19-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 19-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

Oy 5 (Trimestr 2)

homila belgisi

19-haftada bolaning rivojlanishi

Bolajoningiz tanasi c davom etmoqda rivojlanishda

gilam

19-haftada jismoniy mashqlar

Relaksin gormoni mashq qilishga qanday taʼsir koʻrsatishini bilib olish vaqti keldi..

sut

Ratsion va ovqatlanish

Ushbu hafta — sink qabul qilish haqida oʻylash vaqti.

19-haftada bolaning rivojlanishi

homilaning 19 haftasi

Bolajonim qanday o’lchamda? Ko’rinishi qanday?

Homilaning 19-haftasida bolajoningizning kattaligi taxminan 15,3 sm, og‘irligi esa 240 g boʻladi — pomidodek, faqat ogʻirroq.

Endi farzandingizning eng noyob belgilaridan biri — barmoq izlari rivojlanmoqda. Qoʻl va oyoq tirnoqlari oʻsishda davom etmoqda va endi bola qoʻllarini mahkam siqa oladi2.

Ushbu davrda bolada himoya qatlami — verniks paydo boʻladi va uning nerv oxirlari atrofida yogʻli moddalar — miyelin hosil boʻladi3. Shuningdek, u asablarni himoya qiladi, izolyatsiyalaydi hamda bolaning miya va mushaklari oʻrtasida motorli neyron aloqalarini saqlaydi.

Miyelin bolajoningizning koʻproq boshqariladigan harakatlar qila boshlashiga yordam beradi3. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda motorika keskin, harakatlari nomuvofiq boʻladi, biroq ular oʻsib ulgʻaygan sari miyelin rivojlanib, ularning harakatlari bir maromda va muvofiqlashtirilgan boʻlishiga yordam beradi3.

Bolajoningiz rivojlanishda ildamlashadi — qoziq tishlari shakllana boshlaydi. Ular bola hayotining 6-oyidan keyingina chiqadigan sut tishlari orqasida tiziladi. 1

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homilaning 19-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanamda qanday o’zgarishlar sodir bo’lmoqdga ?

Bachadon teparoqqa siljishda davom etadi. Endi u kindigingiz bilan tenglashib, homilaning har haftasida bir santimetrga kattalashib boradi.

Bu vaqtda sizning koʻrish aʼzolaringizda oʻzgarishlar sodir boʻlishi mumkin — «homiladorlik gormonlari» sababli koʻzlar yoshlana boshlaydi5.  Natijada sizda koʻz toliqishi va konyuktivit paydo boʻlish ehtimoli mavjud. Agar sizda ushbu belgilar kuzatilsa, koʻz uchun maxsus tomchilardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ajablanarlisi shundaki, «homiladorlik gormonlari» tufayli koʻzda ortiqcha suyuqlik toʻplanib, koʻz olmasining egilmasini oʻzgartiradi va koʻrish qobiliyatini susaytiradi. Kontakt linzalari taqqan odamlar buni koʻproq sezishadi. Bu biroz noqulaylik tugʻdirsa-da, vaqtinchalik va tugʻganingizdan keyin yoki emizishni boshlaganingizda oʻtib ketishini unutmaslik kerak. Va kelajakda koʻrishning oʻzgarganligi sababli linzalar uchun yangi retsept kerak boʻlmaydi.

Kam sonli ayollar uchun koʻzdagi muammolar eklampsiya boshlanishining ilk belgilari boʻlishi mumkin7. Agar u vaqtida aniqlanmasa, keyinchalik eklampsiya — oʻzingiz va farzandingizni xavf ostida qoldiruvchi jiddiy kasallik rivojlanishi ehtimoli mavjud. Koʻrish qobiliyatingiz oʻzgarganini sezsangiz, davolovchi shifokoringiz yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing.7

19-haftadagi homila belgilari


ayolning unutuvchanligi

Mushakda ogʻriqlar boʻlmasligi uchun yonboshingizda uxlang va qorin ostiga yostiq qoʻying. Shuningdek, tizzalaringiz orasiga yostiq qoʻyib yotishingiz mumkin1.

Afsuski, homiladorlik sizni kandidoz — keng tarqalgan xamirturush infeksiyasidan himoya qila olmaydi. Agar sizda kandidoz boʻlsa, paxta matodan tikilgan kengroq ichki kiyimlar kiying va alomatlar yoʻqolguniga qadar xushboʻy sovun, hammom tuzlari va jinsiy aloqadan saqlaning.

Sizda hali ham dastlabki homiladorlik belgilari, shu jumladan tez-tez bovul qilish istagi boʻlishi mumkin.

Progesteron — homiladorlik gormoni — hazm qilishni sekinlashtiradi va bu qorin dam boʻlishi va haddan tashqari koʻp gaz hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin8.

Qorindagi ogʻriqlar bachadonning kengayishi tufayli yuzaga keladi (ular «dumaloq paycha ogʻriqlari» deb ham yuritiladi). Ulardan xalos boʻlish uchun oyoqlar koʻtarilgan holatda yoting9.

Bu birinchi trimestrdanoq saqlanib turuvchi yana bir belgidir. Kayfiyatdagi oʻzgarishlar estrogen va progesteron gormonlari bilan bogʻliq. Dam olish va yengil jismoniy faollik sizni hissiy jihatdan barqaror qilishga yordam beradi.

19-haftadagi homiladorlik belgilari

suzish

Qorningiz kattalashgani sari baʼzi harakatlarni amalga oshirish qiyinlashadi. Bu, ayniqsa, yangi sharoitlarga moslashtirishingiz kerak boʻlgan jismoniy mashqlaringizga taalluqli.

Birinchidan, endi sizda qoʻshimcha ogʻirlik bor, u borgan sari ortadi va bajarishingiz mumkin boʻlgan mashqlarga taʼsir qiladi. Biroq gormonlaringiz ham sizning jismoniy faolligingizga taʼsir qilishi mumkinligini bilarmidingiz?

Relaksin deb nomlanuvchi gormon paylarni boʻshashtirib, tugʻuruqni yengillashtirishga yordam beradi10. U, shungdek, bel, tizza va toʻpiqni tutib turuvchi paylarni ham boʻshashtiradi. Shunday ekan, yugurish mashqlarini tez yurish mashqlariga almashtirishingiz maqsadga muvofiq boʻladi.

Homilador ayollarga jismoniy mashqlar uchun haftasiga 150 daqiqaatrofida vaqt ajratish tavsiya etiladi, ulardan 30 daqiqadan kam boʻlmagani 5 kun davomida ajratilishi kerak. Homilangiz rivojlanib borishi davomida kun tartibingizni oʻzgartirishingiz foydadan xoli boʻlmaydi. Yana shuni aytib oʻtish kerakki, 3 marta 10 daqiqalik jismoniy mashqlarni bajarish bir marta 30 daqiqalik mashqlarni bajarish bilan birdek samarali.

Esda tuting: mashqlar sizni toliqtirmaydigan, ularni bajarayotgan vaqtingizda oson gapira oladigan boʻlishingiz kerak. Nafas olishingiz qiyinlashsa, demak, zoʻriqish katta.

Sinkka eʼtibor qarating

pishloq

Farzandingiz hujayralari va DNKsining rivojlanishi homiladorlik paytida sink isteʼmol qilinishiga bogʻliq. Sink organizmingizga ovqatdan yogʻlar, oqsillar va uglevodlarning oʻzlashishiga yordam beradi12, bu oʻsib borayotgan bolangiz ozuqasini taʼminlaydi. Ushbu muhim mineral sizning sog’lig’ingizni saqlashda yordam beradi, shuning uchun ratsionga iloji boricha koʻproq sinkka boy ovqatlarni kiritishingiz kerak. Ayollar kuniga oʻrtacha 7 mg13 sink isteʼmol qilishlari zarur.

Ratsioningizga sinkka boy mahsulotlarni kiriting:

●       Mol va qoʻy goʻshti kabi qizil goʻsht.

●       Parranda mahsulotlari, shu jumladan kurka goʻshti.

●       Butun bugʻdoy noni va yormalar.

●       Magʻizlar.

●       Sut, pishloq va tuxum.

Ilmiy tushuntirish

SINK

Nutricia asosida

Homiladorlik davrida bolajoningiz hujayralari va DNKsini shakllantirishda sink muhim rol oʻynaydi. Bu hujayraning boʻlinishi va toʻqimalarning oʻsishi uchun zarurdir — aynan shu yoʻl bilan farzandingiz bir hujayradan trillionlab mayda hujayralardan iborat odamchaga aylanadi. Sink, shuningdek, miyaning normal faoliyatini taʼminlab beruvchi asosiy element hisoblanadi14.

Balansli ovqatlanishning bir qismi sifatida sinkni sogʻlom isteʼmol qilish homiladorlik davrida muhim rol oʻynaydi. Homiladorlik davrida kuniga 7 mg, emizishnining dastlabki 4 oyi davomida kuniga 13 mg, qolgan qismi uchun kuniga 9,5 mg sink isteʼmol qilishingiz zarur15.

  1. NHS START4LIFE. Week 19 – your second trimester. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-19/
  2. NHS UK. You and your baby at 17 weeks pregnant [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/17-weeks-pregnant/ [Accessed December 2019]
  3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
  4. Hill, M.A. 2019. Embryology Fetal Development. [Online] Available at: https://embryology.med.unsw.edu.au/embryology/index.php/Fetal_Development [Accessed December 2019]
  5. 19 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect. [ONLINE] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/ [Accessed December 2019]
  6. WebMD Medical Reference. Pregnancy and Vision. Reviewed by Nivin Todd, MD on January 9, 2018. [ONLINE] Available at: https://www.webmd. com/ – Blurred Vision section. [Accessed December 2019]
  7. NHS UK. Pre-eclampsia. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pre-eclampsia/symptoms/ Page last reviewed: 7 June 2018. Next review due: 7 June 2021.
  8. NHS UK. Start4life. Week 17 – your second trimester [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-17/ [Accessed December 2019]
  9. NHS UK START4LIFE. Week 15 – your second trimester. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-15/ [Accessed December 2019]
  10. What is relaxin? You And Your Hormones, from the Society for Endocrinology. [ONLINE] Available at: https://www.yourhormones.info/hormones/relaxin/ Last reviewed: Mar 2018.
  11. NHS UK. Exercise in pregnancy. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pregnancy-exercise/ Page last reviewed: 14 January 2017. Next review due: 14 January 2020.
  12. 4. WHO. Zinc supplementation during pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.who.int/ [Accessed December 2019]
  13. NHS UK. Vitamins and minerals – others. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/vitamins-and-minerals/others/ Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020.
  14. British Nutrition Foundation. Nutrition and development, short and long-term consequences for health. London: Wiley Blackwell, 2013. p.157.
  15. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. TSO: London, 1991.

Yangilangan sana: 2019-yil 23-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x