13-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti : 4 daqiqa

Homiladorlikning 13-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

3 Oy (trimestr 1)

homilaning belgisi

13-haftada homilaning rivojlanishi

Farzandingizning tovush paychalari rivojlana boshlaydi.

homilador ayol

Homiladorlik belgilari

Birinchi trimestr tugab, homiladorlik belgilarini sezyapsizmi?

sabzi

Ovqatlanish va ratsion

Kletchatkalar ovqat hazm qilish tizimining muttasil ishlashini ta’minlashga yordam beradi.

13-haftada homilaning rivojlanishi

homilaning 13 haftasi

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?

Homiladorlikning 13-haftasida homilaning kattaligi 7 sm atrofida va vazni taxminan 25 g1, bo‘ladi, ya’ni xuddi shaftolidek keladi.

Farzandingiz bu paytda tez rivojlanadi va ancha faol – u cho‘ziladi, tepadi va aylanadi, ammo siz uning bu harakatlarini sezishingiz dargumon.

Farzandingizda tovush paychalari, shuningdek boshda o‘z joylashuvini o‘zgartirishni boshlagan ko‘z va quloqlar2 rivojlanadi3. Shu o‘rinda aytish joizki, homilaning boshi tananing boshqa a’zolariga nisbatan endi sekin o‘sadi, shuning uchun u yanada mutanosib ko‘rinishga ega bo‘lib, kichkina odamga o‘xshab boraveradi. 21-haftaga kelib bosh tanadan taxminan 3 marta, tug‘ulayotganda esa 4 marta kichik bo‘ladi3.

Farzandingizning tanasida jigar va oshqozonosti bezi ishlay boshlaydi. Jinsiga qarab tuxumdon yoki urug‘donlar shakllanib, tashqi jinsiy organlar rivojlana boshlaydi. Ammo bu vaqtda bolaning jinsini aniqlab bo‘lmaydi1.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 13-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Bola hali juda kichik, ammo uning turtinishlarini sezishingiz mumkin, bachadon esa tepaga siljiydi va qorin yumaloq tusga kiradi. Bu muddatda siz uchun yaxshi yangilik: oldin tez-tez bovul qilgan bo‘lsangiz, bachadonning holatidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan siydik pufagidagi bosim kamayadi. (Bovul qilishda og‘riq bo‘lsa, terapevt yoki akusher-ginekologga murojaat qiling – bu infeksiya belgilari bo‘lishi mumkin).

Homiladorlikning bu bosqichida dumg‘aza sohasida odatdagiga nisbatan ko‘proq qon aylanadi, shu boisdan ayrim ayollarda jinsiy aloqaga moyillik to‘satdan oshadi. Agar terapevt yoki akusher-ginekolog taqiqlamagan bo‘lsa, homiladorlik paytida jinsiy aloqa butunlay xavfsiz4.

Bu haftada yana bir muhim voqea yo‘ldosh bilan bog‘liq. Endi u to‘liq rivojlanib bo‘lgan, ammo shu bilan to‘xtab qolmaydi, butun homiladorlik davomida o‘sishda davom etadi5. Yo‘ldosh kindik orqali bolani kislorod, ozuqaviy moddalar, gormonlar va antitanalar bilan ta’minlashga yordam beradi, shunigdek bola organizmi faoliyati mahsullarini chiqarib yuboradi. Bu juda murakkab jarayon bo‘lsa ham, siz uni umuman sezmaysiz.

13-haftada homiladorlik belgilari

dam olayotgan homilador ayol

Qorinda og‘riqni his qilishingiz mumkin. Bunga bachadon kengayishi sabab bo‘ladi va “aylana paydagi og‘riq” sifatida ma’lum4.

Ona organizmida gormonal o‘zgarishlar bois bu belgilar ko‘pincha homiladorlikning erta bosqichlarida uchraydi. Bu ko‘ngil aynishi va qorindagi og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin.

Ovqat hazm bo‘lishi bilan bog‘liq bunday muammolar sababi 2 ta – gormonal o‘zgarishlar va homilaning oshqozon yaqinida joylashuvi.

Dumg‘aza sohasida qon oqimi oshishi bilan tana sut rangidagi suyuqlik – leykoriya ishlab chiqishni boshlaydi. U qinni infeksiyalardan himoya qilish uchun muhimdir. Agar ushbu suyuqlikni hidi o‘tkirlashsa, rangi yoki tuzilishi o‘zgarsa, bu organizmdagi infeksiyalarning belgisi bo‘lishi mumkin. Shu boisdan akusher-ginekolog bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz4.

Ikkinchi trimestr boshlangan bo‘lsa ham, bu ertalabki holsizlik, ovqatga bo‘lgan noodatiy ishtaha va kayfiyatdagi o‘zgarishlar bir lahzada o‘tib ketadi degani emas. Ulardan ayrimlari ikkinchi trimestrda ham kuzatilishi mumkin4.

Gormonlar sabab organizm milk kasalliklariga moyil bo‘lib qoladi

Kletchatkalarning ahamiyati

Kletchatka – homiladorlikda sog‘lom parhezning muhim qismidir, ammo ko‘pchilik ayollar uni yetarli miqdorda iste’mol qilmaydi6. O‘simlik asosidagi bu modda qabziyatda stulni me’yorlashtirishga qanday yordam berishi va tarkibida kletchatka miqdori ko‘p bo‘lgan qaysi mahsulotlar qabziyatdan qutilishda qo‘l kelishi haqida bilib oling.

qora non

Kletchatka haqida faktlar

Kletchatka homiladorlikda sog‘lom parhezning muhim qismi bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimining muammosiz ishlashiga yordam beradi.

O‘simlik ozuqasi tarkibida mavjud bo‘lgan kletchatka – bu mahsulotning organizmingiz hazm qilmaydigan qismidir. U ovqat hazm qilish tizimida unga singmasdan harakatlanadi va shu bilan birga organizm faoliyatining chiqindilarini organizmdan chiqib ketishiga yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kletchatkaga boy parhez ichakda foydali bakteriyalar sonini oshiradi va qisqa zanjirli yog‘ kislotalari (QZYK) kabi himoya moddalari ishlab chiqilishida yordam beradi7.

Kletchatkaning asosiy manbalari

• Kepak va yirik tortilgan un — nonushta uchun bir qator yormalar va nonda mavjud.

• Suli yormasi — ertalabdan kletchatka zaxirasini to‘ldirish uchun bo‘tqa yeng.

• Jigarrang guruch — bu guruch tarkibida oq guruchga nisbatan kletchatka ko‘p, jigarrang guruch ko‘proq iste’mol qiling.

• Ildizmevali o‘simliklar — sabzi va kartoshka yaxshi manbalar sanaladi.

• Mevalar — jumladan quruq mevalar. Ayniqsa o‘rik va anjir kletchatkaga boy.

Zig‘ir urug‘i homiladorlikda yanada ommabop ozuqaviy qo‘shimcha bo‘lib bormoqda, chunki u kletchatka va ozuqaviy moddalar, shu jumladan Omega-moylariga boy sanaladi. Biroq bolaning sog‘ligi uchun zig‘irning foydali bo‘lishi mumkinligi haqida bir-biriga mos kelmaydigan ma’lumotlar bois homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi8.

Ilmiy izoh

Kletchatka

Nutricia asosida

Kletchatkaning ikki turi mavjud: eriydigan va erimaydigan. Birinchisi – suvda erimaydi va organizm uni parchalamaydi. U butun ovqat hazm qilish tizimi orqali o‘tib, suyuqlarni yutadi va tirik organizm faoliyati mahsulini harakatlanishiga yordam beradi.

Eriydigan kletchatka suvni yutadi, natijada stul yanada suyuq holatga keladi va u oson chiqib ketadi. Bundan tashqari, u xolesterin va yog‘ kislotalarini o‘zlashtiradi, qand moddasining so‘rilishini sekinlashtiradi va ichakning pH-balansini saqlaydi7. Kletchatkaning organizmda xolesterin darajasini pasaytirish xususiyati yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi.

  1. NHS UK. You and your baby at 13-16 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-13-14-15-16.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
  2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009.
  3. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011.
  4. NHS UK. Week 13 – your second trimester. [ONLINE] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-13/ [Accessed: November 2019]
  5. 13 weeks pregnant: advice, symptoms and what to expect [ONLINE] Available at: https://www.motherandbaby.co.uk/pregnancy-and-birth/pregnancy/pregnancy-week-by-week/week-13-thirteen-weeks-pregnant [Accessed: November 2019]
  6. NHS UK. Why is fibre important? [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/1141.aspx?CategoryID=51&SubCategoryID=167 Page last reviewed: 1 August 2018. Next review due: 1 August 2021.
  7. British Nutrition Foundation. Dietary Fibre. [ONLINE] Available at: https://www.nutrition.org.uk/healthyliving/basics/fibre.html [Accessed November 2019]
  8. WebMD. Elaine Magee, MPH, RD. The Benefits of Flaxseed. Page 3: Who shouldn’t use flaxseed. [ONLINE] Available at: https://www.webmd.com/diet/features/benefits-of-flaxseed#2 [Acessed: November 2019]

Yangilangan sana: 2019-yil 18-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x