Bir yoshdan oshgan bolalar

Bosqichma-bosqich: bir yoshga to‘lganidan keyin bolaning rivojlanishi

Kichkintoyingizning rivojlanishi: 12 oydan 36 oygacha boʻlgan yoshdagi qiziqarli oʻzgarishlar

Birinchi tugʻilgan kunidan ikkinchi tugʻilgan kunigacha bo‘lgan davrda Sizning kichkintoyingizning rivojlanishida ulkan va ajoyib o‘zgarishlar kuzatiladi. Harakatlarining aniqligi sezilarli darajada oshadi va natijada kichkintoy o‘ziga ishonch bilan yurishni va gapirishni boshlaydi. U oʻzini tobora koʻproq oʻrgana boshlaydi, hamda o‘zida dunyo va atrof-muhit bilan yangi tanishuvlar uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantiradi.

Kichkintoy 2 yoshga toʻlgach, hatto agar u o‘z hissiyotlarini hali yaxshi ifoda eta olmasa ham, hissiyotlar uning xatti-harakatlariga koʻproq taʼsir ko‘rsatadi. Kichkintoyning jismoniy qobiliyatlariga boʻlgan ishonchining ortib borishi uning tishlarni tozalash va sakrash kabi mashgʻulotlar bilan tajriba oʻtkazishi uchun yordam beradi, shuningdek unga tuvakdan foydalanishni oʻrganishiga yordam beradi.

Kichkintoyning tez oʻsishi va intensiv rivojlanishining ushbu bosqichida uning organizmida qoʻshimcha ozuqa moddalariga talab ortadi.Ishonish qiyin, lekin bolalarga oʻsishi uchun kattalarga qaraganda 3 barobar koʻproq energiya, shuningdek koʻplab vitaminlar va minerallar talab etiladi.

Sizning farzandingizning oyma-oy rivojlanishi

Bir yoshdan oshgan bolalar to’g’risida eng foydali maqolalar

Kichkintoy bilan oilaviy tushliklar

Kichkintoy uchun D vitamini

Kichkintoyingizning rivojlanishida bolaning tabiatiga moslashtirilgan tarbiyaning roli

Bolaning muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish

Sizning iqtidorli kichkintoyingizning vazni ortadi va yangi koʻnikmalarni egallaydi va bu davrda u oʻzining rivojlanib borishini taʼminlash uchun ovqatlanish, mehr va eʼtibor, jismoniy faollik, aqliy yuklama va uyquning toʻgʻri miqdorda uyg‘un boʻlishiga ehtiyoj sezadi.

Bizning mutaxassislarimizdan batafsil maʼlumotlar

x