1-4 haftalar: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

 O’qish vaqti : 4 daqiqa

1-4 haftalar: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

taqvim

1 oy (Trimestr 1)

homilaning belgisi

Bolaning 1-4 haftalarda rivojlanishi

Urugʻlanishdan keyin 90 soat ichida hujayralar mayda zarralarga boʻlina boshlaydi.

homilador ayol

Yoʻldosh

Yoʻldoshning roli haqida koʻproq bilib oling.

olma

C vitamini

C vitamini inson tanasini butun hayoti davomida qanday qoʻllab-quvvatlashini bilib oling.

Bolaning 1-4 haftalarda rivojlanishi

homilaning rivojlanishi

Mening kichkintoyim qanday kattalikda? U qanday koʻrinishda?

Mazkur bosqichda Siz hali hech narsani koʻra olmaysiz. Sizning yangi urugʻlangan tuxum hujayrangiz zigota1 deb ataladi. Urugʻlanishdan keyin 90 soat oʻtgach, u bachadon naychasidan bachadonga oʻtadigan mayda zarralarga boʻlina boshlaydi. Toʻrt hafta oʻtgach, Sizning kichkintoyingiz koʻknor urugʻidek kattalikda boʻladi va amniotik qop bilan himoyalangan boʻladi. Bu qop bachadonda urilish zarbini kamaytirish va yumshoqlik hosil qilish uchun suyuqlik bilan toʻldirilgan va Sizning kichkintoyingizning oziqlanishini taʼminlaydigan kichik sariq qopchaga mahkam yopishgan boʻladi.

Tashqi qatlam keyinchalik Sizning kichkintoyingizni kislorod va ozuqaviy moddalar bilan taʼminlaydigan yoʻldoshga aylanadi.1.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikning dastlabki bosqichlari

Tanadagi oʻzgarishlar

ayolning unutuvchanligi

Tashqi koʻrinishingizdan homiladorligingiz sezilishi ehtimoldan yiroq – koʻpchilik yosh onalarda 12 haftalikkacha qorin sezilmaydi. Shuningdek siz, homiladorlik belgilarini deyarli his qilmaysiz. Ammo organizmingizda “homiladorlik gormoni” – inson xorionik gonadotropini (hCG)2 ishlab chiqarila boshlashi bilan bu holat oʻzgaradi. Bundan tashqari, Sizda mutlaqo yangi organ – yoʻldosh shakllana boshlaydi.

Homiladorlikning 4-haftaligiga qadar Sizning kichkintoyingiz kichik sariq qopchadan ozuqa oladi, ammo vaqt oʻtishi bilan uning oʻrnini yoʻldosh bosadi. Bu mutlaqo yangi organ Sizning kichkintoyingizni oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan kislorod va ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi. Shuningdek, yoʻldosh oʻsayotgan organizm butun homiladorlik davomida infeksiyalarga chidamli boʻlishi uchun unga antitanachalarni uzatadi.

Yoʻldoshning yana bir vazifasi – gormonlar ishlab chiqarish3. Ular kichkintoyingizning oʻsishi va rivojlanishiga yordam beradi va shu bilan birga Sizning organizmimizda roʻy beradigan oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Masalan, progesteron va relaksin, bachadondagi mushak toʻqimalarining elastikligini oshiradi va bu  sizning boʻlgʻusi farzandingiz oʻsishi bilan bachadonning choʻzilib, kattalashib borishiga yordam beradi4.

1-4 haftalarda homiladorlik belgilari5

Homiladorlikning dastlabki bosqichlardagi belgilari deyarli sezilmas boʻlishi yoki kam sezilishi mumkin. Sizda quyidagi alomatlar paydo boʻlishi mumkin:

• hayz koʻrishning kechikishi;

• tez-tez bovul qilish;                 

• ogʻizdan metall taʼmi kelishi;

• ovqatlarni ajratishni boshlash;

• ertalabki lohaslik va koʻngil aynishi

• qindan oqish rangdagi ajralmalar ajralishi (bu mutlaqo tabiiy holat).

C vitaminini koʻproq isteʼmol qiling

C vitamini homiladorlikning dastlabki 4 haftasida juda muhim. U hujayralarning salomatligini qoʻllab-quvvatlashda katta rol oʻynaydi va bolada biriktiruvchi toʻqimalar, teri, qon tomirlari va togʻay kabi organlarning shakllanishiga yordam beradigan kollagen sintezida ishtirok etadi6. Kollagen, shuningdek, homilangizdagi tez oʻsadigan yoʻldoshning shakllanishi uchun muhim elementlardan biri hisoblanadi.

C vitamini hujayralarni sogʻlom saqlash va yaralarning bitishiga yordam berish bilan immunitet tizimini qoʻllab-quvvatlaydi.6.

ILMIY IZOH

C VITAMINI

C vitamini kollagen ishlab chiqarish uchun juda zarur boʻlib, kollagen normal oʻsishni, suyaklarning mustahkamligini va yaraning bitishini qoʻllab-quvvatlovchi tolalardan biri hisoblanadi. U shuningdek, sizning kichkintoyingizga oʻqishi va oʻsishi uchun zarur boʻladigan temir moddasini hayotining dastlabki 6 oyida organizmiga singdirishga va gʻamlashga yordam beradi7.

C vitamini gem boʻlmagan temirni (u ismaloq, brokkoli va qulupnay kabi oʻsimliklarda mavjud) qonga singishiga yordam beradi8. Temir – butun tana boʻylab kislorodni tashiydigan va uni kichkintoyingizga ham yetkazib beradigan qonning asosiy tarkibiy qismi. Ushbu mikroelementning sogʻlom zaxirasi bolangizning kognitiv rivojlanishi uchun juda muhimdir.

C vitaminining homiladorlik davri uchun tavsiya etilgan kundalik isteʼmol miqdori – 40 mg, oxirgi trimestrda esa – 50 mg. Ona suti bilan emizishda C vitaminining isteʼmol miqdorini 70 mg gacha oshirish tavsiya etiladi10.

Bu vitamin suvda eruvchan hisoblanadi, yaʼni u organizmda toʻplana olmaydi, shuning uchun homiladorlik paytida uni har kuni isteʼmol qilish muhimdir. Siz oʻzingizni va kichkintoyingizni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan kundalik C vitamini miqdorini koʻp miqdordagi meva va sabzavotlarni oʻz ichiga olgan muvozanatlashgan ratsion yordamida qoplashingiz mumkin.

Homiladorlik paytida isteʼmol qilmaslik kerak boʻlgan mahsulotlar

Homiladorlikning turli haftalarida ovqatlanishda farqlar mavjud emas, umuman olganda, butun homiladorlik davri davomida quyidagi mahsulotlardan voz kechish tavsiya etiladi:

taqiqlanadi

Xom va yaxshi pishmagan goʻsht

taqiqlanadi 2

– Pasterizatsiyalanmagan sut va sut mahsulotlari

taqiqlanadi 3

Jigar va A vitaminiga boy oziq-ovqat mahsulotlarini meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

  1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed.London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p.14.
  2. NHS. Start 4 Life. 1st trimester, week 4 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-4/ [Accessed October 2019].
  3. NHS. What is the placenta? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/common-health-questions/pregnancy/what-is-the-placenta/ Page last reviewed: 3 September 2018.Next review due: 3 September 2021.
  4. You and your hormones, Placenta [Online]. Available at: https://www.yourhormones.info/glands/placenta/ Page last reviewed: February 2018.
  5. NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/ Page last reviewed: 8 October 2019. Next review due: 8 October 2022.
  6. Maggini S et al. Essential Role of Vitamin C and Zinc in Child Immunity and Health. J Int Med Res 2010; 38: 386 – 414.
  7. NHS. Vitamins for children [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/vitamins-for-children.aspx Page last reviewed: 1 February 2018. Next review due: 1 February 2021.
  8. British Nutrition Foundation. Vitamins [Online]. Available at: https://www.nutrition.org.uk/ Page created July 2009. Revised February 2016.
  9. NHS. Iron [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/vitamins-and-minerals/iron/ Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020. 10
  10. British Nutrition Foundation. Nutrition Requirements [Online]. Available at: https://www.nutrition.org.uk/attachments/article/234/Nutrition%20Requirements_Revised%20Oct%202016.pdf Last reviewed: Oct 2016. Next review due: Oct 2019.
  11. NHS. Vitamins, supplements and nutrition in pregnancy, Vitamin C [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2017. Next review due: 26 January 2020.
  12. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Oxirgi marta yangilangan sana: 2019-yil 3-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x