Homiladorlikning 36-haftasi

Homiladorlikning 36-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

8 oy (Trimestr 3)

Suv balansini saqlang

Homilaning 36-haftasiga kelib, farzandingizning ovqat hazm qilish tizimi ko‘krak sutiga tayyor bo‘ladi. Ushbu bosqichda o‘sayotgan qorin siydik pufagini biroz qisib qo‘yishi mumkin, ammo baribir yetarlicha suv ichish va tanadagi suyuqlik muvozanatini saqlash muhimdir. Homiladorlik paytida kunlik suyuqlik iste’molini aniqlang va hozir  qabul qilayotganingizdan ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishga ehtiyoj borligini  tekshiring.

plod 36 nedelya

36-haftada bolaning rivojlanishi

36-haftada chaqaloq mustaqil nafas olishga tayyor bo‘ladi

Hozirda chaqaloqning bo‘yi taxminan 33 sm, vazni esa — taxminan 3 kg.ni tashkil qiladi, shuning uchun bu bosqichda u  qorningizga biroz qisilib qoladi va harakatlari biroz cheklangan bo‘ladi. Ammo u harakatlanayotganda siz qorningiz orqali uning oyoqlari, tirsagi yoki tanasining boshqa qismlarini ko‘rishingiz mumkin.Ushbu davrda chaqalog‘ingizning qancha harakatlanishini sezishingiz haqida aniq statistik ma’lumotlar yo‘q. Biroq, har qanday turtki, zarba, tortishish va harakatlanishni his qilasiz. Chaqalog‘ingiz ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarga nisbatan harakatlari bilan munosabat bildirishini sezishingiz mumkin. Agar bu holat sizda  biron bir tashvish uyg‘osa, bu haqda shifokoringiz yoki akusher-ginekologga xabar bering1.

Farzandingiz endi ona sutini hazm qilishga va mustaqil nafas olishga tayyor.

Farzandingiz endi tashqi dunyodagi hayotga yaxshi tayyor. Homiladorlik paytida bosh barmog‘ini so‘rish, nafas olish va yutish reflekslari orqali, ona suti bilan ilk tanishuv uchun, ovqatlantirish va ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadigan mushaklar va organlarga yaxshi tajriba berildi. Shuningdek, 36-haftada chaqalog‘ingiz havodan nafas olishga tayyor, uning o‘pkasi to‘liq shakllangan va bachadon oldi suyuqligini qabul qilishdan o‘pka orqali nafas olishga o‘tishi mumkin.

Tirik suv: homiladorlik paytida siydik pufagiga tushadigan bosim

Endi chaqaloq joylashgan holatini o‘zgartirdi va siydik pufagingizga bosim o‘tkazadi. Shuning uchun, 36-haftadan boshlab, sizda siyish istagi ko‘payganini sezishingiz mumkin. Ammo suyuqlikni iste’mol qilish juda muhim bo‘lganligi sababli, ayniqsa homiladorlik paytida, hojatxonaga borishni kamaytirish uchun, iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan suyuqlik miqdorini cheklamaslik lozim.

Yevropaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha agentligi kuniga 2,3 litr suyuqlik ichish kerakligini ta’kidlaydi (yoki 250 ml.dan taxminan 9-10 mahal suyuqlik ichish).

Tun davomida uyg‘onishga to‘g‘ri kelmasligi uchun, yotishdan oldin bir oz kamroq ichishga urinib ko‘rishingiz mumkin, ammo keyingi kun davomida ko‘proq ichishni unutmang.

Yevropaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha agentligi  kuniga 2,3 litr suyuqlik ichish kerakligini ta’kidlaydi. Bu 250 ml.dan taxminan 9-10 mahal suyuqlik ichish deganidir.

Bu miqdor sut, sho‘rva, meva sharbatlari va limonadlar  va suvni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, issiq havoda yoki jismoniy faollikdan keyin ko‘proq ichishni unutmang.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Homiladorlik paytida tanadagi suv muvozanatiga rioya qilish nima uchun bu qadar muhim

Odamlar 60% suvdan iborat va kuniga o‘rtacha 2 litr yo‘qotadilar. Suvsizlanishning oldini olish va qon tanadagi ozuqa moddalarini butun tana bo‘ylab olib yurishi va chiqindilarni samarali ravishda yo‘q qilishi uchun ushbu suyuqlikning o‘rnini to‘ldirib borish judamuhimdir.

Yetarlicha miqdorda suyuqlik iste’mol qilish homiladorlik paytida tez-tez uchraydigan siydik yo‘llarining salomatligini saqlashga yordam beradi4.

Suvsizlanish alomatlari

Agar quyidagi alomatlardan birini his qilsangiz, ehtimol sizda suvsizlanish holati kuzatilmoqda5:

• Chanqoqni his qilish

• Kamdan kam, to‘q rangda siyish (kuniga 3-4 martadan kam).

• Bosh aylanishi yoki ko‘ngil aynishi.

• Bosh og‘rig‘i

• Holsizlik

• Og‘iz, lablar va ko‘zlar qurishi.

Suv muvozanatini qayta tiklash uchun iloji boricha tezroq ko‘p miqdorda suyuqlik iching. Meva sharbati kabi shirin ichimlik yo‘qotilgan shakarni to‘ldirishga yordam beradi, tuzlangan yong‘oq kabi sho‘r gazaklar esa yo‘qotilgan tuzning o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi6.

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 47.

2. NHS UK. You and your baby at 33-36 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-33-34-35-36.aspx [Accessed September 2016]

3. European Food Safety Authority. Scientific Opinion on Dietary Reference Values for water. EFSA Journal 2010; 8(3):1459 p.48.

4. NCT. Infections during pregnancy [Online]. 2014. Available at: www.nct.org.uk/pregnancy/infection-pregnancy [Accessed September 2016]

5. NHS UK. Dehydration – Symptoms [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/Dehydration/Pages/Symptoms.aspx[Accessed September 2016]

6. NHS UK. Dehydration – Treatment [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/Dehydration/Pages/Treatment.aspx[Accessed September 2016]

So’nggi marta: 2016-yil 9-sentyabrda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x