Tug‘ruqqa tayyorlanish va rejalashtirish

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Tug‘ruq vaqti kelganda juftliklar uchun ishonch hissi faqat tayyorgarlik va rejalashtirishga bog‘liq. Tug‘ruq jarayonini tushunish shuni anglatadiki, siz nafaqat o‘sha kuni sizning zimmangizga tushadigan ikkinchi darajali rolga tayyorgarlik ko‘rasiz, balki turmush o‘rtog‘ingiz uchun eng mos tug‘ruq variantini tanlashda ham unga yordam berasiz.

Turmush o‘rtog‘ingizning tug‘ruq variantlari

Ota-onalar uchun bir qator tug‘ruq variantlari mavjud bo‘lib, ulardan turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lg‘usi ona va akusher fikri bo‘yicha eng ma’qulini tanlab olishi mumkin.

Kasalxona tug‘ruqlari — tug‘ruqlarning eng keng tarqalgan turi. Kasalxonada shifokor va akusherlar yoningizda bo‘ladi, ular sizga maxsus yordam ko‘rsatadi va bu sizga o‘zingizga qo‘shimcha ishonch hissini beradi.

Uy sharoitida tug‘ruq — turmush o‘rtog‘ingiz ancha xotirjam va tanish muhitni ma’qul ko‘rsa, uyda tug‘ruq varianti ham yo‘q emas. Epidural anesteziyani uyda amalga oshirish imkoni yo‘qligi va shoshilinch tez tibbiy yordam talab qilinganda tug‘ruqni kasalxonaga ko‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi bois bu qarorni akusher bilan birga hal qilish kerak. Uyda tug‘ruq haqida bu yerda batafsil o‘qing.

Tug‘ruq markazlari — bu joylar kasalxonalarga nisbatan ancha qulay va u uerda asoratlarsiz tug‘ish imkoniyati mavjud. Bunday joylar mahalliy shifoxonangizda yo‘q bo‘lgan oilaviy nomerlar, suvli basseynlar va qo‘shimcha davolash turlari kabi obyektlarni o‘z ichiga oladi.

Suvda tug‘ruq — tug‘ruq uchun basseynlardan bachadon muhitini hosil qilish uchun foydalaniladi, bu usulda tug‘ilish bolada stressni va ruhiy siqilishni ancha kamaytiradi. Rafiqangizning yuqorida sanab o‘tilganlaridan istalganida, hattoki, tug‘ruq uchun basseynga buyurtma berilganda, uyda ham ko‘zi yorishi mumkin.

Homiladorlik davrida sog‘liq yoki asoratlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, tug‘ruq variantini tanlash to‘liqligicha siz yoki umr yo‘ldoshingizga bog‘liq. Siz yoki umr yo‘ldoshingiz qaroringizni so‘nggi daqiqalarda ham o‘zgartirishingiz mumkin va akusheringiz sizning qaroringizni hisobga olib, barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Eng asosiysi, rafiqangizni nomidan to‘g‘ri qaror qabul qila olishingiz uchun u nimani xohlashi yoki xohlamasligiga ishonch hosil qilib oling.

dr sarah jarvis small

Doktor Sara Jarvis, MBE (Britaniya Qirollik ordeni a’zosi)

Doktor Sara Jarvis – malakali terapevt, faol yozuvchi–tibbiyotchi va teleboshlovchi, butun hayoti davomida ayollar salomatligini o‘rgangan.

Bundan tashqari, u BBC Radio 2’dagi Jeremy Vine’da doimiy tibbiy ekspert bo‘lgan, koronavirus pandemiyasi davrida The One Show, ITV Coronavirus: Q&A’lardagi BBC 1’ga va Channel 5 yangiliklar kanallarida chiqib, ekspertlik maslahatlarini bergan.

Tug‘ruq yaqinlashayotganligi belgilarini aniqlash

homilador ayol va uning hamrohi

Bo‘lg‘usi onalarda to‘lg‘oq boshlanganda sezish mumkin bo‘lgan ma’lum bir belgilar mavjud bo‘lib, ular sizga tanish bo‘lsa ham eslatib o‘tmoqchimiz:

• To‘lg‘oq tez-tez qaytalanadi va kuchayib boradi.

• Bel va qorinning pastki qismida og‘riq.

• Qindan shilliq ajralish.

• Suv ketishni boshlaydi — bu har bir to‘lg‘oqda turli vaqtda sodir bo‘ladi.

Bo‘lg‘usi ona to‘lg‘oq tutayapti deb o‘ylasa, akusherga qo‘ng‘iroq qilishi lozim. Har ehtimolga qarshi akusher raqamini olib qo‘ying. Agar uyda tug‘ishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, akusherka siz bilan maslahatlashib, qachon kasalxonaga borish kerakligini aytishi mumkin. To‘lg‘oq taymeridan foydalanish to‘lg‘oq davomiyligi va qancha vaqtda takrorlanishini kuzatishga yordam beradi va shu orqali akusheringiz ham dard qanday o‘tayotganligini hisoblashi mumkin.

Kasalxonaga yetib olish

Bu vaqtda rulda bo‘lsangiz yoki ayolingizni boshqa bir transport vositasida kasalxonaga olib borayotganingizda kuchli bosim ostida bo‘lasiz, shunday muhim kunga tayyorlanishning boshqa yo‘llari ham bor:

• Har doimgi yo‘nalish yopiq bo‘lib qolsa, kasalxonaga olib boradigan boshqa muqobil yo‘nalishlarni ham o‘rganib qo‘ying.

• Qaysi yo‘nalishga qancha vaqt ketishini oldindan sinab ko‘ring.

• Turargoh bilan vaziyat qandayligini tekshiring va unga to‘lov qilish kerak bo‘lganda yoningizda pul bo‘lsin.

• Avtokreslo o‘rnating. Istalgan transport vositasida, jumladan taksida kasalxonadan uyga qaytmoqchi bo‘lsangiz, orqaga qaragan avtokreslo qonun talabi sanaladi.

• Avtokreslo bo‘yicha maslahat: uni o‘rnating va kun davomida unutmaslik uchun mashinada oldindan saqlab qo‘ying.

Kasalxona sumkasi

Tug‘ruqqacha bir necha hafta oldin bo‘lg‘usi ona o‘ziga kerakli narsalarni bir sumkaga joylab qo‘yishi aniq. Ammo to‘lg‘oq boshlanganda, uning xayoli bu narsalar kelmasligi mumkin, shuning uchun uydan chiqishda uni tug‘ruq rejasi va homiladorlik haqida qaydlar bilan birga oling.

Sizga ham bir qancha foydali buyumlar va mayda-chuydalar kerak bo‘lishini unutmang. Quyudagi narsalarni joylab, siz ham bitta sumka hozirlab oling:

• Almashtirib kiyish uchun kiyim

• Tozalik buymlari — tish pasta, tish cho‘tka va dezodorant.

• Yeguliklar va suv.

• Avtoturargoh uchun mayda pul.

• Sizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday dori.

• Og‘riq qoldiruvchi vositalar — sizga hamda rafiqangizga kerak bo‘lishi mumkin.

• Kamera — akkumulyator quvvati yetarli bo‘lsin.

• To‘liq quvvatlangan mobil telefon — sekundomer funksiyasi to‘lg‘oq vaqtini hisoblash uchun kerak bo‘lishi mumkin.

• Ermak uchun biror narsa, chunki tug‘ruq vaqti uzoq davom etishi mumkin — musiqa, kitob yoki yuklab olingan film.

Kasalxonaga kelish

Kasalxonaga kelishingiz bilan akusher bo‘lg‘usi onani tekshiradi. Agar akusher tug‘ruqqa hali vaqt bor deb hisoblasa, rafiqangiz o‘zi uchun ancha xotirjam muhitda bo‘lishi uchun uyga qaytarib olib ketishni maslahat berishi mumkin.

Agar qolsa, rafiqangizga erta tug‘ruq bo‘limidan osma karavot taqdim etiladi, u yerda akusher rafiqangiz bilan tug‘ruq rejasini muhokama qiladi – vaziyatni bilish uchun bu suhbatda siz ham albatta ishtirok eting. Tug‘ruq boshlanganda, rafiqangizni tug‘ruq palatasiga ko‘chirishadi.

Rafiqangizda to‘lg‘oq boshlanganda kasalxonaga kelsangiz, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tug‘ruq palatasiga keltirishadi, u yerda akusher va ayolingiz o‘rtasida tug‘ruq rejasi muhokama qilinadi. Agar bu bosqichda hammasi tez sodir bo‘lsa, siz ham aralashing, shuning uchun ayolingiz uchun ma’qul holatlarni oldindan bilib oling:

• Og‘riq qoldirish.

• Tug‘ruq uchun poza.

• Bola tug‘ilganda u bilan “terini teriga” tegishi.

Jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ishga to‘g‘ri kelsa

Ayrim bo‘lg‘usi onalar ularga jarrohlik amaliyoti orqali orqali tug‘ruq amalga oshirilishini oldindan, homiladorlik davridan biladi, agar tug‘ruq ona yoki bola uchun xavf tug‘dirsa, bu haqda tug‘ruq paytida ma’lum qilishlari ham mumkin. Agar rafiqangiz haqiqatdan ham jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ishi kerak bo‘lsa, xavotir olmang. Bu bir soatcha vaqt ketadigan oddiy jarrohlik amaliyoti va bunday holatda ayolingiz ishonchli qo‘llarda bo‘ladi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng sog‘ayish uchun 6 haftacha vaqt kerak bo‘ladi, shu boisdan rafiqangizga uyda uzoqroq vaqt mobaynida yordam berishingiz lozim.

Keyingi qadamlar

  • Bo‘lg‘usi ona tug‘ruqning qaysi variantlarini maqul ko‘rishi haqida gaplashing.
  • Tug‘ruq yaqinlashayotganligi belgilari bilan tanishing.
  • Kasalxonaga yetib olishning muqobil yo‘nalishlarini ham bilib oling.
  • O‘zingizga va rafiqangizga kerakli narsalar ro‘yxatini yozib chiqing.
  • Rafiqangizning tug‘ruq rejasini tuzing.
  • Tug‘ruq uchun tayyor ekanligingizni aytib, rafiqangizga ishonch hissini taqdim eting.

National Institute for Health and Care Excellence. Midwife-led units safest for straightforward birth [Online]. 2014. Available at: https://www.nice.org.uk/news/article/midwife-led-units-safest-for-straightforward-births [Accessed May 2020]

Yangilangan sana: 2020-yil 20-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x