15-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 15-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

4 Oy (Trimestr 2)

homilaning belgisi

15-haftada homilaning rivojlanishi

Farzandingizda qosh va kipriklar rivojlana boshlaydi.

homilador ayol

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Homiladorlikni 15-haftasiga kelib farzandingizningilk marta turtishlarini his qila boshlaysiz.

suv

Yetarlicha suyuqlik iste’mol qiling

Butun homiladorlik davomida suyuqlik ichish tartibiga amal qilishning ahamiyati haqida bilib oling.

15-haftada homilaning rivojlanishi

homilaning 15 haftasi

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?

Bu paytga kelib homilaning kattaligi olmadek bo‘lib ulguradi, ya’ni uzunligi taxminan 10,1 sm va vazni 70 gramm atrofida bo‘ladi. Isitish uchun bola tanasini qoplab turadigan ko‘p miqdordagi lanugo – kalta tuklardan tashqari qosh va kipriklar ham o‘sishni boshlagan. Bolaning qovoqlari hali ochilmagan, ammo u yopiq qovoqlar bilan ham yorug‘likni farqlashi mumkin. Shuningdek, bola tovushlarni qabul qilishni ham boshlaydi1.

Bu paytga kelib homila tanangizdagi tovushlar – yurak urishi, ovqat hazm qilish organlarining ovozi va ishlashini eshitishi mumkin. Shunigdek, homila tashqaridan kelayotgan tovushlarni payqashi mumkin.2, ammo hali ularning mazmunini tushunmaydi3.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning 15-haftasi (ikkinchi trimestr)

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

uhlayotgan ayol

Homiladorlik tashqaridan qaraganda sezila boshlaydi

Bu paytga kelib qorningiz ancha bilinib qoladi, shuning uchun yon-atrofdagilar ham buni payqashi mumkin. Homila tez rivojlanadi, bachadon esa homilani o‘rab turadigan suv va yo‘ldosh bilan to‘lib boraveradi. Ichki qism ham toboro siqiq bo‘lib boraveradi, shu boisdan, agar biqinda to‘satdan sanchiqli og‘riqni his qilsangiz, xavotirga o‘rin yo‘q1.

Terining qichishishi

Gormonlar terining qichishishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu holatda qo‘shimcha ifor berilmagan namlovchi vositalar va vanna qabul qilish yordam beradi. Agar qichishish sizga noqulaylik tug‘dirsa, ayniqsa tunda, terapevt yoki akusher-ginekologga murojaat qilish tavsiya etiladi, chunki bu jigar kasalligi – xolestaz bo‘lishi mumkin1.

Infeksiyalardan saqlaning

Dumg‘aza sohasida qon oqimi oshishi bilan tana sut rangidagi suyuqlik – leykoriya ishlab chiqishni boshlaydi. U qinni infeksiyalardan himoya qilish uchun muhimdir. Agar ushbu suyuqlikni hidi o‘tkirlashsa, rangi yoki tuzilishi o‘zgarsa, bu organizmdagi infeksiyalarning belgisi bo‘lishi mumkin. Shu boisdan akusher-ginekolog bilan maslahatlashishni tavsiya qilamiz1.

15-haftada homiladorlik belgilari

Ko‘pchilik ayollarda homiladorlikning yoqimsiz belgilari bu paytga kelib ortda qolgan, ammo ayrimlarda oldingidek ma’lum bir belgilar kuzatiladi:

• Qorin shishishi va qabziyat.

• Me’daning sustligi yoki jig‘ildon qaynashi.

• Ertalabki darmonsizlik

• Qon quyilishlari

• Bosh aylanish xurujlari va bosh og‘riqlari

• Qo‘l va oyoqlar shishishi1

Gidratatsiya (suv muvozanati)

suv muvozanati

Homiladorlik davrida suyuqlik iste’moli tartibiga rioya qilish o‘ta muhimdir. Yetarlicha miqdordagi suyuqlik ichish sizning sog‘ligingiz va homilaning rivojlanishi uchun nihoyatda zarurdir. Shuningdek, ovqatlanish ratsionga sut, meva sharbatlari, pyure va sho‘rvalarni kiritish muhim sanaladi. Choy va qahva ham organizmda suv muvozanatini ta’minlashda yordam beradi, biroq ulardagi kofein miqdoriga e’tibor qaratish lozim. Homiladorlik davrida kuniga 200 mg.dan ortiq kofein iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, quyidagi mahsulotlarda shuncha miqdordagi kofein mavjud:

  • 2 krujka choy yoki 1 banka kola
  • 1 krujka eriydigan qahva va 1 banka (250 ml) energetik ichimlik

Shuningdek, kofein mahsulotlarning alohida turlarida, masalan, shokolad (odatda kam miqdordagi), ayrim dorilar va spirtsiz ichimliklarda ham bo‘lishi mumkin4.

Ilmiy izoh

Gidratatsiya (suv muvozanati)

Nutricia asosida

Inson tanasining taxminan 60 %i suvdan tarkib topgan va har kuni tabiiy ravishda taxminan 2 litrgacha suyuqlik yo‘qotamiz. Suv organizmning ishlashi, ozuqaviy moddalarni o‘zlashtirish va toksinlarni chiqarib yuborishda yordam beradi. Homiladorlik davrida yuqori yuklama ostida bo‘lasiz, shu sababli organizm suvsizlanib qolmasligi uchun ko‘proq suv ichish talab etiladi6.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi ayollarga kuniga 2 litr va homiladorlik davrida qo‘shimcha ravishda har kuni yana 300 ml suv ichishni tavsiya etadi7. Bu har kuni 250 ml sig‘imdagi 9-10 ta ichimlik ichish degani. Gazli va tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgan ichimliklarni ichish tavsiya etilmaydi. Agar ularning ozuqaviy quvvati yuqori bo‘lmasa, bunday ichimliklarning yanada sog‘lom muqobilini topgan ma’qulroq6. Meva sharbati tarkibida shakar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo u yangi mevalardan tayyorlangan bo‘lsa, unda ratsioningiz doirasida har kunlik mevalar va sabzavotlar iste’moli bilan birga 150 ml hajmda 1 stakan ichish mumkin8.

Homiladorlik paytida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

Homiladorlikning turli haftalarida ovqatlanishda tafovutlar yo‘q, umuman olganda bu davrda quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:

taqiqlangan

Xom va to‘liq pishmagan go‘sht

taqiqlangan 2

Pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari

taqiqlangan 3

Jigar va tarkibda A vitamin yuqori bo‘lgan mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

  1. NHS Start 4 Life. 2nd trimester, week 15 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-15/#anchor-tabs [Accessed October 2019].
  2. NHS. You and your baby at 15 weeks pregnant [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/15-weeks-pregnant/. Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
  3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
  4. NHS. Should I limit caffeine during pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/should-i-limit-caffeine-during-pregnancy/ Page last reviewed: 2 May 2018. Next review due: 2 May 2021.
  5. NHS. Dehydration [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/dehydration/ Page last reviewed: 9 August 2019. Next review due: 9 August 2022.
  6. NHS. Water, drinks and your health [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/water-drinks.aspx Page last reviewed: 14 June 2018. Next review due: 14 June 2021.
  7. European Food Safety Authority. Scientific Opinion on Dietary Reference Values for water. EFSA Journal 2010;8(3)1459:48.
  8. NHS. 5 A Day FAQs [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/live-well/eat-well/5-a-day-faqs/ Page last reviewed: 16 October 2018. Next review due: 16 October 2021.
  9. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Yangilangan sana: 2019-yil 23-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x