Homiladorlik paytida A vitamini

Muvozanatni saqlash

A vitaminining g‘aroyib imkoniyatlari

A vitamini sizning rivojlanayotgan chaqalog‘ingiz uchun juda muhimdir: u immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, hamda teri va ko‘zlarning sog‘lom bo‘lishi uchun juda muhim sanaladi. Biroq, uning juda yuqori miqdori zararli bo‘lishi mumkin. Homiladorlik paytida ushbu immunitetni kuchaytiradigan oziq moddasining qaysi manbalarini ratsioningizga kiritish lozimligi va xavfsiz iste’molni ta’minlash uchun qaysi mahsulotlar va qo‘shimchalardan tiyilish kerakligini bilib oling.

A vitamini nima?

A vitamini bola tanasining eng murakkab va g‘ayrioddiy qismlari — uning ko‘zlarining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, u bolaning immuniteti, teri hujayralarini ishlab chiqish uchun muhim sanaladi va farzandingizning o‘pkasida — millionlab mayda havo xaltachalari — alveolalar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ular kislorodning qonga tushishiga, karbonat angidridning esa —orqaga qaytib chiqishiga imkon beradi.

A vitamini ikki xil shaklda mavjud:

  • Retinol — yuqori miqdori ba’zi bir go‘sht va baliq mahsulotlari tarkibida mavjud, xavfsiz miqdori esa — sut mahsulotlari va tuxum rakibida uchraydi.
  • Beta-karotin — bu meva va sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lgan modda sanaladi, hamda organizm uni A vitaminiga aylantirishi mumkin.

A vitamini homiladorlik uchun zararli emasmi?

blueberries Tanangiz meva va sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lgan beta-karotindan A vitaminining xavfsiz shaklini ishlab chiqaradi.

Homiladorlik paytida tana uchun kerakli miqdorda A vitaminini iste’mol qilish  —  muvozanatning bir turi desa ham bo‘ladi: ushbu vitaminning juda yuqori miqdori rivojlanayotgan farzandingizga ziyon yetkazishi va tug‘ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, shu bilan birga, uning juda kam miqdorda bo‘lishi esa siz va farzandingizning rivojlanishi uchun ma’lum xavflarni keltirib chiqaradi. Sog‘lom ratsion chaqaloqning normal rivojlanishi uchun unga zarur bo‘lgan oziqaviy yordamni olishini kafolatlaydi. Yaxshiyamki, quyida keltirilgan oddiy, ammo muhim ko‘rsatmalarga rioya qilish orqali bunga osonlikcha erishish mumkin.

Homiladorlik paytida ona uchun A vitamini nima uchun muhim?

homilador ayol

Immunitet tizimidagi o‘zining qo‘llab-quvvatlovchi roli tufayli A vitamini homiladorlikning boshidan oxirigacha sog‘lig‘ingizga naf keltiradi. Ushbu foydali moddani yetarli miqdorda va xavfsiz ko‘rinishda qabul qilish barcha bosqichlarda muhimdir. Ammo A vitaminining yetishmasligi xavfi, chaqalog‘ingiz tezlik bilan rivojlanib boradigan va qon miqdori ortib borishi tufayli ushbu vitaminga ehtiyojlar ko‘payadigan davr – homiladorlikning so‘nggi uch oyida yuqori bo‘ladi. Tanangiz tabiiy ravishda chaqalog‘ingizning ehtiyojlarini ustunlik qo‘yadi, shuning uchun siz tarkibida A vitamini yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilishingiz kerak.

Homiladorlik paytida A vitaminining sog‘lom zahirasi, hayotning dastlabki bir necha oyiga tayyorgarlik davrida chaqalog‘ingizning tabiiy vitamin zahiralarini oshiradi.

“Ikkovlon uchun ovqatlanamiz” reseptlarining bepul elektron kitobi Bosh oshpaz Lorreyn Paskal va bizning dietologlar jamoamizdan ko‘plab foydali va mazali reseptlar

Farzandingiz uchun zahira yaratish

A vitamini — bu yog‘da eriydigan vitamin, ya’ni u jigar va organizmning yog‘ hujayralarida saqlanadi. Homiladorlik paytida A vitaminining sog‘lom zahirasi, hayotning dastlabki bir necha oyiga tayyorgarlik davrida chaqalog‘ingizning tabiiy vitamin zahiralarini oshiradi.

A vitaminining past miqdori tug‘ilgandan keyin farzandingizning immuniteti funksiyasiga ta’sir qilishi, hamda chaqaloqni infeksiyalarni yuqtirish va kasallikka chalinishga moyil qilib qo‘yishi mumkin.

To‘g‘ri muvozanat

Homiladorlik paytida A vitamini uchun oziq moddalarni sutkalik iste’mol qilish me’yori (SIM – ko‘pchilik odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli deb hisoblanadigan miqdor) odatdagidan — kuniga 100 mkg.dan bir oz yuqori. Chaqaloqni emizishni boshlaganingizdan so‘ng, ehtiyojlaringiz kuniga 350 mkg.ga qadar oshadi.

A vitamini sut mahsulotlari, hamda ba’zi meva va sabzavotlar tarkibida mavjud bo‘lganligi sababli, ko‘pchilik odamlar organizmlari uchun kerakli miqdorni muvozanatlashtirilgan parhezdan olishadi.

Homiladorlik paytida, tarkibida A vitamini yuqori bo‘lgan ba’zi oziq-ovqat mahsulotlaridan, jigar va jigardan tayyorlangan pashtetdan iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Ularni iste’mol qilish xavfsiz miqdorlar doirasida bo‘lishi va bolaning rivojlanishi uchun xavf tug‘dirmasligi kerak. Homilador ayollar uchun mo‘ljallanmagan ba’zi qo‘shimchalar tarkibida ham A vitamini yuqori miqdorda bo‘ladi, masalan, homilador ayollar iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim bo‘lgan treska (shimol dengizlaridagi baliqning bir turi) ning jigaridagi yog‘.

Retinol manbalariga (A vitaminining hayvonlardan olinadigan turi) quyidagilar kiradi:

•  pishloq

•  spredlar

•  yogurt

•  tuxum

Tanangiz ba’zi meva va sabzavotlarga to‘q sariq rang beradigan beta-karotinni A vitaminiga aylantiradi. Beta-karotin quyidagi mahsulotlar tarkibida uchraydi:

•  sabzi

•  apelsin

•  shirin kartoshka

•  o‘rik

Navbatdagi qadamlar

A vitaminini sog‘lom iste’mol qilishni quyidagi usullar yordamida qo‘llab turing:

  • Siz qabul qiladigan birorta ham qo‘shimchalarda A vitamini yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
  • Jigar yoki pashtet kabi jigardan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
  • Sog‘lom, muvozanatlashtirilgan parhezingizga ko‘p miqdorda to‘q sariq rangli meva va sabzavotlarni, shuningdek sut mahsulotlari va tuxumni qo‘shing.

  1. NHS UK. Vitamin A [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-A.aspx[Accessed June 2014]
  2. Checkley W et al. Maternal vitamin A supplementation and lung function in offspring. N Engl J Med 2010;362(19):1784-1794.
  3. WHO. Micronutrient deficiencies [Online]. Available at: www.who.int/ [Accessed June 2014]
  4. Van den Broek, N et al. Vitamin A supplementation during pregnancy for maternal and newborn outcomes. Cochrane Database Syst Rev 11, 2010.
  5. NHS UK. Vitamins and minerals [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/vitamins-minerals.aspx [Accessed June 2014]
  6. Azaïs-Braesco V, Pascal G. Vitamin A in pregnancy: requirements and safety limits. Am J Clin Nutr 2000;71(5):1325-1333.
  7. Department of Health. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom No. 41. London: HMSO, 1991.
  8. NHS UK. Can I take cod liver oil supplements when I’m pregnant? [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/1757.aspx?CategoryID=54&SubCategoryID=129 [Accessed June 2014]

So‘nggi marta: 2016-yil 18-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x