SHARTLAR VA QOIDALAR

Ushbu foydalanish shartlarini (“Qoidalar va shartlar) diqqat bilan oʻqib chiqing, binobarin, u Saytga kiruvchi (“Foydalanuvchilar” – shu jumladan siz ham foydalanuvchi sifatida) va Nutricia Exports BV (“Nutricia“), shu jumladan Nutricia Exports BV kompaniyalar guruhiga kiradigan tashkilot, asosiy, shoʻba yoki vakolatli kompaniya oʻrtasida tuziladigan majburiy yuridik kelishuv hisoblanadi. Ushbu shartlarda “biz”, ”bizning” va “bizga” va ”bizni” kabi iboralar Nutricia brendini ifoda etadi. Agar siz ushbu veb-saytdan (“Sayt”) foydalanish uchun unga kirsangiz, bu harakatingiz bilan barcha Shartlarga, shu jumladan biz ishlab chiqqan xulq-atvor kodeksi (quyida keltirilganidek) va Shartlarning bir qismi boʻlgan Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan boʻlasiz. Agar ushbu Shartlarga rozilik bildirmasangiz, ushbu Saytga kirish yoki undagi materiallar bilan tanishish mumkin emas.

  1. Ushbu sayt Nutricia tomonidan sizni xabardor qilish va siz bilan muloqot qilish maqsadida yaratilgan. Ushbu saytdan istihola qilmasdan dadil foydalanishingiz mumkin.
  2. Sayt va undagi materiallar faqat O’zbekiston Respublikasining rezidentlariga moʻljallangan boʻlib, aynan ular uchun ishlab chiqilgan. Nutricia ushbu saytda keltirilgan maʼlumotlarning dolzarbligi va boshqa hududlarga mos kelishini kafolatlamaydi.
  3. Bu sayt Nutricia mahsulotlari va xizmatlarining assortimenti haqidagi axborotlar, shuningdek, umumiy foydalanishga moʻljallangan boshqa maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. Agar undagi maʼlumot bilan tanishmoqchi boʻlsangiz, siz Nutricia ushbu maʼlumotni sizning yakka soʻrovingiz va axborot olishga doir soʻrovlar asosida taqdim etayotganiga rozilik bildirasiz.
  4. Siz ushbu saytdan oʻz istagingizga koʻra foydalanasiz. Nutricia ba/yoki uning shoʻba kompaniyalari ushbu saytdagi maʼlumotlar va materiallarning foydaliligi, aniqligi, ishonchliligi va toʻliqligini kafolatlamaydi, hamda ushbu saytda uchraydigan bevosita yoki bilvosita har qanday axborotlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan xatoliklar, kamchiliklar uchun javobgar hisoblanmaydi. Na Nutiricia, na ushbu saytning yaratilishi, ishlab chiqilishi va taqdim etilishida ishtirok etgan boshqa biror tomon, sizning mazkur sayt va undagi materiallardan, shuningdek, har qanday boshqa tashqi saytlardan (quyida belgilanganidek) va havolalardan foydalanishingiz oqibatida yuzaga kelgan jarimaga oid ziyonlar va shartnoma harakati, eʼtiborsizlik yoki boshqa noqonuniy ishlar tufayli yuzaga kelgan har qanday bevosita, toʻsatdan, bilvosita ziyonlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Bunga sizning kompyuter uskunangizni va/yoki elektron qurilmalaringizga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan viruslar ham kiradi. Siz Nutriciani har qanday eʼtirozlar, jumladan va shu bilan cheklanmagan holda, tuhmat, maxfiylik talablarining buzilishi va intellektual mulkka oid eʼtirozlardan ozod va  muhofaza qilishga rozilik bildirasiz. Yuqorida sanab oʻtilganlar bilan cheklamagan holda, Saytdagi barcha materiallar sizga “oʻz holicha” va amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan maksimal darajada biron bir aniq, nazarda tutiluvchi yoki boshqa kafolatlarsiz, shu jumladan tijoriy qiymati va muayyan maqsadga muvofiqligi yoki ularni buzmaslikka oid kafolatlarsiz taqdim etiladi.
  5. Ushbu saytdagi materiallarning mualliflik huquqi Nutricia va/yoki uning litsenziatlariga tegishli. Foydalanuvchilar mualliflik huquqi va boshqa mulkiy huquqlarga oid bildirishnomalarni saqlash sharti bilan shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun materiallarni yuklab olishlari mumkin. Nutricia kompaniyasining oldindan berilgan yozma ruxsatisiz har qanday ijtimoiy yoki tijoriy maqsadlarda ushbu saytning biror qismini nusxalash, tarqatish, ulashish va nashr etish taqiqlanadi. Ushbu saytga biror axborotni uzatganingizda yoki yuklaganingizda, mazkur materiallarni mualliflik huquqlaringiz va boshqa intellektual huquqlarga muvofiq ishlatish, ijro etish, oʻzgartirish, moslashtirish, nashr etish, tarjima qilish, amaliy ishlarni yaratish, aks ettirish va ularni jahon boʻylab Sayt yoki boshqa vositalar orqali sizning oldingizda hech qanday majburiyatlarsiz nomutlaq, umumiy, muddatsiz va toʻliq sublitsenziyalangan litsenziyani hech qanday litsenzion badallarsiz taqdim etasiz. Saytga joylagan barcha maʼlumotlaringiz uchun javobgar ekaningizni tan olasiz. Bu esa taqdim etilgan material, shu jumladan uning qonuniyligi, ishonchliligi, muvofiqligi va u kimningdir intellektual mulkka oid huquqlarini buzmasligi hamda birovning maxfiyligi buzgan holda ishlatilmagani uchun siz (yaʼni biz emas) toʻliq javobgar ekaningizni anglatadi.
  6. Ushbu saytda aks etgan, roʻyxatgan oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmagan savdo belgilari, logotiplar, xizmat ramzlari va belgilari (birgalikda “Savdo belgilari”) faqat Nutricia va/yoki uning litsenziarlariga tegishlidir. Saytda taqdim etilgan hech qaysi material bevosita, bilvosita, eʼtirozlarsiz yoki boshqa har qanday usulda Nutricianing yozma ruxsatisiz biror litsenziya yoki Savdo belgilaridan foydalanish huquqini taqdim etadigan mazmunda sharhlanmasligi lozim. Ushbu hujjatda keltirilgan holatlardan tashqari Savdo belgilari va Saytdagi materiallardan foydalanish qatʼiy ravishda taqiqlangan. Nutricia tovar belgilari, veb-sayti va undagi materiallarga doir intellektual mulk huquqlarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan jinoiy sanksiyalarni qoʻllagan holda qatʼiy ravishda himoya etishini maʻlum qiladi.
  7. Ushbu saytda mavjud yoki u orqali ishlatiladigan har xil mazmundagi maʼlumotlar, maslahatlar, tavsiyalar, xatlar, xabarlar, izohlar, xabarlar, matn, grafika, dasturiy taʼminot, musiqa, ohang, suratlar, video, axborotlar, namunalar va boshqa materiallar (birgalikda “Kontent”). Kontentning bir qismi Nutricia, boshqa qismi esa foydalanuvchilar tomonidan, masalan, savol-javob tarzida sharhlar, fikrlar koʻrinishidan taqdim etiladi. Nutricia biz ushbu saytda taqdim etadigan kontentning aniqligi, toʻliqligi va dolzarbligini saqlashga intiladi, ammo biz maʼlumotning aniqligi, yaxlitligi, sifati, toʻliqligi, belgilangan vaqtda nashr etilishi, shu bilan birga, biz yoki boshqa foydalanuvchilar saytga yuklagan har qanday kontent sizga muvofiq kelishiga kafolat bera olmaymiz.
  8. Saytda koʻrsatilgan odamlar yoki joylarning tasvirlari Nutricia va/yoki litsenziarlarning mulki hisoblanadi yoki ularning ruxsatisiz ishlatiladi. Agar ushbu shartlarda yoki saytdagi maxsus yerda ruxsat etilmagan boʻlsa, mazkur tasvirlardan foydalanish taqiqlanadi. Tasvirlardan ruxsatsiz foydalanish mualliflik huquqi, savdo belgilari va / yoki oshkoralik to‘g’risidagi qonunlarni, shuningdek, muloqot haqidagi qoidalar va tartiblarni buzishi mumkin.
  9. Agar siz boshqa foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan yoki ushbu saytda mavjud boʻlgan har qanday kontentga aloqador biror noqonuniy faoliyatga bizning eʼtiborimizni tortmoqchi boʻlsangiz, bu borada bizga shikoyat qilishni xohlasangiz, foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan kontentni oʻz ichiga olgan har qanday sahifada koʻzda tutilgan “Qoidabuzlarlik haqida xabar berish” havolasidan foydalaning.
  10. Ushbu saytda yoki mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz xodimlari tomonidan taqdim etilgan Kontent  Nutricia va uning foydalanuvchilari tibbiy, konsultativ, huquqiy yoki boshqa professional xizmatlar yoki maslahatlar berish bilan shugʻullanmasligini tushuntirgan va anglagan holda taqdim etiladi. Ushbu saytdagi yoki mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatimiz xodimlari tomonidan taqdim etilgan Kontent axborot uchun keltirilgan boʻlib, tibbiy tavsiyalar sifatida foydalanishga moʻljallanmagan, shuningdek, salomatlik yoki huquqiy muammolar tufayli sizda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muayyan holat yoki masalalar yuzasidan professional maslahatlar oʻrnini bosa olmaydi. Davolash jarayonini boshlashdan oldin har doim va har qanday kasallik borasida terapevt, pediatr yoki boshqa malakali tibbiyot mutaxassisi bilan maslahatlashing.
  11. Nutricia kompaniyasiga ixtiyoriy ravishda Sayt orqali taqdim etilgan shaxsiy maʼlumot, deylik, sizning savolingiz uchun javob berish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, Nutricia tomonidan Nutricia Maxfiylik siyosatiga muvofiq ishlatilishi mumkin (bu yerdan yuklab oling: Maxfiylik siyosati). Undan shuningdek Sayt funksiyasi va mijozlarning ehtiyojlarini baholash maqsadida foydalanilishi mumkin. Bunday maʼlumotni taqdim etib, Nutricia shaxsiy ma’lumotlardan shu zaylda va Nutricia maxfiylik siyosatiga muvofiq foydalanishiga bevosita rozilik bildirasiz.
  12. Nutricia sizga hech qaysi Nutricia hamjamiyatida oʻzingiz yoki boshqa biror kishi haqidagi axborotni (masalan, telefon raqami, pochta manzili, uy manzili yoki elektron pochta manzili yoki sizni aniqlashga imkon beradigan boshqa maʼlumotlar) hech qanday shaxsiy maʼlumotni oshkor qilmaslikka chaqiradi. Nutricia bunday maʼlumotni ixtiyoriy ravishda oshkor qilish natijasida yuzaga kelgan har qanday harakatlar yoki hodisalar uchun javobgar hisoblanmaydi. Nutricia sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni muhofaza qilish uchun barcha tegishli va oqilona choralarni koʻrsa-da, u sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni internet orqali 100% xavfsiz tarzda uzatilishini kafolatlay olmaydi va u sizga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash, buzish, yoʻqotish yoki baxtsiz hodisa yoki boshqa har qanday usul oqibatida yetgan zarar uchun har qanday javobgarlikni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
  13. Bu saytda tashqi resurslarga havolalar mavjud (“Tashqi saytlar”). Nutricia har qanday uchinchi tomon veb-saytining mazmuni, ishonchliligi yoki boshqa tashqi veb-saytlarning doimiy kuzatuvi uchun javobgar emas. Mana shunday tashqi saytlarga oid havolalarning kiritilishi Nutricia ularni maʼqullashidan darak bermaydi. Siz oʻz ixtiyoringiz va masʼuliyatingiz bilan boshqa saytlarga havolalar orqali oʻtasiz. Nutricia uning saytidan chiqib ketganingizda tashrif buyuradigan uchinchi tomon saytlaridagi shartlar va qoidalarni oʻrganishni maslahat beradi. Bizning shartlar va qoidalar faqat ushbu saytda Nutricia tomonidan toʻplanadigan maʼlumotlarga nisbatan amal qiladi. Ushbu sayt Nutricia kompaniyasining yozma ruxsatisiz har qanday shaklda giperhavola berish taqiqlangan.
  14. Nutricia ushbu veb-sayt yoki havolalar berilgan uchinchi tomon saytlari oʻz vaqtida ochilishi, mavjud boʻlishi, yoki ulardan foydalanish uzluksiz va bexato bolishini tasdiqlamaydi va bunga kafolat bermaydi.
  15. Nutricia oldindan ogohlantirmasdan istalgan vaqtda saytdagi materiallarni oʻzgartirish yoki oʻchirish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Ushbu saytda nashr etilgan maʼlumot texnik noaniqliklar yoki imlodagi xatoliklarga ega boʻlishi mumkin. Ushbu hujjatdagi maʼlumot vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turiladi. Nutricia bu yerda tasvirlangan mahsulotlarni istalgan paytda va vaqti-vaqti bilan yangilashi va / yoki oʻzgartirishi mumkin.
  16. Nutricia mazkur hujjatni yangilash orqali istalgan vaqtda ushbu shartlarni va qoidalarni oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻzgarishlar sizga ham tegishli bo‘lgani sababli mavjud shartlarni bilish uchun vaqti-vaqti bilan ushbu sahifaga tashrif buyurishingiz talab etiladi.
  17. Nutricia har qanday muayyan shaxs uchun ushbu veb-saytga kirish imkoniyatini rad etish, cheklash yoki biror sababni tushuntirmasdan istalgan vaqtda ushbu saytga maʼlum bir Internet manzilidan kirish imkoniyatini taqiqlash huquqini oʻzida saqlab qoladi.
  18. Nutricia Saytni yoki uning biron-bir qismini istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan yoki rozilik olmasdan yopishga oid mutlaq huquqni oʻzida saqlab qoladi. Nutricia saytga yuborilgan har qanday kontent va / yoki foydalanuvchi Saytga yuborgan kontentni saqlab qolish yoki olib tashlash harakatining imkonsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
  19. Ushbu shartlar va qoidalar O’zbekistonning qonunlar boʻyicha tartibga solinadi va talqin etiladi, shu bois har qanday nizo O’zbekiston davlatining alohida yurisdiksiyasiga yuborilishi kerak.

DISKLEYMER. Ushbu veb-saytdagi axborot, jumladan matn, grafika, tasvir, havolalar, audio, video, ta’kidlar, har qanday onlayn-kalkulyatorlar yoki asboblar, shuningdek simptomlarni tekshirish vositalari natijalari, prognoz qilinadigan kunlar va/yoki sanalar hamda boshqa materiallar umumiy tanishish uchun mo‘ljallangan va o‘zingiz hamda/yoki (hali tug‘ilmagan) farzandingiz uchun tibbiy ko‘rsatma, tashxis yoki davolash sifatida ko‘rilmasligi kerak. Ushbu veb-saytda mavjud axborotga tayanmaslik lozim, u bevosita Siz va/yoki (bo‘lajak) farzandingiz uchun aniq yoki mos kelmasligi mumkin. Sog‘liq va/yoki tibbiy simptomlar holatiga nisbatan o‘zingizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday masalalar bo‘yicha har doim o‘z vrachingiz yoki boshqa, malakali tibbiy xizmatlar yetkazib beruvchisiga murojaat qiling. Hech qachon ushbu veb-saytda o‘qiganingiz yoki maslahatchilarimizning birotasi bilan suhbatlashganingiz sababidan professional tibbiy maslahatlarni bee’tibor qoldirmang va ularni izlashni keyinga surmang. Shoshilinch tibbiy yordam zarurati tug‘ilganda darhol o‘z vrachingizga yoki tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling. Nutricia va uning affillangan shaxslari ushbu veb-saytda har qanday shaklda olish mumkin bo‘lgan har qanday kontent borasida, shuningdek uning to‘g‘riligi, to‘liqligi, adekvatligi, qo‘llashga yaroqliligi, sifati, ishonchliligi va aniqligi yuzasidan hech qanday kafolat yoki bayonot taqdim etmaydilar. AMALDAGI QONUNCHILIKDA TO‘LIQ RUXSAT BERILGAN DOIRADA, Nutricia va uning affillangan shaxslari ushbu veb-saytdagi axborotdan foydalanish yoki uni noto‘g‘ri qo‘llash yoxud veb-satyda axborot mavjud bo‘lmaganligi tufayli yuzaga keladigan barcha majburiyatlarni o‘zlaridan soqit qiladilar.

Aloqa

Agar ushbu shartlar haqida savollaringiz boʻlsa, aloqa sahifasi orqali biz bilan bogʻlaning.

Mualliflik huquqlari

Copyright © NUTRICIA Barcha huquqlar himoyalangan.

x