Homiladorlikning 27-haftasi

Homiladorlikning 27-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

6 oy (Trimestr2)

Qisqacha xulosa

27-haftada uchinchi trimestr boshlanadi. Homilaning vazni bu davrda tez oshob boradi. Sezgi organlari ham tez rivojlanadi va endi uning ko‘zlari yorug‘likka ancha sezuvchan. Bu bosqichda jig‘ildon qaynashi tez-tez kuzatiladi. Ma’lum bir mahsulotlarni iste’mol qilish va ayrimlaridan voz kechish bu muammo bilan kurashishda qanday yordam berishi haqida bilib oling.

plod 27 nedelya

27-haftada homilaning rivojlanishi

Homiladorlikning 27-haftasida bolaning teriosti yog‘i

Homiladorlikning 27-haftasida farzandingizning bo‘yi 24 sm atrofida va vazni taxminan 1 kg bo‘ladi1. Teriosti yog‘ qatlami o‘sishi bilan homila ancha to‘lishadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘xshab qoladi1. Bu yog‘ tana haroratini nazorat qilishda yordam beradi va tug‘ilgandan so‘ng bolani isitadi2.

Sezgi organlari ham rivojlanadi, ko‘zning to‘r pardasi yorug‘likni yanada ko‘proq sezadigan bo‘ladi3. Uning kipriklari o‘sib bo‘lgan, ular bola dunyoga kelishi bilan nozik ko‘zlarni himoyalashda yordam beradi.

Homilaning ta’m bilish retseptorlari shunchalar rivojlanganki1, u siz qanday mahsulotni yeyishingizga qarab o‘zgaradigan homilani o‘rab turadigan suv ta’midagi nozik farqlarni ham sezishi mumkin4. Masalan, biror-bir o‘tkirroq narsa yesangiz, farzandingiz yanada faol bo‘lib qolganligini his qilishingiz mumkin.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Homiladorlikda jig‘ildon qaynashi

Homiladorlik davrida progesteron darajasining oshishi mushaklar faolligini kamaytiradi va shu tariqa organizm tug‘ruqqa tayyorlanadi. Bu oshqozonga kirish qismidagi klapanga ta’sir qilmay qolmaydi, natijada oshqozon kislotasining ma’lum bir kichik miqdori qizilo‘ngachga yoyiladi. Kattalashib borayotgan bachadonning qoringa bosimi bilan birgalikda bu jarayon jig‘ildon qaynashi yoki achishishi hissiga olib kelishi mumkin.

Ba’zi bir mahsulotlar ko‘p ehtimol bilan jig‘ildon qaynashi yoki achishiga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun ovqatlanish ratsioningizga jiddiy e’tibor bering. Jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘layotgan mahsulotlarga aniqlik kiritib olib, ularni mo‘tadil miqdorda yeyishga harakat qiling. Mahsulotlarning ma’lum bir guruhlarini yoki muhim ozuqaviy moddalarni ratsiondan chiqarmaslik muhimdir, shu boisdan, agar organizmingizga qaysidir mahsulotlar yoqmasa, bu haqda terapevtingizga albatta xabar bering.

… Homiladorlik davrida sog‘lom ovqatlanish ratsioningizdagi jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘ladigan mahsulotlarga e’tibor qarating va ovqat qabul qilishda o‘zgartirishlar kiriting, masalan, ovqatlangandan so‘ng biroz vaqt o‘tiring yoki kam-kamdan, ammo tez-tez yeng.

Organizmda ovqat hazm bo‘lishiga vaqt bo‘lishi uchun ovqatlaniboq o‘tirib ham jig‘ildon qaynashini kamaytirishingiz mumkin. Ayrim onalar kichik porsiyalarda tez-tez ovqatlanish va bu uyqudan oldinroq bo‘lishi ham yordam beradi, deb hisoblaydi. Yoki bosh va yelka yuqoriroq bo‘lishi uchun bir necha yostiqlardan foydalanib uxlashga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin.

Jig‘ildon qaynashiga qarshi biror-bir dori vositasini qabul qilishdan oldin terapevt, akusher-ginekologingiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing, chunki ayrim dorilarni homiladorlik davrida qabul qilib bo‘lmaydi.

Keyingi qadamlar

Jig‘ildon qaynashi va achishini kamaytirish uchun bizning tavsiyalarimizdan foydalaning5,6:

• Tarkibida kofein mavjud mahsulotlar va ichimliklardan voz keching (masalan, choy, qahva, gazli ichimliklar va shokolad).

• Nordon va achchiq ovqatlar va ichimliklarni iste’mol qilmang.

• O‘tkir va yog‘li taomlarni yemang.

• Belgilar kuchayayotganligini his qilsangiz, sut mahsulotlari iste’mol qiling.

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 43.

2. Regan, L. Your pregnancy week by week. London: Dorling Kindersley Limited, 2013. p. 203.

3. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011. p. 385.

4. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 262.

5. NHS UK. Indigestion and heartburn during pregnancy [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/indigestion-heartburn-pregnant.aspx [Accessed August 2016].

6. Gandy J (ed). Manual of Dietetic Practice. 5th ed. Oxford: Wiley Blackwell. 2014. p. 90.

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x