Maxfiylik siyosati

Ushbu maxfiylik bayonoti so‘nggi marta 2021-yilning 17-fevralda yangilangan.

Kirish

Nutricia ma’lumotlaringizdan qanday foydalanilayotganligiga befarq emasligingizni biladi va biz maxfiyligingizni himoyalash muhimligini tushunamiz.

Ushbu Maxfiylik bayonotida Nutricia Export B.V kompaniyasi va uning barcha sho’ba kompaniyalari (“Nutricia”) shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘plashi va boshqarishi izohlanadi. Bayonot qaysi turdagi ma’lumotlarni to‘plashimiz, ulardan qanday foydalanishimiz, bizga ularga nega kerakligi va Sizga ular qanday yordam berishi haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.

Savollaringiz va izohlaringiz bo‘lsa yoki ma’lumotlarning qandaydir subyekt huquqlari bo‘yicha talab qilmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning.

Asosiy tamoyillar va bizning maxfiylik majburiyatimiz

Nutricia kompaniyasida sizning maxfiylik huquqingizni himoyalashga harakat qilamiz. Bizda saqlanadigan har qanday shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga, shaxsiy ma’lumotlaringizni javobgarlik hissi bilan boshqarishga va o‘z faoliyatimizda shaffof bo‘lishga intilamiz. Ishonchingiz biz uchun muhim. Shuning uchun biz quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish majburiyatini olganmiz:

  • Biz so‘ragan ma’lum bir shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga majbur emassiz. Biroq, bunday ma’lumotlarni bermaslikka qaror qilsangiz, biz sizga ayrim xizmatlar va mahsulotlarni taqdim eta olmaymiz;
  • Biz ushbu Maxfiylik bayonotida keltirilgan maqsadlar yoki siz bilan birga amalga oshiradigan yoki siz rozilik bergan maqsadlar uchungina ma’lumotlaringizni to‘playmiz va ishlov beramiz.
  • Imkon qadar kamroq shaxsiy ma’lumot to‘plashga, ishlov berishga va ishlatishga harakat qilamiz.
  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plaganimizda, ularni imkon qadar aniqroq va lozim tarzda saqlashga intilamiz.
  • Biz to‘plagan shaxsiy ma’lumotlar boshqa kerak bo‘lmasa va bizda ularni saqlash majburiyati bo‘lmasa, ularni o‘chirish, yo‘q qilish yoki butunlay deidentifikatsiya qilish uchun barcha choralarni ko‘ramiz.
  • Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, ushbu Maxfiylik bayonotida tavsiflanganlardan tashqari, boshqalarga yuborilmaydi, sotilmaydi, ijaraga berilmaydi yoki boshqa usullar bilan oshkor qilinmaydi.

Qanday turdagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz?

Biz to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlar to‘plash maqsadi va biz sizga taqdim etadigan mahsulot yoki xizmatlarga qarab farq qiladi.

Odatda bevosita sizdan shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi turlarini to‘plashimiz mumkin:

а) Ism, elektron pochta manzili, jismoniy manzil va telefon raqam kabi shaxsiy kontakt ma’lumotlari;
b) Sizning foydalanuvchi identifikatoringiz, elektron pochta manzili va parol foydalanuvchisi ismi kabi hisob qaydnomasiga kirish ma’lumotlari. Bular bizning onlayn-jamiyatlarimizdan birida foydalanuvchining hisob qaydnomasini yaratish uchun muhimdir.
c) Chatda, xizmat ko‘rsatish liniyasida va/yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish liniyasida suhbatlarimiz tafsilotlarini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan biz bilan muloqot;
d) Yoshingiz, jinsingiz va hayot tarzingizda siz afzal ko‘rgan holatlar kabi demografik ma’lumotlar. Biz taklif qiladigan ayrim mahsulotlarga munosabatlaringiz va ushbu mahsulotlarga bo‘lgan qiziqishlaringiz hayot tarzida afzal ko‘rilgan holatlarga kirishi mumkin.
e) Brauzer tarixi, masalan, tashrif buyurilgan sahifalar, tashrif sanasi, kirish joyi va IP-manzil;
f) Internet-do‘konlarimizdan birida qilingan xaridlar uchun to‘lov ma’lumotlari. To‘lov ma’lumotlari odatda to‘lov ismingiz, to‘lov manzilingiz va kredit kartangiz ma’lumotlari yoki bank hisob raqami kabi to‘lov ma’lumotlari bilan bog‘liq.
g) Sog‘ligingizga tegishli ma’lumotlar;
h) sizdan tashqari boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar, masalan bunday ma’lumotni bizga bevosita taqdim etganingizda oilangiz a’zolari haqidagi shaxsiy ma’lumotlar;
i) ijtimoiy tarmoqlardagi profillar;
j) Bizga ishga kirish haqida ariza berib qolsangiz, bandlik tarixingiz, ta’lim olish tarixi va ishga havolalar kabi qo‘shimcha shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz.

Shuningdek, quyidagi holatlarda siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni bilvosita to‘playmiz:

a) Bizning mahsulotlarimiz bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlar sahifalari, veb-saytlar yoki ilovalarda yoki ijtimoiy tarmoqlardagi reklama materiallariga javoban kontentni ulashganingizda; yoki
b) Boshqa veb-saytlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni o‘rganib siz haqingizda shaxsiy ma’lumotlarni o‘qiganimizda yoki to‘plaganimizda (masalan, biz boshqa bir veb-saytda reklama joylashtiramiz, siz bu e’lonni bosganingizda reklama qamrovi va uning natijasi qadayligini bilish uchun siz va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari haqida ma’lumot olishimiz mumkin).

Siz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘plab, ulardan foydalanishimizning sababi nima?

Sizni internetda ishlash bo‘yicha eng yaxshi tajriba va mijozlarni yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash maqsadida siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz. Asosan quyidagi maqsadlarda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashimiz, saqlashimiz, ishlatishimiz va fosh qilishimiz mumkin:

a) Mahsulotlarimizni xarid qilsangiz, to‘lovlaringizga ishlov berish, buyurtmangiz holatini sizga taqdim etish, so‘rovlaringizga ishlov berish, shuningdek har qanday shikoyatni baholash va ko‘rib chiqish;
b) Savollaringiz/so‘rovlaringizga javob berishda ularga ishlov berish va javob berish;
c) Veb-saytlarimiz mahsulotlari, xizmatlari, aloqa usullari va funksiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
d) Sizga ma’lumot yoki boshqa xabarlarni yetkazish va yangilik tarqatmalarimizga ro‘yxatdan o‘tish va/yoki obunalarni boshqarish;
e) Tanlovlar, o‘yinlar, reklama tadbirlari yoki so‘rovlarda ishtirokingiz munosabati bilan bizning kundalik biznes-ehtiyojlarimizni boshqarish;
f) Telefon, elektron aloqa vositalari yoki boshqa usulda biz bilan bog‘langan odamalar shaxsini tasdiqlash;
g) Ichki ta’lim va sifatni ta’minlash;
h) Veb-saytimiz, joriy mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni takomillashtirish va/yoki yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish maqsadida mijozlarning qiziqishlari, istaklari va o‘zgaruvchan talablarini tushunish va baholash;
i) Siz va mijozlar uchun maxsus mahsulotlar va aloqa tizimlari, shuningdek mahsulotlar bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etish;
j) Ko‘krak suti bilan emizishni muhofaza qilish doirasida mahsulotlar reklamasini taqiqlovchi qonun daxl qilmaydigan mahsulotlar bilan ta’minlash.

Yuridik majburiyatlarni bajarish yoki siz bilan tuzilgan shartnoma munosabatlari uchun ham shaxsiy ma’lumotlaringiz talab etilishi mumkin.

Yuqorida eslatib o‘tilgan yoki boshqa maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plab, foydalanganimizda, sizga bu haqda to‘plash paytida yoki undan oldin xabar beramiz.

Zaruriyat bo‘lganda, sahxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga roziligingiz so‘raladi. Ma’lumotlarni ishlov berishga rozilik bergan bo‘lsangiz, uni istalgan payt qaytarib olish huquqiga egasiz.

Huquqlaringiz

Shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berganimizda, bir qator huquqlarga egasiz va bu huquqlardan istalgan payt foydalanishingiz mumkin. Quyida nima anglatishi ifodalangan izohlar bilan birga ushbu huquqlarning umumiy qisqacha mazmuni taqdim etilgan. Bizning kontaktlar sahifamizda o‘zingizning huquqlaringizdan foydalanishingiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish va ularni tuzatish huquqi

Shaxsiy ma’lumotlaringizga istalgan vaqtda kirish, ularni to‘g‘rilash yoki yangilash huquqiga egasiz. Biz buning muhimligini tushunamiz va o‘z huquqlaringizdan foydalanishni istasangiz, bizning kontaktlar sahifamiz orqali biz bilan bog‘laning.

Ma’lumotlarni o‘tkazish huquqi

Shaxsiy ma’lumotlar o‘tkazilishi mumkin. Ya’ni, ular elektron shaklda ko‘chilishi, nusxalanishi yoki uzatilishi mumkin. Biroq bu huquq faqat quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

a) Ishlov berish sizning rozilingizga asoslangan bo‘lsa;
b) Shartnomani bajarish uchun ishlov berilsa;
c) Ishlov berish avtomatik ravishda sodir bo‘lsa;

Ma’lumotlarni o‘tkazish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kontaktlar sahifamiz orqali biz bilan bog‘laning.

Ma’lumotlaringizni o‘chirish huquqi
Quyidagi holatlarda bizdan shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chirilishini talab qilish huquqiga egasiz:
a) Ma’lumotlaringiz biz to‘plagan maqsadlar uchun boshqa kerak bo‘lmay qolsa; yoki
b) Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun oldinroq bergan rozilingizni qaytarib olsangiz va ularga ishlov berish uchun boshqa qonuniy asos bo‘lmasa; yoki
c) Bevosita marketing maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlaringizning biz tomonimizdan ishlov berilishiga qarshi bo‘lsangiz; yoki
d) Nutricia’ning qonuniy manfaatlarida shaxsiy ma’lumotlaringizga biz tomonimizdan ishlov berilishiga qarshi bo‘lsangiz (masalan, veb-saytlarda umumiy foydalanuvchilik tajribasini yaxshilash uchun);
e) shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy ishlanayotgan bo‘lsa; yoki
f) Qonunga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirish kerak bo‘lsa.

Biz siz haqingizda saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, bizga xabar bering va qonun talablariga binoan so‘rovingizga javob uchun kerakli choralarni ko‘ramiz.

Biz to‘plagan shaxsiy ma’lumotlar ma’lum bir maqsadlar uchun boshqa kerak bo‘lmasa va bizda ularni saqlashga majbur bo‘lmasak, ularni o‘chirish, yo‘q qilish yoki butunlay deidentifikatsiya qilish uchun barcha choralarni ko‘ramiz.

Ishlov berishni cheklash huquqi
Quyidagi holatlarda shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishni cheklash huquqiga egasiz:
a) Siz haqingizdagi bizda mavjud ma’lumotlar aniqligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa; yoki
b) Shaxsiy ma’lumotlarga qonuniy asoslarda ishlov berilmasa, ammo shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish o‘rniga biz ularga ishlov berishni cheklashimizni afzal ko‘rganingizda; yoki
c) Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz biz to‘plagan paytdagi maqsadlar uchun boshqa kerak bo‘lmay, sizga ular sud da’volarida taqdim etish, bajarish yoki himoya uchun zarur bo‘lganda; yoki
d) Shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berilishiga qarshi va norozilik bilan bog‘liq manfaatlaringiz shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berish uchun qonuniy asoslardan-da muhimroq ekanligi tekshirilayotgan bo‘lsa.

Shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berilishini cheklamoqchi bo‘lsangiz, bizga xabar bering va qonun talablariga binoan so‘rovingizga javob uchun kerakli choralarni ko‘ramiz.

Rozi bo‘lmaslik huquqi
Istalgan paytda shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berilishiga norozilik bildirish huquqiga egasiz. Kontaktlar sahifamiz orqali biz bilan bog‘laning.

Nazorat organiga shikoyat qilib ariza berish huquqi
Shaxsiy ma’lumotlarga qanday ishlov berayotganligimiz yuzasidan bevosita nazorat organiga shikoyat qilib ariza berish huquqiga egasiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringiz bizda qanday himoyalanadi?

Shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi biz uchun juda muhimligini tushunamiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni noto‘g‘ri foydalanilishi, yo‘qotilishi, noqonuniy ishlatilishi, o‘zgartirilishi yoki oshkor qilinishidan himoyalash uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun bir qator xavfsizlik choralarini joriy qildik. Masalan, kirishni nazorat qilamiz, brandmauer va himoya serverlaridan foydalanamiz, shuningdek shaxsiy ma’lumotlaringizni shifrlaymiz.

Shaxsiy ma’lumotlar almashinuvi

Shaxsiy ma’lumotlaringizni affillangan shaxslar va boshqa tashkilotlarga taqdim etganimizda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiladigan va amaldagi maxfiylik to‘g‘risidagi qonunlarga biz bilan bir xil yoki shunga o‘xshash tarzda rioya qiladigan tashkilotlar bilangina shunday ishlaymiz.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, ushbu Maxfiylik bayonotida tavsiflanganlardan tashqari, boshqalarga yuborilmaydi, sotilmaydi, ijaraga berilmaydi yoki boshqa usullar bilan oshkor qilinmaydi. Biroq, agarda qonun va/yoki davlat organlari talab etsa, shaxsiy ma’lumotlaringizni berishimiz mumkin.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz quyida tavsiflangan ma’lum bir maqsadlarda quyidagi uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:

Uchinchi shaxslarning toifalari:Ma’lumotlar turi:Maqsadlar:
Intracto, CombellShaxsiy ma’lumotlar, marketing va reklama uchun ma’lumotlarReklama kampaniyalari, mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, veb-xosting
SelligentShaxsiy ma’lumotlarMijozlar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash

Xalqaro miqyosda ma’lumotlar almashinuvi

Shaxsiy ma’lumotlarga O’zbekiston tashqarida ham ishlov berilishi mumkin. O’zbekistondan tashqarida ma’lumotlarga ishlov berishda xavfsizlik choralariga muvofiq Nutricia ma’lumotlarga chegaralararo ishlov berish himoyasini taqdim etadi.

Ma’lumotlarga chegaralararo ishlov berishda himoya uchun biz foydalanadigan xavfsizlik choralariga quyidagilar kiradi:

a) Ma’lumotlar uzatish to‘g‘risida standart kelishuv;
b) O’zbekistondan tashqaridagi uchinchi shaxslar shaxsiy ma’lumotlarga Yevropa ma’lumotlarni himoyalash haqidagi Umumiy reglamentga muvofiq ishlov berayotganligini tasdiqlovchi sertifikatlar. Ushbu sertifikatlar Yevropa komissiyasi, yoki vakolatli nazorat organi yoki ma’lumotlarni himoyalash haqidagi Umumiy reglament bilan muvofiqlikda akkreditatsiya bo‘yicha vakolatli milliy organlar tomonidan tasdiqlanadi.

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz quyida tavsiflangan maqsadlarda quyidagi uchinchi shaxslarga berilishi mumkin:

Ma’lumotlarning joyi:Ma’lumotlar turi:Maqsadlar:
BelgiyaShaxsiy ma’lumotlarMijozlar tajribasi, marketing maqsadlari va ma’lumotlarni saqlash
BelgiyaShaxsiy ma’lumotlarVeb-xosting

Cookie’lar va boshqa texnologiyalar

Cookie fayllar va boshqa texnologiyalar yordamida ham siz haqingizda shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin. Bizning saytlarimizga yoki uchinchi shaxslarning saytlariga tashrif buyurganingizda, onlayn-kontentimizni ko‘rib chiqqaningizda yoki bizning/boshqalarning mobil ilovalarini ishlatganingizda ma’lumotlar to‘plashimiz va ular quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin:

a) Qurilmangizdagi brauzer va operatsion tizim haqidagi ma’lumotlar;
b) Siz foydalanayotgan qurilmaning IP-manzili;
c) Siz ko‘rayotgan veb-sahifalarimiz;
g) Xizmatlarimiz bilan o‘zaro aloqa paytida siz bosgan havolalar.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun cookie fayllar haqidagi bayonotimizga qarang.

Biz bilan bog‘lanish

Ushbu Maxfiylik bayonoti yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashga oid savollaringiz, izohlaringiz va shikoyatlaringiz bo‘lsa, kontaktlar sahifamiz orqali biz bilan bog‘laning.

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x