22-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 22-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

5 oy (Trimestr 2)

homila belgisi

22-haftada bolaning rivojlanishi

Agar siz homila bilan gaplashsangiz, uning oʻsha zahoti javob qaytarishini sezasiz.

homilador ayol

Sizning tanangiz

Oʻsayotgan bolajoningiz biroz bosimnihis qilishi mumkin.

olma

Ratsion va ovqatlanish

C vitaminini yetarli darajada isteʼmol qilayotganingizga ishonch hosil qiling.

22-haftada bolaning rivojlanishi

homilaning belgisi

Bolajonim qanday o’lchamda? Ko’rinishi qanday?

22-haftada bolajoningiz taxminan 20 sm kattalikda (kokos oʻlchamidek), vazni esa 450 gr atrofida.

Sizning ovozingiz — bolajoningiz homilalik davrida eshitishi mumkin boʻlgan eng jarangdor tovush1. Tez orada u murakkab muvofiqlashtirilgan harakatlar bilan javob qaytara boshlaydi1, shuningdek, bolajoningiz boshqa tovush hamda ohanglarni farqlaydi2,3. Bu bolajon bilan gaplashish, hatto kuylab berish uchun juda yaxshi vaqt. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, goʻdaklar tugʻilishidan bir necha soat oʻtib, onasi ovozini taniydilar va uni bajonidil qabul qiladilar1.

Bolajoningizda rivojlanayotgan yana bir his — taʼm bilish4. Sizning parhezingiz bola tugʻilganidan soʻng nimalarni isteʼmol qilishiga taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun zararli mahsulotlarni isteʼmol qilmagan maʼqul. C vitaminiga boy boʻlgan barra sabzavotlardan koʻproq tanovvul qiling.

Bolajoningiz rivojlanishda ildamlashadi — qoziq tishlari shakllana boshlaydi. Ular bola hayotining 6-oyidan keyingina chiqadigan sut tishlari orqasida tiziladi. 1

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homilaning 22-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanamda qanday o’zgarishlar sodir bo’lmoqdga?

Boshqalar kirishi mumkin boʻlgan eng sezilarli oʻzgarish — bu oʻsayotgan qorningiz. Biroq baʼzi onalar ehtimolli chiziqli chandiqlardan boshqahech narsani payqamaydilar. Ular homilador ayollarning 80%ida uchraydi6 va siz homiladorlikning bunday belgisi bilan faxrlanishingiz mumkin.

Tugʻuruqdan keyin ular och kumushrangga kiradi, biroq butunlay yoʻqolmaydi. Pulingizni «moʻjizakor vositalarga» sarflashning hojati yoʻq. Namlantiruvchi krem yoki badan uchun moʻljallangan hidsiz moylardan foydalanishingiz mumkin: shunchaki chiziqli chandiq paydo boʻlgan joyga ohista surtib qoʻysangiz bas. 

Homiladorlik gormoni boʻlmish progesteron bosimni oshiradi4. Aynan. U homiladorlikda tez-tez uchraydigan gemorroyni keltirib chiqarishi mumkin. Progesteron toʻgʻri ichakdagi qon tomirlari devorlarini boʻshashtiradi va bila ularni bosganida yoki itarganida, ular shishib, gemmorroy paydo qilishi mumkin.

Gemorroydan saqlanish uchun sellulozaga boy boʻlgan butun donli non, meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish hamda koʻproq suyuqlik iching, axlatingiz yumshoq va muntazam boʻlsin. Gemorroy ogʻrigʻidan xalos boʻlish uchun unga muzdek suvda hoʻllangan matoni qoʻying va dori qabul qilishdan oldin albatta oʻz davolovchi shifokoringiz yoki akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashing7.

22-haftadagi homila belgilari

homiladorlik kabziyoti

Bu birinchi trimestrdanoq saqlanib turuvchi yana bir belgidir. Kayfiyatdagi oʻzgarishlar estrogen va progesteron gormonlari bilan bogʻliq. Dam olish va yengil jismoniy faollik sizni hissiy jihatdan barqaror qilishga yordam beradi.

Qorindagi ogʻriqlar bachadonning kengayishi tufayli yuzaga keladi (ular «dumaloq paycha ogʻriqlari» deb ham yuritiladi). Ulardan xalos boʻlish uchun oyoqlar koʻtarilgan holatda yoting9.

Ular odatda tunda ey beradi, shuning uchun agar oʻrningizdan turib, chigilini yozmoqchi boʻlsangiz, qilib yiqilmaslik uchun chiroqni yoqing. Konvulsiyalarni yoʻqotishda oyoq, toʻpiq va tovon uchun yengil mashqlar yordam beradi8.

Mushakda ogʻriqlar boʻlmasligi uchun yonboshingizda uxlang va qorin ostiga yostiq qoʻying. Shuningdek, tizzalaringiz orasiga yostiq qoʻyib yotishingiz mumkin1.

Katta ehtimol bilan bunga gormonlar sabab bo’lishi mumkin. Parasetamol odatda homiladorlik va emizish davrida qabul qilish uchun xavfsiz, ammo faqat eng kam dozada va qabul qilishning imkon qadar qisqa vaqti mobaynida11.

Ushbu ovqat hazm qilish muammolari 2 sababga ega — gormonal o’zgarishlar va bolaning oshqozonga yaqin joylashishi.

C vitaminiga eʼtibor qarating

oranges

C vitamini nafaqat sizning, balki bolajoningiz immunitetini ham mustahkamlaydi. C vitamini hujayralarni himoyalaydi va sogʻlom saqlaydi, shuningdek, immun va nerv tizimini qoʻllab-quvvatlaydi. Shu bilan birgalikda C vitamini bolaning miya faoliyatiga yordam beruvchi temir moddasini uning organizmiga soʻrilishida yordam beradi13.

Homiladorlik davrida C vitaminining kunlik isteʼmoli 40 mg ni va soʻnggi trimestrda qoʻshimcha 10 mg ni tashkil qiladi14.

Ilmiy tushuntirish

C vitamini

Nutricia asosida

C vitamini bolajoningizga toʻqimani shakllantiruvchi oqsil — kollagenni hosil qilish uchun zarur. Kollagen bolaning rivojlanayotgan aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash orqali bola tanasini shakllantirishga yordam beradi. U tish, teri, milk, kemirchak, suyak va qon tomirlarining shakllanishiga asos yaratadi, shuningdek, bolajoningiz hujayralarining tiklanishiga yordam beradi15.

C vitamini gem boʻlmagan temirning organizmga soʻrilishi uchun ham muhimdir. Temirning ikki shakli mavjud boʻlib, birinchisi hayvonot mahsulotlaridan, ikkinchisi — gem boʻlmagan temir, o’simlik ozuqalaridan soʻriladi. S vitamini tanangizga temirni oʻsimlik tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan singdirishga yordam beradi16, bu sizning sog’lig’ingizga va farzandingizning rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin bo’lgan temir tanqisligi anemiyasi xavfini yanada kamaytiradiа17. Gem boʻlmagan temirning organizmga soʻrilishiga yordam berish bolajoningizga hayotining dastlabki 6 oyi davomida rivojlanish va oʻsishni ta’minlash uchun temir zaxiralarini yanada koʻpaytiradi18.

  1. Voegtline KM, et al. Near-term fetal response to maternal spoken voice. Infant Behav Dev. 2013;36(4):526–533.
  2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 262.
  3. NHS UK. You and your baby at 18 weeks pregnant [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/18-weeks-pregnant/ Page last reviewed: July 2018. Next review due: July 2021
  4. NHS UK. Start4life. Week 22 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-22/ [Accessed December 2019]
  5. Babycentre. Your pregnancy at 22 weeks. [Online] Available at: https://www.babycentre.co.uk/s1001619/your-pregnancy-at-22-weeks [Accessed December 2019]
  6. NHS UK. Stretch marks in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stretch-marks-pregnant/ Page last reviewed: 2 August 2019. Next review due: 2 August 2022.
  7. NHS UK. Piles in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/piles-haemorrhoids-pregnant/ Page last reviewed: 22 January 2018. Next review due: 22 January 2021.
  8. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? Claudio N. Soares and Brook Zitek. First published: J Psychiatry Neurosci. 2008 Jul; 33(4): 331–343. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
  9. NHS UK. Start4life. Week 15 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-15/ [Accessed December 2019]
  10. NHS UK. Start4life. Week 19 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-19/ [Accessed December 2019]
  11. NHS UK. Can I take paracetamol when I’m pregnant? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/can-i-take-paracetamol-when-i-am-pregnant/ Page last reviewed: 1 June 2018. Next review due: 1 June 2021.
  12. NHS UK. Start4life. Week 25 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-25/ [Accessed December 2019]
  13. NHS UK. Vitamins for children. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-for-children/ Page last reviewed: February 2018. Next review due: February 2021
  14. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. TSO: London, 1991.
  15. Maggini S et al. Essential Role of Vitamin C and Zinc in Child Immunity and Health. J Int Med Res 2010;38:386-414
  16. British Nutrition Foundation. Minerals and trace elements. [Online] Available at: https://www.nutrition.org.uk/ [Accessed December 2019]
  17. NHS UK. Iron deficiency anaemia. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/iron-deficiency-anaemia/ Page last reviewed: January 2018. Next review due: January 2021
  18. European Union. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136 2012;1-40.

Yangilangan sana: 2020-yil 13-yanvar

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x