10-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 10-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

3 oy (Trimestr 1)

homilaning belgisi

Bolaning 10-haftada rivojlanishi

Kichkintoyingizning miyasi faol rivojlanish bosqichida

homilador ayol

Vazn ortishi

Homiladorlik vaqtida vazn qanday ortishi haqida batafsil oʻqing.

salat

Temir

Temir moddasining ahamiyati haqida va uning yetarli miqdordagi isteʼmolini taʼminlash uchun ratsioningizga nimalar qoʻshishingiz kerakligi haqida batafsil oʻqing.

Bolaning 10-haftada rivojlanishi

homilaning 10 haftasi

Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?

Homiladorlikning 10-haftasiga kelib sizning kichkintoyingiz 3 sm dan 4 sm gacha oʻsadi1,2 va taxminan anjir kattaligiga teng boʻlib qoladi. U tashqi tomondan allaqachon chaqaloqlarga oʻxshay boshlaganiga qaramay, uning boshi hali ham tanasiga nisbatan ancha katta boʻladi – bu uning miyasi bu bosqichda jadal rivojlanishi bilan bogʻliq3.

Kichkintoyning rivojlanayotgan jagʻlari ichida mittigina tish kurtakchalari shakllanadi va uning mittigina eshitish yoʻllari shakllanishni boshlaydi4. Shu bilan birga, butun tanasidagi suyaklari va togʻaylar oʻsa boshlaydi.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 10-haftasi (birinchi trimestr)

Mening tanamda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

10-haftaga kelib siz qorningiz ancha yumaloq shaklga kelib qolganini sezishingiz mumkin. Biroq, bu bosqichda koʻpchilik onalarda homiladorlikning tashqi belgilari hali namoyon boʻlmaydi.

10-haftada homiladorlik alomatlari5

uhlayotgan ayol

Homilador ayollarning koʻpchiligida homiladorlikning turli xil alomatlari kuzatiladi. 10-haftada siz quyidagi alomatlardan birini his qilishingiz yoki ularning hech birini his qilmasligingiz mumkin:      

Sizning koʻkragingiz kattalashishi va ogʻriq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Siz shuningdek koʻkragingizda boshqa oʻzgarishlarni ham his qilishingiz mumkin – sizning tanangiz mana shunday qilib ona suti bilan emizishga tayyorlana boshlaydi.

Dastlabki 12 hafta davomida gormonal oʻzgarishlar sizda charchoq yoki holsizlik hisini keltirib chiqarishi mumkin.

Boʻlajak onalarning 80% i birinchi trimestrda ertalablari koʻngil aynishi va lohaslikni his etishadi6. Bu holat kunning istalgan vaqtida kuzatilishi va koʻngil aynishining yengil xurujlaridan tortib kun boʻyi koʻngil aynishi hissigacha turlicha namoyon boʻlishi mumkin.

Progesteron, homiladorlik gormoni, ovqat hazm boʻlishini sekinlashtiradi va bu qorinning dam boʻlishiga va ortiqcha gaz yigʻilishiga olib kelishi mumkin7.

Homiladorlikning dastlabki davrida yengil spazmlar va qonli ajralmalar tez-tez kuzatiladi8,9. Biroq, agar ogʻriq kuchli boʻlsa (hayz koʻrish paytidagi spazmlardan kuchliroq boʻlsa) yoki qon ketishi juda koʻp boʻlsa, darhol oʻz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

Hojatxonaga tez-tez borish homiladorlikning dastlabki bosqichlarida eng koʻp kuzatiladigan alomatlardan biridir. Bu bachadon oʻsishi va siydik pufagini bosishni boshlashi bilan bogʻliq.

Homiladorlik gormonlari – estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 haftada jadal ortadi10 va sizning oʻzingizni qanday his qilishingizga taʼsir koʻrsatadi. Dam olish va jismoniy faoliyat bilan kamroq shugʻullanish hissiy jihatdan oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

Temir moddasini isteʻmol qilishga koʻproq eʼtibor qarating

Homiladorlik paytida temir sogʻlom ratsionda mavjud boʻlishi kerak boʻlgan asosiy ozuqa moddalaridan biridir. U sizning qon tanachalaringiz orqali Sizning va farzandingizning organizmiga kislorodni yetkazib berishga, shuningdek uning kognitiv funksiyalarining meʼyoriy rivojlanishiga yordam beradi.

Homiladorlik vaqtida qoningizdagi temir moddasi miqdori muntazam ravishda tekshirib turilishi kerak. Biroq, agar siz bexosdan lohaslik va xolsizlikni his qilsangiz, bu haqda oʻz shifokoringizga yoki akusher-ginekologingizga xabar bering. Ehtimol siz muayyan vaqt davomida tarkibida temir moddasini saqlovchi qoʻshimchalar qabul qilishingiz kerak boʻlishi mumkin. Ayollar uchun temirning tavsiya etilgan kundalik miqdori 14,8 mg ni tashkil etadi11

yashil bargli sabzavot

Temir isteʼmolini oshiring

Temirga boy oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga qizil goʻsht, yogʻli baliq, tuxum, quritilgan mevalar, nonushta uchun moʻljallangan vitaminga boyitilgan yormalar va butun donli nonlar, shuningdek baʼzi yashil bargli sabzavotlar kiradi. Ularning barchasi oʻz tarkibida temir bilan bir qatorda juda koʻp miqdordagi muhim ozuqa moddalarini saqlaydi.

Baʼzi ozuqa moddalari organizmingizda temir moddasining oʻzlashtirilishiga taʼsir koʻrsatadi. Masalan, C vitamini loviya va yashil bargli oʻsimliklar kabi turli mahsulotlarda mavjud boʻlgan gem boʻlmagan temir moddasining oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Kalsiy esa, aksincha, bu jarayonga xalaqit beradi. Shuningdek, choy va qahva tarkibidagi tannin moddalari temirning soʻrilishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Oʻsimliklar tarkibidagi temirning soʻrilishini maksimal darajada oshirish uchun ularni C vitaminiga boy mevalar va bir stakan sharbat bilan birga isteʼmol qiling

Ratsioningizga quyidagi temirga boy mahsulotlarni kiriting:

• Yogʻsiz goʻsht (ularning yaxshi pishirilganiga ishonch hosil qiling) va yogʻli baliqlar, masalan sardina.

• Brokkoli, kress-salat, ismaloq va karam kabi toʻq yashil rangli sabzavotlar

• Yongʻoqlar, ayniqsa keshyu yongʻogʻi.

• Loviya va noʻxat kabi dukkakli don mahsulotlari.

• Butun donli mahsulotlar, xususan elanmagan undan tayyorlangan non va nonushta uchun moʻljallangan temir bilan boyitilgan yormalar

• Oʻrik, qora olxoʻri va uzum kabi quritilgan mevalar

• Tuxum

Ilmiy izoh

Temir

Temirni yetarli miqdorda isteʼmol qilish butun organizmingiz boʻylab kislorod tashuvchi qizil qon tanachalari va qondagi gemoglobinning shakllanishiga yordam beradi. Organizmda eritrotsitlarning yetarli darajada boʻlishi anemiyaning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Baʼzan temir tanqisligi anemiyasi deb ataladigan bu holat sizda charchoq, toliqish va nafas siqishi hissini keltirib chiqarishi mumkin.

toroz

Homiladorlik paytida vaznning qanchaga ortishi muqobil hisoblanadi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi sizning homiladorlikdan oldingi vazningizga bogʻliq boʻladi va turli ayollarda turlicha boʻlishi mumkin. Koʻpchilik boʻlajak onalar homiladorlik paytida 10 kg dan 12,5 kg gacha vazn orttirishadi va bu vaznning bir qismini oʻsib borayotgan bolaning vazni tashkil etadi. Homiladorlik vaqtida vazn ortishi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni bilib oling.

Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.

1. Papaioannou GI et al. Normal ranges of embryonic length, embryonic heart rate, gestational sac diameter and yolk sac diameter at 6-10 weeks. Fetal Diagn Ther 2010;28(4):207-19.

2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 169.

3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 33.

4. NHS UK. You and your baby at 9-12 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-9-10-11-12.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.

5. NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.

6. Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/

7. NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/

8. NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.

9. NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.

10. Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/

11. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.

12. European Union. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136 2012;1-40.

13. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 23-oktyabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x