Homiladorlikning 29-haftasi

Homiladorlikning 12-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

7 oy (Trimestr 3)

Harakatlanishdan to‘xtamang

Homiladorlikning 29-haftasiga kelib, farzandingiz yanada faol va harakatchan bo‘lib qoladi. Uchinchi trimestrda o‘sishda keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi, bu paytda homila uch marta kattalashadi. Qon quyilishiga yordam beradigan K vitamini ratsioningizda oldingide muhimdir, shuning uchun muvozanatlashtirilgan sog‘lom parhez saqlashda davom eting.

plod 29 nedelya

29-haftada homilaning rivojlanishi

Homiladorlikning 29-haftasida har bir bolaning o‘lchami va vazni sezilarli ravishda farq qiladi, ammo o‘rtacha o‘sish 26 sm.ni, vazn esa 1 kg.dan sal ko‘proqni tashkil etadi. Biroq homilaning ko‘rsatkichlari yuqoridagidan kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi mumkin1.

Shu paytdan boshlab va uchinchi trimestr so‘ngiga qadar sezilarli ravsihda bo‘y cho‘zadi, vazni esa ikki, ayrim holatlarda uch marta oshadi2. Bola hali olam bilan uchrashuvga tayyor bo‘lmasa ham, nafas olish va termoregulyatsiya kabi funksiyalarni boshqarish uchun uning miyasi yetarlicha rivojlangan1.

29-haftada me’yorda ishlashni boshlaydiga boshqa bir organ yoki organlar jufti – bu o‘pka. Uning ichidagi havo qopchalari va mayda nafas olish yo‘llarining murakkab tarmog‘i bu bosqichda havo o‘tkazish uchun yetarlicha rivojlangan, ammo ular hali to‘liq shakllanmagan, mobodo farzandingiz shu bosqichda tug‘ulib qolsa, sun’iy nafas olish qurilmasi yordamidan foydalanish kerak bo‘ladi1. O‘pka butun homiladorlik davomida va bola dunyoga kelgandan so‘ng ham rivojlanishda davom etadi3.

Bu bosqichda farzandingizning faolligi oshishda davom etadi.

29-hafta davomida farzandingiz juda faol bo‘lib qolaveradi va juda ko‘p harakat qiladi. Uning tepingani, itargani, burilib olganini aniq sezasiz1.

Bola bir kunda qancha qimirlashini belgilaydigan aniq ko‘rsatkich yo‘q. Ammo bola qachon ko‘proq qimirlashini bilasiz, masalan ovqatlanganingizdan keyin yoki uyquga yotish oldidan.

Homiladorlik hammada har xil bo‘ladi, homilaning harakatlaridagi o‘zgarishlarni sezsangiz, akusher-ginekologingiz yoki tug‘ruq bo‘limiga murojaat qiling.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Tug‘ruqdan oldin va keyin K vitaminning ahamiyati

K vitamin juda oz miqdorda – kuniga bir kilo vazningizga taxminan 0,001 mg kerak bo‘lsa ham, homiladorlik davrida parhezingizning muhim tarkibiy qismi bo‘lib qolaveradi. Qon ivishi uchun o‘ta muhim sanalgan shunday vitaminning homiladorlik davrida yetishmovchiligi tug‘ruqdan so‘ng bolada jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin5. K vitamini yetishmovchiligi bois to‘satdan qon ketishi va tanada gematoma kabi holatlar juda kam uchraydi. K vitamini miqdorining me’yorda bo‘lishi qon ivishini me’yorlashtiradi va bunday xatarlarni kamaytiradi.

K vitamini yetishmovchiligini (bunday holat juda kam uchraydi) oldini olish uchun tug‘ruqxonada yangi tug‘ulgan chaqaloqlarga inyeksiya qilinadi yoki preparat og‘iz orqali yuboriladi.

K vitamini yetarli miqdorda bo‘lishi uchun ko‘pchilik biror-bir narsa qilishlari shart emas – buning uchun ovqatlanish ratsioni kifoya yoki ichaklardagi ayrim bakteriyalar K vitaminini hosil qiladi6. Ushbu ozuqaviy moddaning yetishmovchiligi xavfi kam bo‘lsa ham, homiladorlik davrida ratsioningizda K vitaminining quyida keltirilgan manbalaridan bir nechtasi bo‘lishi kerak.

K vitamini yetishmovchiligini (bunday holat juda kam uchraydi) oldini olish uchun tug‘ruqxonada yangi tug‘ulgan chaqaloqlarga inyeksiya qilinadi yoki preparat og‘iz orqali yuboriladi.

Keyingi qadamlar

Ratsioningizga K vitaminga boy quyidagi mahsulotlarni kiriting:

•        O‘simlik moyi, asosan soya moyi

•        Tuxum

•        Yog‘siz go‘sht

•        Sut mahsulotlari

•        Ismaloq, brokkoli va karam kabi yashil bargli sabzavotlar

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and earlyparenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. pp.44-45.

2. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p.281.

3. Regan, L. Your pregnancy week by week. London: Dorling Kindersley Limited, 2013. p. 203.

4. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London TSO. 1991.

5. NHS UK. What happens straight after the birth? [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/what-happens-straight-after-the-birth.aspx [Accessed August 2016].

6. British Nutrition Foundation. Vitamins –vitamin K [Online]. 2009. Available at: www.nutrition.org.uk/[Accessed August 2016].

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgust

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x