar yoki Brekston Xiks to‘lg‘oqlari deyiladi2.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlik paytida taomnomangizdagi mahsulotlarning miqdori emas, sifati muhim ahamiyatga ega

Uchinchi trimestr oxiriga kelib, chaqalog‘ingiz, ilgari oshqozoningiz egallagan joyning katta qismini egallab oladi. Bu ishtahani pasayishiga va oz-ozdan, ammo tez-tez ovqatlanish zarurati tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz katta porsiyalarda ovqat yeyishni istamasangiz, kun davomida, shuningdek, asosiy ovqatdan oldin va keyin sog‘lom yeguliklar bilan tamaddi qilishga harakat qiling — bu sizga va farzandingizga ozuqa moddalari va energiyaning doimiy zahirasini yetkazib turadi.

Yarimfabrikatlarni iste’mol qilmaslik uchun, uydan uzoqroq joyda bo‘lganingizda sog‘lom yeguliklar doimo qo‘l ostingizda bo‘lsin.

Ushbu bosqichda taomnomangizga kiritish lozim bo‘lgan asosiy oziq moddalar — bu farzandingizning suyaklari rivojlanishini ta’minlash uchun D vitamini; temir moddasi — farzandingizning kognitiv funksiyalari, hamda sizdagi charchoq va holsizlik tuyg‘ularini kamaytirish uchun; shuningdek farzandingizning miyasi va ko‘zlari  rivojlanishini ta’minlaydigan uzunzanjirli polito‘yinmagan yog‘ kislotalari (UPTYoK), DGK. Homiladorlik paytida ushbu ozuqa moddalari zahiralarining yetarli darajada to‘planishi, butun hayoti davomida farzandingizning sog‘lig‘i uchun poydevor yaratadi.

Keyingi qadamlar

Kundalik taomnomangizga quyidagi yeguliklar va kichik taomlarni kiriting:

Tarkibida D vitamini bo‘lgan:

  • Sardina bilan buterbrod
  • Sut va boyitilgan shakarsiz nonushta yormalaridan bir porsiyasi

Tarkibida temir moddasi bo‘lgan:

• Xumus va kepakli undan tayyorlangan pitta bo‘laklari

• Po‘stlog‘i bilan pishirilgan loviya

• Vetchinali yoki qovurilgan mol go‘shti bilan tayyorlanga roll

• Bir hovuch turshak, anjir yoki olxo‘ri qoqi

Tarkibida DGK va boshqa Omega-3 yog‘larini bo‘lgan:

• Salat va qovurilgan sardina

• Dudlangan lososli sendvich

• Bir hovuch yong‘oq va urug‘lar

• Soya sutidan mevali smuzi • Sut va donli yormaning bir porsiyasi

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x