23-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 23-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

6 oy (Trimestr 2)

homila belgisi

23-haftada bolaning rivojlanishi

Bolajoningiz oʻsib, qorin boʻshligʻingizni egallab bormoqda, garchi bu koʻzga yaqqol koʻrinmasa ham.

homilador ayol

Homilaning 23-haftasi

Bolajoningiz kung-fu harakatlarini amalga oshirishini kuzatasiz.

sut

Kalsiy

Bolajoningiz uchuntabiiy himoya qobigʻini yaratuvchi kalsiyni yetarli darajada isteʼmol qilayotganingizga ishonch hosil qiling. .

23-haftada bolaning rivojlanishi

 homiladorlik haftasi 23

Bolajonim qanday o’lchamda? Ko’rinishi qanday?

Homilaning 23-haftasida bolajoningiz taxminan 20 sm kattalik va 450 gr ogʻirlikda — greypfrutdek boʻladi1.

Bolajoningiz endi tez vazn qoʻshmoqda. Ushbu jarayonda uning terisi hali ham shaffof boʻladi va u haddan tashqari koʻpga oʻxshab koʻrinadi. Bu bolaning terisi tanasiga nisbatan tezroq oʻsishi bilan bogʻliq. Keyinchalik yogʻ toʻplanishi hisobiga tana kengayib, teriga yetib oladi. Bolajoningiz yogʻ toʻplab borgani sari terisi mo‘rt va shaffof koʻrinishini yoʻqotib, silliq va tarang boʻla boshlaydi2.

Bu vaqtga kelib siz bolajoningiz doimiy harakat qilayotganini sezasiz. Endi u faqatgina tepib, aylanib va kerishibgina qolmasdan, kindik ichagini tutib olishi ham mumkin.

Endi bolajoningizning oyoq-qoʻllari mutanosib boʻladi va u siz kutayotgan yoqimtoy goʻdakka oʻxshaydi. Keyingi bir necha hafta ichida siz uning harakatlaridan qoʻllari va oyoqlari uzunlashayotganini his qila boshlaysiz. Shuningdek, qorningizga qarab, baʼzi bir harakatlarini sezishingiz mumkin.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Homilaning 23-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanamda qanday o’zgarishlar sodir bo’lmoqda?

Endi, homiladorlikning yarmi oʻtgach, siz bolajoningiz rosmana oʻsayotganini his qilasiz. Qovurgʻangiz oʻsib borayotgan bolaga moslashish uchun kengayayotganligi sababli siz ogʻriqlar his qila boshlaysiz. Kichkintoyingiz kung-fu bilan shugʻullanishga qaror qilsa va sizni oyoqlari bilan tepsa, bu ogʻriqni yanada koʻproq his qilasiz.

Faol turmush tarzi va jismoniy mashqlar oʻzingizni qulay his qilishingizga yordam beradi, ayniqsa, agar homiladorlikda tez-tez uchraydigan bel ogʻriqlaridan aziyat chekayotgan boʻlsangiz.

Shuningdek, bolajoningiz oʻsgani sari nafasingiz siqilishi mumkin. Bachadon tepaga siljishda davom etadi va natijada koʻkrak qafasi ostida joylashgan va nafas olishingizni boshqaruvchi boʻgʻim — diafragmani hamda oʻpkangizni ezadi4.

Siz ushbu hisni tik turish orqali bartaraf etishingiz mumkin (bu oʻzingizda butun bir odamchani koʻtarishdan bel ogʻrishini yoʻqotishga yordam beradi) yoki oyoqlaringizni bu vazndan butunlay ozod qilib, kitob o‘qib yoki kino ko‘rib dam oling.

23-haftadagi homila belgilari

Homilador ayol o'zini yomon his qilmoqda

Tos suyagingizga qon oqimi ortgani sayin, tanangiz qaymoqrang ajralma — leykoreya ishlab chiqara boshlaydi. Bu qiningizni infeksiyalardan himoya qilish uchun kerak. Agar ajralmada oʻtkir hid, rang yoki to‘qima o‘zgarishini sezsangiz, bu organizmdagi infeksiya belgisi boʻlishi mumkin. Shuning uchun akusher-ginekologingiz bilan maslahatlashishni tavsiya etamiz5.

Ushbu ovqat hazm qilish muammolari 2 sababga ega — gormonal o’zgarishlar va bolaning oshqozonga yaqin joylashishi.

Katta ehtimol bilan bunga gormonlar sabab bo‘lishi mumkin. Parasetamol odatda homiladorlik va emizish davrida qabul qilish uchun xavfsiz, ammo faqat eng kam dozada va qabul qilishning imkon qadar qisqa vaqti mobaynida7.

Tanangiz ko‘proq qon haydaganligi sababli gormonlar beqaror boʻlib, siz birdan qizib ketishingiz mumkin. Keng va havoni yaxshi oʻtkizadigan matolardan tikilgan kiyimlar kiying hamda salqin suv yordamida suv balansini saqlang8.

Brekston-Xiks toʻlgʻoqlari yoki yolgʻon toʻlgʻoqlar bachadon qisqarganda va bo‘shashganda sodir boʻladi. Tanangiz kutilayotgan tugʻuruq uchun oldindan shunday tayyorlanadi. Bu borada tashvishlanishga oʻrin yoʻq, baʼzi ayollar buni hatto sezmaydilar ham9.

Bolajoningiz sogʻlom rivojlanishi uchun koʻp miqdorda temir moddasini isteʼmol qilishingiz kerak. Ushbu foydali modda tanqisligining ayrim belgilari: charchoq hissi, nafas siqishi, rangparlik8. Akusher-ginekologingiz bilan tarkibida temir moddasini saqlovchi qoʻshimchalar isteʼmoli haqida maslahatlashing.

Kalsiyga egʻtibor qarating

Kalsiy — ratsioningizning asosiy qismidan oʻrin olishi kerak boʻlgan muhim mineral. Katta ayollar homilador boʻlish-boʻlmasliklaridan qatʼi nazar, har kuni 700 mg kalsiy isteʼmol qilishlari zarur10. Bu 11–18 yosh oraligʻidagi oʻsmir qizlar normasidan ancha past, ular uchun kunlik talab 1000 mg11. Bir tadqiqot natijasiga koʻra, homiladorlik davrida zaruriy miqdorda kalsiy isteʼmol qilish eklampsiya boshlanishi va muddatdan oldingi tugʻuruq xavflarini kamaytirishda yordam berar ekan12. Xayriyatki, kalsiy koʻplab oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud. Jumladan:

Grated Cheese

• Kalsiy bilan boyitilgan nonushta yormasi.

• Pasterizatsiyalangan sut, yogurt va qattiq pishloq, masalan chedder, kabi sut mahsulotlari.

• Yumshoq qiltanoqli baliq (masalan, sardinalar).

• Yongʻoq va urugʻlar, ayniqsa bodom va kunjut.

• Anjir yoki turshak.

• Ismaloq yoki brokkoli kabi yashil sabzavotlar.

• Tofu.

• Kalsiy bilan boyitilgan sut o‘rnini bosuvchi moddalar, masalan, suli sutining ba’zi turlari.

Organizmning oʻzi kalsiy ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun siz uni faqat ovqatdan olishingiz mumkin. Agar siz har kuni yetarlicha kalsiy isteʼmol qilmasangiz, organizmingiz kalsiy zaxiralaridan foydalanadi, bu suyaklaringiz sogʻligʻiga taʼsir qilishi mumkin.

Ilmiy tushuntirish

Kalsiy

Nutricia asosida

Kalsiyning nima uchun foydali ekanini istalgan odamdan soʻrasangiz, «tishlar va suyaklar uchun», degan javobni olasiz. Inson organizmida 99% kalsiy aynan shunday sarflanadi1. Biroq qolgan 1% ni ham hisobdan chiqarib yubormang. Bu kichik miqdor deyarli hamma joyda mavjud: tanamizning deyarli har bir hujayrasi kalsiy sarflaydi13 va homiladorlik kechishi jarayonida organizmingizning kalsiyni oʻzlashtirish qobiliyati ortadi14.

Bu ajoyib mikromineral, shuningdek, mushaklar qisqarishi (shu jumladan yurak ham), neyromediator sekretsiyasi, hazm qilish va qon ivishi kabi muhim funksiyalar uchun javob beradi. Kalsiy skelet hosil boʻlishidan tashqari, organizmdagi ko‘plab muhim funksiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi, shu jumladan hujayra membranalarining oʻtkazuvchanligini tartibga soladi15.

Agar homiladorlik paytida qalqonsimon bez gormonlari preparatlarini qabul qilsangiz, davolovchi shifokoringiz yoki akusher-ginekologingizga bu haqda xabar bering. Kalsiy va temir preparatlari qalqonsimon bez qoʻshimchalarining soʻrilishiga xalaqit berishi mumkin16.

  1. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 261.
  2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 41.
  3. NHS UK. Back pain in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/backache-pregnant/ Page last reviewed: 14 February 2018. Next review due: 14 February 2021.
  4. Babycentre. Breathlessness in pregnancy. [Online] Available at: https://www.babycentre.co.uk/a219/breathlessness-in-pregnancy Last reviewed: November 2017
  5. NHS UK. Vaginal discharge in pregnancy. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-discharge-pregnant/ Page last reviewed: February 2018. Next review due: February 2021
  6. NHS UK. Start4life. Week 25 – your second trimester. [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-25/ [Accessed December 2019]
  7. NHS UK. Can I take paracetamol when I’m pregnant? [Online] Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/can-i-take-paracetamol-when-i-am-pregnant/ Page last reviewed: 1 June 2018. Next review due: 1 June 2021.
  8. Tommy’s. 10 common pregnancy complaints. [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/im-pregnant/early-pregnancy/10-common-pregnancy-complaints Page last reviewed: April 2018. Next review due: April 2021
  9. Tommy’s UK. Braxton Hicks. [Online] Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/labour-birth/braxton-hicks Page last reviewed: July 2019. Next review due July 2022.
  10. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
  11. British Nutrition Foundation. Calcium Counts. [Online] Available at: https://www.nutrition.org.uk/attachments/article/874/Calcium%20counts_final_20.08.18.pdf Page last reviewed: August 2018. Next review due: August 2021.
  12. Hofmeyr GJ et al. Calcium supplementation during pregnancy for preventing blood pressure disorders and related problems. Cochrane Database Syst Rev, 2018, Issue 10
  13. University of Wisconsin School of Medicine and Public Health. Why is Calcium important. [Online] Available at: https://www.medicine.wisc.edu/rheumatology/why-calcium-important [Accessed December 2019]
  14. Kumar A, Kaur S. Calcium: A Nutrient in Pregnancy. J Obstet Gynecol India 2017;67:313–318
  15. National Institute of Haematology and Blood Transfusion, 1113 Budapest, Hungary. G.Gárdos. The role of calcium in red cell membrane transport processes introduction. [Online] Available at: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/B9780080268187500245 [Accessed December 2019]
  16. The Mayo Clinic. Can calcium supplements interfere with hypothyroidism treatment? Todd B. Nippoldt, M.D. [Online] Available at: https://www.mayoclinic.org/diseases-conditions/hypothyroidism/expert-answers/hypothyroidism/faq-20058536 [Accessed December 2019]

Yangilangan sana: 2020-yil 20-yanvar

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x