Homiladorlikning 34-haftasi

Homiladorlikning 34-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

8 oy (trimestr 3)

Qaddi-qomat

Homiladorlikning 34-haftasida farzandingiz terisi ostida yog‘ to‘play boshlab, vazni ortib boradi, bu esa unga tug‘ruqdan keyin tana harorati boshqarishda va tanani issiqligini tutib turishda yordam beradi. Uning suyaklari ushbu bosqichda ham mustahkamlanib borishda davom etadi. O‘z organizmingiz va chaqalog‘ingizning organizmini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq sog‘lom ovqatlarni iste’mol qilishingiz kerak. Agar siz hozirdanoq muvozanatlangan parhezga rioya qilish odatini o‘zingizda shaklllantira olsangiz, uni saqlash va emizish davrida chaqaloqni zarur bo‘lgan barcha muhim oziq moddalar bilan ta’minlash, siz uchun osonroq bo‘ladi.

plod 34 nedelya

34-haftada suyaklar hali mustahkamlanib boraveradi

Homiladorlikning 34-haftasida sizning o‘sayotgan farzandingiz taxminan 2 kg vaznga ega bo‘ladi, bo‘yi esa 31 sm atrofida bo‘ladi. Ushbu qo‘shilgan vaznning bir qismi, o‘sishda davom etayotgan va mustahkamlanayotgan suyaklarga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu farzandingizning boshidagi suyaklarga tegishli emas: ular butun homiladorligingiz paytida yumshoq va bitmaganligicha qoladi, bu farzandingiz tug‘ruq paytida boshdan kechiradigan bosimga dosh bera olish va xavfsiz moslashish uchun muhim2.

Farzandingizning immun tizimi hali to‘la rivojlanmagan — u butun homiladorlik davri mobaynida va bolalik davrida rivojlanadi.

Farzandingizning tanasidagi ko‘plab tizimlar homiladorlikning 34-haftasiga kelib, allaqachon ishlayotgan bo‘ladi, ammo uning immun tizimi hali ham rivojlanib bormoqda2 va bu jarayon tug‘ilganidan keyin ham davom etadi. Tanangiz ko‘krak sutingiz orqali farzandingizga antitanachalarni o‘tkazib, uning immunitetini mustahkamlashga yordam beradi2.

Agar qorningizni ichkaridan ko‘ra olganingizda edi, farzandingizning tirnoqlari barmoqlarining uchigacha o‘sganini ko‘rardingiz. Agar siz o‘g‘il farzand kutayotgan bo‘lsangiz, uning moyaklari ushbu bosqichda allaqachon ko‘rinib turishi mumkin, garchi ba’zi bolalar tushirilmagan moyaklar bilan tug‘ilishadi. Bu odatda bola hayotining birinchi yilida o‘zgaradi3.

Tug‘ruq sanasi yaqinlashishi bilan, sumkangizni tug‘ruqxonaga yig‘ish vaqti keldi. Qaysi yeguliklarni ko‘proq yoqtirishingizni oldindan o‘ylab ko‘rish, tug‘ish vaqti kelganida yaxshi tayyorgarlik ko‘rishingizga yordam beradi. Faqat 5% bolalar o‘z vaqtida tug‘ilishadi, shuning uchun esda tutish kerakki, taxminiy tug‘ruq sanasi — siz uchun yaxshi ko‘rsatma, ammo hali aniq degani emas1.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Ko‘krak suti bilan emizish uchun sog‘lom odatlarini rivojlantiramiz

Farzandingiz tug‘ilgandan so‘ng, tanangiz ko‘krak suti orqali uni zarur bo‘lgan barcha oziqlanish bilan ta’minlashda davom etadi. Xuddi homiladorlik paytida bo‘lgani kabi, tanangiz chaqaloqning ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi, shuning uchun ikkalangizni ham qo‘llab-quvvatlash uchun rasioningizda ozuqa moddalari va kaloriyalarning to‘g‘ri muvozanati bo‘lishi muhimdir.

«Homiladorlikning butun davri mobaynida siz rioya qilgan sog‘lom ovqatlanish odatlari, ko‘krak bilan emizishni boshlaganingizda ham xuddi shunday ahamiyatga ega bo‘ladi».

Homiladorlik paytida muhim deb hisoblanadigan ayrim oziq moddalar, shuningdek, farzandingiz hayotining birinchi bir necha oylarida uning  rivojlanishi uchun ham xuddi shunday muhimdir, bular shu jumladan:

  • D vitamini— bu farzandingiz tanasida suyaklarning sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi4. Homiladorlikdan keyin ham, har kuni tavsiya etilgan 10 mkg miqdorida iste’mol qilishni ta’minlash uchun D vitamini qo‘shimchalarini qabul qilishni davom eting.
  • PTYoKlar, ayniqsa DGK, farzandingizning miyasi va ko‘zlari rivojlanishiga yordam beradi5. Siz har hafta taomnomangizga 2 martagacha yog‘li baliqni qo‘shish orqali, qo‘shimcha DGK olishingiz mumkin.
  • Temir moddasi — bu homiladorlik paytida ham, farzandingiz tug‘ilganidan keyin ham, uning kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi6. Temir qizil qon hujayralarining asosiy tarkibiy qismidir va kislorodni tana bo‘ylab tashish uchun juda muhim sanaladi. Temir moddasiga boy oziq-ovqatlarga go‘sht, yog‘li baliq, bargli sabzavotlar, yashil sabzavotlar va loviya kiradi.

Shuningdek, ko‘krak suti bilan bolani oziqlantirish davrida suyuqlik iste’mol qilishga alohida e’tibor berilishi kerak. Organizmga ko‘krak sutini ishlab chiqarish uchun katta miqdordagi suv zahirasi bo‘lishini  talab qiladi va emizikli ayollarga kuniga 2 litrni8 tashkil etadigan kundalik me’yordan  700 ml ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi8. Bu kuniga 10-11 stakan suv deganidir. Shunga qaramay, choy, kofe, sut, mevali sharbat, sho‘rvalar va kokteyllar ham suyuqlikka kiritilishini  unutmang.

Homiladorlikning so‘nggi haftalarida sizga ko‘p suyuqlik kerak bo‘ladi, shuning uchun agar siz yetarli miqdorda suv ichmasligingizni his qilsangiz, uning iste’molni ko‘paytirish va tanangizdagi suyuqlik muvozanatini kuzatib borish uchun, hozir sog‘lom odatlarni o‘rnatish uchun yaxshi vaqt.

Keyingi qadamlar

Yog‘li baliq D vitamini, temir va Omega-3 PTYoK kabi ko‘plab foydali oziq moddalar manbai hisoblanadi. Uchinchi trimestr va emizish davri uchun ideal bo‘lgan quyidagi foydali yegulıklar va yengil ovqatlarni taomnomangizga kiriting. Ammo, tarkibida toksinlar bo‘lishi mumkinligi sababli, baliqni iste’mol qilishni haftasiga 2 ta porsiya bilan cheklashni unutmang9:

  • Sardina va yangi pomidor bilan qizartirilgan non
  • Donli krakerlar bilan bodring va skumbriya
  • Yangi kartoshka va yashil loviya bilan tunesdan tayyorlangan steyk • Yashil salat va donli bulochka bilan grillda tayyorlangan losos
  • Kartoshka va yashil salat barglari bilan pishirilgan seld

  1. NHS UK. You and your baby at 33-36 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-33-34-35-36.aspx [Accessed August 2016].
  2. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 46-9.
  3. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 307.
  4. Commission Regulation (EC) No 983/2009 of 21 October 2009 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on food and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 277, 22.10.2009, pp. 3–12.
  5. Commission Regulation (EU) No 440/2011 of 6 May 2011 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to children’s development and health. OJ L 119, 7.5.2011, pp. 4–9.
  6. Commission Regulation (EU) No 957/2010 of 22 October 2010 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 279, 23.10.2010, pp. 13–17.
  7. Commission Regulation (EU) No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136, 25.5.2012, pp. 1–40.
  8. European Food Safety Authority. Scientific Opinion on Dietary Reference Values for water. EFSA Journal 2010; 8(3):1459 p. 48.
  9. NHS UK. Foods to avoid in pregnancy [Online]. 2015. Available at: /pregnancy/articles/foods-to-avoid-in-pregnancy/ [Accessed August 2016].

So’nggi marta: 2016-yil 8-avgustda yangilangan.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x