Homiladorlikning 21-haftasi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 21-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

5 oy (trimestr 2)

Mega Omega

Homiladorlikning 21-haftasida farzandingizning vazni yoʻldoshdan kattaroq boʻladi. Unda ovqat hazm qilish tizimi ishlay boshlaydi, suyaklari esa qattiqroq va mustahkamroq boʻlib boradi. Mazkur bosqichda bolaning rivojlanishi uchun yogʻ kislotalari qanchalik muhimligini va kundalik ratsioningiz orqali ularni yetarli miqdorda isteʼmol qilinishini qanday qilib taʼminlash haqida batafsil oʻqing.

homilaning 21 haftasi

21-haftada bolaning rivojlanishi

Homiladorlikning 21-haftasida bolada yutinish va taʼm sezish koʻnikmalari shakllanadi

Homiladorlikning 21-haftasida bolangizning vazni taxminan 350 g boʻladi1 va u yoʻldoshdan koʻra ogʻirroq boʻla boshlaydi. Shu vaqtdan boshlab uning harakatlari sezila boshlashi mumkin, chunki uning tanasidagi togʻaylar suyaklarga aylana boshlaydi va bu bilan oyoq-qoʻllari qattiqroq va boʻgʻimlari mustahkamroq boʻlib boradi2.

Bu bosqichda bolangizning ovqat hazm qilish tizimi ishlay boshlaydi va oʻzining eng oddiy funksiyalarini bajaradi3. Ovqat hazm qilish tizimining rivojlanishiga yordam beradigan oddiy harakatlardan biri bu kichkintoyingiz uchun ozuqa manbasi hisoblangan homila oldi suvini yutishdir3. Homila oldi suvi shirin boʻladi, lekin u siz har kuni isteʼmol qilinadigan ovqatning taʼmiga kiradi2 va kichkintoyingiz rivojlanayotgan taʼm bilish retseptorlari yordamida bu taʼmlarni his qila oladi4.

Kichkintoyingizning koʻplab harakatlarini, masalan uning qanday yutinayotganligini3 yoki bosh barmogʻini soʻrayotganligini UTTda koʻrishingiz mumkin boʻladi4. Biroq siz homiladorlikning eng soʻngi bosqichigacha, yaʼni bolani isitish vazifasini yogʻlar oʻz zimmasiga oladigan davrgacha bolaning tanasini qoplab turadigan, lanugo deb nomlangan mayda sochlarni hech qachon koʻra olmaysiz.

Omega-3 va Omega-6

Omega-3 va Omega-6 bu – uzun zanjirli koʻplab toʻyinmagan yogʻ kislotalariga (umumiy PUFA deb nomlanuvchi yogʻ kislotalari guruhiga) oid yogʻ kislotalarining ikki guruhi. Biroq PUFAʼlardan biri Omega-3 dokozageksayen kislota yoki qisqacha DGK deb nomlanadi. Homiladorlik paytida DGK bolaning miyasining va koʻzlarining rivojlanishiga yordam beradi5, shuningdek, uning hayotining birinchi yili davomida koʻrish qobiliyatini meʼyorida rivojlanishiga yordam beradi5.

Homiladorlikning ikkinchi trimestrida bolangizning koʻzlari va miyasini rivojlanishiga yordam berish uchun dietangizda DGK boʻlishini taʼminlang.
homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

PUFA – tadqiqot uchun dolzarb mavzu

Yaqinda mutaxassislar lizosomal kationli oqsillarning homiladorlikka taʼsirini oʻrganish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilishdi. Bu tahlillar homiladorlik paytida qoʻshimcha DGK qabul qilish muddatidan oldin tugʻilish xavfini kamaytirishi va bolaning tugʻruq vaqtidagi vaznini oshirishini koʻrsatdi7.

Shu sababli, homilador ayollarga oʻz ratsioniga yetarli miqdorda Omega-3, xususan DGKʼni kiritish tavsiya etiladi.

Homiladorlik vaqtida yogʻ kislotalarini isteʼmol qilishning kundalik meʼyori

Homiladorlik vaqtida siz farzandingizning koʻzlari va organizmi meʼyorida rivojlanishi uchun har kuni qoʻshimcha ravishda 200 mg DGK isteʼmol qilishningiz kerak5. DGK ning eng yaxshi manbalari – bu skumbriya, sardina va losos kabi yogʻli baliqlar. Shuningdek, mutaxassislar homiladorlik vaqtida baʼzi turdagi baliqlarni ulardagi toksinlar darajasining yuqoriligi sababli isteʼmol qilishni cheklashni tavsiya qiladi. Siz vitaminli qoʻshimchalar ham qabul qilishingiz mumkin, biroq avval bunga zarurat bor yoki yoʻqligini aniqlash uchun shifokor bilan yoki akusher-ginekolog bilan maslahatlashing.

Ratsioningiz sogʻlom va xavfsiz boʻlishi uchun haftasiga 1-2 marta yogʻli baliq isteʼmol qilishga harakat qiling. Agar siz yogʻli baliqlarni yoqtirmasangiz, unda ratsioningizga Omega-3 yogʻlarining boshqa manbalarini, masalan yongʻoqlar, urugʻlar, toʻq yashil rangli sabzavotlar, raps moyi, boshoqli donlar va soya mahsulotlarini qoʻshing. Garchi sizning tanangiz baʼzi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud boʻlgan baʼzi Omega-3 turlarini DGK ga aylantirishi mumkin boʻlsa-da, bu nisbatan kamroq samara beradi va yogʻli baliqning oʻrnini toʻliq bosa olmaydi.

Keyingi qadamlar

Oʻz ratsioningizga Omega-3ʼga boy boʻlgan quyidagi mahsulotlarni va ovqatlarni qoʻshing:

• Butun donli tost boʻlaklari qoʻyilgan skumbriya

• Dimlangan sabzavotlar bilan qovurilgan losos

• Lososdan tayyorlangan baliqli kotlet

•Bir hovuch yongʻoq va urugʻlar

• Butun donali yormalar

  1. NHS UK. You and your baby at 21-24 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-21-22-23-24.aspx [Accessed July 2014]
  2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 231.
  3. Curtis, GB, Schuler, J. Your pregnancy week by week. Cambridge: Fisher books, 2011. p. 297.
  4. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 40.
  5. European Union. Commission Regulation (EU) No 440/2011 of 6 May 2011 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to children’s development and health. OJ L 119 2011;4-9.
  6. Carlson SE et al. DHA supplementation and pregnancy outcomes. Am J Clin Nutr 2013;97(4):808-15.
  7. Imhoff-Kunsch B et al. Effect of n-3 long-chain polyunsaturated fatty acid intake during pregnancy on maternal, infant, and child health outcomes: a systematic review. Paediatric and perinatal epidemiology 2012;26(1):91-107.
  8. Gandy J (ed). Manual of Dietetic Practice. 5th ed. Oxford: Wiley Blackwell. 2014. p. 759.reference text

Yangilangan sana: 2016-yil 14-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x