Homiladorlikning 39-haftasi

Homiladorlikning 39-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

9 oy (Trimestr 3)

Suyuq oltin

Homiladorlikning 39-haftasida bola boshi pastga qaragan holatda joylashadi va tug‘ilish uchun tayyor bo‘ladi. Tez orada ko‘zingiz yorib, farzandingiz bilan birga ko‘krak bilan oziqlantirish yo‘lini boshlaysiz. Bola uchun sut nega eng yaxshi oziqlanish manbasi ekanligi va ko‘krak bilan oziqlantirish davrida sog‘lom, muvozanatlashtirilgan parhez orqali qanday qilib o‘zingizning sog‘ligingizni saqlashingiz va bolaning rivojlanishiga yordam berishingiz mumkinligi haqida bilib oling.

plod 39 nedelya

39-haftada homilaning rivojlanishi

39-haftada tashqi hayotga tayyorlanish

Bola tug‘ilishiga bir haftacha qoldi, bu paytda uning bo‘yi taxminan 36 sm va vazni 3,2 kg bo‘ladi1. Ammo bu bosqichda yuqoridagi raqamlar faqat o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, u turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘rtachadan ancha katta yoki kichik. Bolani yo‘ldosh bilan bog‘lab turadigan va uning hayot faoliyatini ta’minlaydigan kindik ham endi ancha uzun – taxminan 51 sm1.

Bola tug‘ilganda, unda 300 ta suyak bo‘ladi, ular keyinchalik qo‘shilib ketadi.

Bu paytda bola tanasining barcha qismlari mavjud, shunisi qiziqki, tug‘ilganda uning suyaklari soni katta odamnikidan ko‘proq. Umumiy olganda, tug‘ilgan paytda bolada 300 ta suyak bo‘ladi, u rivojlanib o‘sishi bilan bu suyaklarning bir nechtasi qo‘shilib ketadi, keyinchalik hammasi bo‘lib unda 206 ta suyak qoladi1.

Bola tug‘ilganda birinchi yaqqol ko‘zga ko‘rinadigani ko‘krak (agar qiz bo‘lsa) va jinsiy a’zolar sohasida (asosan bolalarda) shish. Bunga homiladorlik gormonlari sabab bo‘lgan. Har qanday shishish tug‘ruqdan keyin ko‘p o‘tmay yo‘qolishi kerak1.

Bu bosqichda farzandingizning miyasi tez rivojlanishda davom etadi va uning tanasi kabi bolalikda va keyingi davrda ham rivojlanish va o‘sishdan to‘xtab qolmaydi2.

Ko‘krak bilan oziqlantirish: bolaaning rivojlanishi uchun to‘liq yordam

Bu paytda tug‘ruq va bola bilan uchrashishga ko‘proq e’tibor qaratilsa ham, tez orada uni ko‘krak bilan oziqlantirishga diqqatingizni jamlashingiz kerak bo‘ladi. 

Ona suti farzand uchun noyob ozuqa. Zaruriy ozuqaviy moddalar, jumladan uglevod, oqsil, yog‘lar, shuningdek YTYK, nukleotid, pribiotik, vitaminlar, minerallar va antitanalarning muvozanatlashitirilgan uyg‘unligi hisobiga organizm sut hosil qilib, birinchi kunlardanoq bolani sut bilan ta’minlaydi.

Ona suti – bola uchun eng yaxshi ozuqaviy manba bo‘lib, uning individual ehtiyojlari uchun ideal ozuqaviy vosita.

Ushbu murakkab modda bola o‘sishi bilan uning ehtiyojlariga moslashib boradi va doimiy rivojlanishiga yordam beradi.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Ko‘krak bilan oziqlantirish uchun parhezni oldindan rejalashtiring

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida muvozanatlashtirilgan sog‘lom va yaxshi parhez siz va farzandingizni kerakli ozuqa bilan ta’minlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarining barcha asosiy guruhlaridan minimal ishlov berilgan yangi, ozuqaviy turli xil mahsulotlarni iste’mol qilish bola optimal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamdagi ozuqaviy moddalar bilan ta’minlovchi sut miqdori yetarli bo‘lishiga yordam beradi.

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida o‘zingizning sog‘lom ratsioningizga quyidagi mahsulotlarni kiritishga harakat qiling3:

  • Har kuni turli meva va sabzavotlardan kamida 5 porsiya..
  • Non, makaron, guruch va kartoshka kabi tarkibida kraxmal ko‘p mahsulotlar (imkon qadar butun donlisidan tanlang).
  • Yog‘siz go‘sht oqsili, baliq, tuxum, dukkaklilar va yong‘oq.
  • Haftasiga kamida 2 porsiya baliq, jumladan yog‘li baliqdan.
  • Sut, pishloq va yogurt kabi sut mahsulotlari, yog‘sizi ma’qulroq.

Boshqa ko‘plab afzalliklari bilan bir qatorda ona sutida iste’mol qilingan mahsulotlarni ta’mi ham bo‘lib, bu bola keyinchalik sutdan qattiq ovqatlarni yeyishga o‘tayotganda u ushbu mahsulotlarni qabul qilishiga katta yordam berishi mumkin. Agar sog‘lom, muvozanatlashtirilgan parhezga amal qilsangiz, demak farzandingiz ham bir kun kelib shu yo‘ldan boradi.

Keyingi qadamlar

Homiladorlikning so‘nggi haftalari va ko‘krak bilan oziqlantirishning ilk haftalariga va tez ovqatlanib olishga ideal ravishda mos keladigan quyidagi mahsulotlarni xarid ro‘yxatingizga qo‘shib qo‘ying:

  • Kungaboqar va qovun urug‘i
  • Yormali undan non
  • Nonushta uchun butun donli boyitilgan yorma
  • Yogurt
  • O‘rik, olxo‘ri qoqi va anjir kabi quruq mevalar
  • Sabzi, bodring va pomidor kabi sevimli sabzavotlaringizdan yeb oling

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and earlyparenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p.50.

2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 337.

3. Gandy J (Ed). Manual of Dietetic Practice, 5th Edition. Wiley Blackwell. UK. 2014 pp.237-238.

4. Cooke L, Fildes A. The impact of flavour exposure in utero and during milk feeding on food acceptance at weaning and beyond. Appetite 2011;57(3): 808- 114.

5. Robinson S, Marriott L, Poole J, et al. Dietary patterns in infancy: the importance of maternal and family influences on feeding practice. The British journal of nutrition 2007;98(5): 1029-37.

Yangilangan sana: 2016-yil 9-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x