Homiladorlikning 35-haftasi

Homiladorlikning 35-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

8 oy (trimestr 3)

Tezroq o‘sgin, bolakay, o‘sa qol

Chaqalog‘ingiz tez o‘sib bormoqda va deyarli tug‘ilishga tayyor. Sizning tanangiz hozirda yuqori yukni boshidan kechiryapti, shuning uchun homiladorlikning 35-haftaligida ich qotishini kuzatishingiz mumkin. Ichakning to‘g‘ri ishlashiga yordam berish uchun taomnomangizga ko‘proq sellyulozani kiriting.

plod 35 nedelya

35-haftada bolaning rivojlanishi

Tug‘ilishga qariyb tayyor

Homiladorlikning 35-haftasiga kelib,  chaqalog‘ingiz qariyb 2,5 kg1 ga teng, ammo bu shunchaki taxminiy ko‘rsatgich. Ushbu bosqichda bolalar hajmi va vazni jihatidan juda farq qiladi va hatto, ultratovush tekshiruvi ham aniq raqamni emas, balki faqat taxminiy ko‘lamni aniqlashga yordam beradi2.

O‘sayotgan chaqalog‘ingizda endi harakatlanish uchun joy kamroq. U o‘ralib olgan va boshini ko‘kragiga mahkam yopishtirgan holida qoladi, lekin baribir ilgarigidek buralishda va harakatlanishda davom etadi, siz esa — bularni qorningiz yuzasidan kuzatasiz3.

Sizning yo‘ldoshingiz ham ancha o‘sdi va 35-haftada vazni 700 g atrofida bo‘ladi. Bu chaqalog‘ingiz vaznining to‘rtdan bir qismidan ko‘proq va uning tug‘ilish paytidagi vaznining oltidan bir qismidir4.

Farzandingizning o‘pkasi to‘liq shakllangan va nafas olishga tayyor bo‘lib, uning markaziy asab tizimi yanada rivojlangan bo‘ladi1. Endi u  emizishga ham tayyor va uning ovqat hazm qilish tizimi sizning qorningizdan tashqarida ham ishlashi mumkin.

35-haftaga kelib, tanangiz og‘iz sutini ishlab chiqib, tug‘ruqdan keyin farzandingizni boqishga tayyorlanmoqda.

Sizning tanangiz ham tug‘ruqqa tayyorlanmoqda va  sut ishlab chiqarishni boshlaydi. Tug‘ruq yaqinlashgani sayin, siz og‘iz suti — bolani boqish uchun birinchi sutning hosil bo‘lishini ko‘rishingiz mumkin5.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Ichaklarning sog‘lom funksiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun sellyuloza

Endi, 35-haftada chaqalog‘ingiz, u bilan birga esa qoriningiz anchaginan kattalashadi. Buning natijasida, homiladorlikning ushbu kech davrida ichingiz qotadigan bo‘lishi mumkin6.

Ichaklarning sog‘lom ishlashini qo‘llab-quvvatlash uchun, sellyulozaning ikki turining har biri ovqat hazm qilish tizimingizda turlicha vazifalarni bajarishini inobatga olgan holda, unga boy oziq-ovqatlarni taomnomangizga kiriting. Odatda, eriydigan sellyulozalar ichaklarda fermentlanishi mumkin, erimaydigan sellyulozalar esa u orqali butun holicha o‘tib ketadi. Homiladorlikning butun davri mobaynida, ichaklarning sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun, har ikkala turdagi  sellyulozani iste’mol qilishni asta-sekin oshirib boring.

Homiladorlikning butun davri mobaynida, ichaklarning sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun, har ikkala turdagi sellyulozani iste’mol qilishni asta-sekin oshirib boring.

Ko‘p miqdorda suv ichishni unutmang, hamda piyoda yurish yoki yoga kabi yengil jismoniy mashqlarni bajaring. Ba’zi temir moddasi qo‘shimchalari qabziyatni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun shunga o‘xshash vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizdan almashtirish mumkin bo‘lgan o‘rindoshlari haqida so‘rang6,7.

Keyingi qadamlar

Sellyuloza faqat o‘simlik mahsulotlarida mavjud. Eriydigan va erimaydigan sellyuloza ko‘pincha bir xil oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi, shuning uchun uning ikkala turini ham bir xil mahsulotlar doirasida iste’mol qilishingiz oson bo‘ladi.

Sellyulozani iste’molini oshirish uchun, quyidagi sellyulozaga boy mahsulotlarning ayrimlarini sinab ko‘ring:

  • Kartoshka pyuresini po‘stlog‘i bilan tayyorlangan kartoshkaga almashtiring
  • Apelsin sharbatini butun apelsinga almashtiring
  • Sabzavotli sho‘rvani loviyali sho‘rvaga almashtiring
  •  Tovuqli karri bilan guruchni yasmiq yoki jigarrang guruch bilan karriga almashtiring

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. P.47.

2. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011. p.495.

3. NHS UK. You and your baby at 33-36 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-33-34-35-36.aspx [Accessed August 2016].

4. Thompson JMD et al. Placenta weight percentile curves for singleton deliveries. 2007. BJOG; 116 (6): 715-720

5. Regan, L. Your pregnancy week by week. London: Dorling Kindersley Limited, 2013. p. 204.

6. Patient.co.uk. Common problems of pregnancy [Online]. 2013. Available at: http://patient.info/doctor/common-problems-of-pregnancy [Accessed August 2016].

7. NHS UK. Common health problems in pregnancy [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/common-pregnancy-problems.aspx#Constipation[Accessed August 2016].

So’nggi marta: 2016-yil 8-avgustda yangilangan.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x