24-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 24-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

6 oy (Trimestr 2)

homila belgisi

24-haftada homilaning rivojlanishi

Homilaning bu paytdagi nafas olish amaliyoti kelajakda as qotadi.

homilador ayol


Homiladorlikning 24-haftasi

Insulin qondagi qand miqdoriga qanday ta’sir qilishi haqida batafsil o‘rganamiz.

baliq

Ratsion va ovqatlanish

Miya uchun ozuqaviy modda – yod haqida batafsil bilib oling.

24-haftada homilaning rivojlanishi

 homiladorlik haftasi 24

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?

Homiladorlikning 24-haftasida homilaning uzunligi boshning uchidan quyi qismgacha 21 sm atrofida, xuddi makkajo‘xori so‘tasidek keladi, ammo undan og‘irroq bo‘ladi. Vazni esa taxminan 600 g1,2.

Bu vaqtda homilaning vazni kichik bo‘lsa ham, u deyarli shakllanib bo‘ladi. Qizmi yoki o‘g‘ilmi, keyingi haftalardan vazni oshishda davom etaveradi. Endi farzandingizning yuz shakli tugal holatda, jumladan qosh va kipriklari ham bor – unda hattoki bir tutam soch ham o‘sishi mumkin1.

Bu davrda farzandingizning o‘pkasida surfaktant deb ataladigan modda paydo bo‘ladi3. U o‘pkalardagi kichikkina havo xaltalari – alveolalar – ochiq qolishiga yordam beradi. Homila 17-haftadan boshlab nafas olishni mashq qila boshlaydi, buning sababi shundaki, mobodo vaqtidan ilgari tug‘ulib qoladigan bo‘lsa, unda yashab ketishga va neonataloglarsiz nafas olishga yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Homila kattalashganligi bois uning akrobatik harakatlari kamayadi. Biroq u oldingidek o‘zini qurshab turgan muhit bilan seziladigan darajadagi o‘zaro ta’sirda davom etadi, siz esa farzandingiz qanday qimirlashini, aylanishini va cho‘zilishini his etishingiz, hattoki “ko‘rishingiz” mumkin.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 24-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Bu bosqichda qorin kattalashib, bilinib qolgan bo‘lishi kerak. Yoki yo‘qmi? Homiladorlik hammada har xil kechadi: bo‘lg‘usi onalarning ayrimlarida qorin ancha erta bilinib qoladi, boshqalarda esa bu bilinar-bilinmas dumaloq holatda bo‘lishi mumkin. Terapevt yoki akusher-ginekologingiz maslahatiga quloq tuting, “bu paytga kelib qorin shunday bo‘lishi kerak” degan odamlarning gaplariga e’tibor bermang. Ular ona bo‘lib urgungan bo‘lsalar ham, oldin aytganimizdek, homiladorlik hammada ham bir xil kechavermaydi.

Insulin darajasiga ham e’tibor berish muhimdir. Insulin – bu qonda qand miqdorini tartibga soluvchi gormon bo‘lib, agar u yetishmasa, qondagi qand darajasi o‘ta yuqori bo‘lib ketishi mumkin.

Insulin darajasining kamligi gestatsion diabetga4 olib kelishi, bu esa siz va farzandingiz uchun muammolar sababiga aylanishi mumkin. Homiladorlikning 28-haftasigacha aksariyat ayollar qondagi glyukoza miqdori bo‘yicha testdan o‘tishlarining boisi ham shunda. Batafsil ma’lumot uchun terapevt yoki akusher-ginekologingizga murojaat qiling.

Ayrim ayollarda boshqalarga nisbatan gestatsion diabetning rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Ularga tana vazni indeksi (TVI) 30 yoki undan yuqori bo‘lgan ayollar, shuningdek Janubiy Afrika, Yaqin Sharq yoki afro-karib mintaqasidan kelib chiqqan ayollarni kiritish mumkin5

24-haftada homiladorlik belgilari


Pijamada tushkunlikdan aziyat chekayotgan ayol

Oyto‘lg‘oq sifatida ham ma’lum bo‘lgan Brekston-Xiks to‘lg‘og‘i bachadon qisqarib, bo‘shashganda sodir bo‘ladi. Tana bo‘lg‘usi tug‘ruqni shu tariqa mashq qiladi. Bundan aslo tashvish tortmang, ayrim ayollar oyto‘lg‘oqni hatto sezishmaydi ham. Bunday to‘lg‘oqlarni ikkinchi va uchinchi trimestrdan seza boshlaysiz.

Bosh og‘riqlarini ko‘proq gormonlar keltirib chiqaradi. Homiladorlik va ko‘krak bilan oziqlantirish davrida parasetamol xavfsizdir, ammo juda kam dozada va imkon qadar qisqaroq muddatga qabul qilish kerak bo‘ladi7.

Ko‘krak hajmi kattalashib, unda og‘riqni his qilishingiz mumkin. Boshqa o‘zgarishlar ham kuzatiladi – shu tariqa organizm ko‘krak bilan oziqlantirishga tayyorgarlikni boshlaydi.

Qorin kattalashishi bilan unda va ko‘krakda teri “yirtilishi” holatlari kuzatiladi. Odatda tug‘ruqdan so‘ng ular yaqqol sezilmaydi. Har xil kremlarni surtib yurmang – oddiy namlovchi krem kifoya.

Homiladorlik davrida tanangizda ko‘p miqdordagi suv yig‘iladi, shu boisdan bir joyda ko‘p turib qolsangiz, suyuqlik to‘piq, qo‘l va oyoqlaringizga tomon harakatlana boshlaydi. Shuning uchun har kuni bir soat davomida oyoqlaringizni quyidagicha ushlab turing: ularni yuqoriga ko‘taring, to‘g‘ri tuting, bu holatda oyoqlar yurak darajasidan yuqoriroq bo‘lishi kerak9.

Ovqat hazm bo‘lishi bilan bog‘liq bunday muammolar sababi 2 ta – gormonal o‘zgarishlar va homilaning oshqozon yaqinida joylashuvi10.

Yodning ahamiyati

Yodni farzandingizning miyasi uchun yoqilg‘i deb tushuning, chunki, tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, bu modda bolaning IQ’sini oshirishi11 va hattoki uzoq kelajakda bola o‘zini yaxshi his qilishida yordam berishi mumkin12.

Bo‘lg‘usi onalarning aksariyati muvozanatlashtirilgan parhez yordamida yetarli miqdordagi yod bilan organizmni ta’minlashlari mumkin. Oq baliq – eng boy tabiiy yod manbasi, shuningdek yod sut mahsulotlarida, jumladan yogurt va sigir sutida mavjud.

Steamed chinese style fish fillet.

Bo‘lg‘usi onalarning aksariyati muvozanatlashtirilgan parhez yordamida yetarli miqdordagi yod bilan organizmni ta’minlashlari mumkin. Oq baliq – eng boy tabiiy yod manbasi, shuningdek yod sut mahsulotlarida, jumladan yogurt va sigir sutida mavjud.

Ammo sut mahsulotlaridagi yod miqdori mavsumga qarab farq qiladi14, bu ratsioningizdagi yod miqdoriga ta’sir qilishi mumkin15. Qishda “qish” ozuqalari bilan oziqlanadigan sigir sutida yod ko‘p bo‘ladi. Yozda sutdagi yod miqdori kamroq14.

Yodli qo‘shimchalarni qabul qilish zaruriyati haqida terapevt yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing. Yaxshi muvozanatlashtirilgan parhez sizni kerakli miqdordagi yod bilan ta’minlayotgan bo‘lsa, qo‘shimchalarni qabul qilishga zaruriyat qolmaydi, yodni me’yordan ortog‘i esa homila uchun zararli bo‘lishi mumkin.

Yodning eng yaxshi manbalari hayonlardan olinadigan mahsulotlar bo‘lganligi uchun vegetarian va veganlarda yod yetishmovchiligi xavfi yuqori.

Ilmiy izoh

Yod

Nutricia asosida

Yodning organizmga ta’sirini tushunish oson emas. Bir tomondan, uning yetishmovchiligi bolada kognitiv funksiyalarning yomonlashishiga olib kelsa, boshqa tomondan uning ortiq darajada bo‘lishi siz va farzandingiz uchun zararli. Bunday holatda me’yorga amal qilish kerak.

Yod organizmda qalqonsimon bezning gormonlar ishlab chiqishida zarurdir, bu gormonlar hujayralarning me’yoriy funksiyasiga va organizmning yurak qisqarishlari chastotasi va moddalar almashinuvi kabi jarayonlariga ta’sir qiladi. Homiladorlik davrida homila organizmining hujayralari, jumladan uning tez rivojlanib borayotgan miya hujayralari shakllanishi ham yod iste’moliga bog‘liq16.

Barcha ayollar kuniga 0,14 mg.dan kam bo‘lmagan miqdorda yod iste’mol qilishlari lozim17. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti homilador ayollarga kuniga 0,25 mg yod qabul qilishni tavsiya etadi18. Organizmingizda yod miqdori bo‘yicha savollar tug‘ilsa, yodli qo‘shimchalarni qabul qilish zaruriyati haqida terapevt yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing.

  1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 42.
  2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 261.
  3. Mother&Baby. 24 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect. [Online] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/pregnancy-week-by-week/week-24-twenty-four-weeks-pregnant [Accessed December 2019]
  4. NHS UK. Overview – Gestational diabetes. [Online] https://www.nhs.uk/conditions/gestational-diabetes/ Page last reviewed: 6 August 2019. Next review due: 6 August 2022
  5. Diabetes UK. What is gestational diabetes? [Online] Available at: https://www.diabetes.org.uk/diabetes-the-basics/gestational-diabetes [Accessed December 2019]
  6. Tommy’s UK. Braxton Hicks. [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/labour-birth/braxton-hicks [Accessed December 2019]
  7. NHS UK. Can I take paracetamol when I’m pregnant? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/can-i-take-paracetamol-when-i-am-pregnant/ Page last reviewed: 1 June 2018. Next review due: 1 June 2021.
  8. NHS UK. Stretch marks in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stretch-marks-pregnant/ Page last reviewed: August 2019. Next review due: August 2022
  9. Tommy’s. 10 common pregnancy complaints. [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/im-pregnant/early-pregnancy/10-common-pregnancy-complaints Page last reviewed: April 2018. Next review due: April 2021.
  10. NHS Start4life. Week 15 – your second trimester [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-25/ [Accessed December 2019]
  11. Bath SC et al Effect of inadequate iodine status in UK pregnant women on cognitive outcomes in their children: results from the Avon Longitudinal Study of Parents and Children (ALSPAC). Lancet 2013;382(9889):331-7.
  12. NHS UK. Iodine supplements could help mums, babies and the economy. 10th August, 2015. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/ [Accessed December 2019]
  13. NHS UK. Could a mother’s lack of iodine harm her child’s IQ? 22nd May, 2013. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/ [Accessed December 2019]
  14. Travnicek et al. Iodine content in raw milk [Online]. 2006. Available at: https://pdfs.semanticscholar.org/a8ec/21e3ae400707d370dcd41e5cd20bf5d2393b.pdf [Accessed December 2019]
  15. Furmidge-Owen, V. A longitudinal study of iodine status throughout gestation in UK women [Online]. 2013. Available at: https://www.cambridge.org/core/journals/proceedings-of-the-nutrition-society/article/longitudinal-study-of-iodine-status-throughout-gestation-in-uk-women/9093BC156744A8BB6AAA1857266DACED [Accessed December 2019]
  16. Delange F. Iodine requirements during pregnancy, lactation and the neonatal period and indicators of optimal iodine nutrition. Public Health Nutr 2007;10(12A):1571-1580.
  17. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
  18. British Dietetic Association. Food fact sheet: Iodine [Online]. 2013. Available at: www.bda.uk.com/foodfacts/iodine.pdf [Accessed December 2019]

Yangilangan sana: 2020-yil 14-yanvar

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x