Hammaboplik to‘g‘risida bayonot

Biz Nutricia Club Uzbekistan saytini unga tashrif buyurganlarni qo‘llab-quvvatlovchi, hammaga manzur va foydali axborot manbai qilishga intilamiz.

Veb-saytlar mazmunining hammabopligini ta’minlash qo‘llanmasi (Web Site Content Accessibility Guidelines, WCAG) 2.0 tavsiyalariga rioya qilib, biz har qanday imkoniyatga ega insonlar uchun qulay interfeysni taklif etishga intilamiz.

Qo‘llanmada hammaboplikning uchta darajasi mavjud. Biz Nutricia Club Uzbekistan sayti uchun maqsad o‘laroq AA – o‘rta darajani tanladik.

Biz AA hammaboplik darajasiga muvofiq kelishga mudom intilishimizga qaramay, faoliyatimizda yanada yaxshilash mumkin bo‘lgan o‘rinlar uchrashi ham mumkin. Agar siz o‘z ehtiyojingizga muvofiq kelmaydigan qandaydir jihatga duch kelsangiz, tegishli mulohazalaringizni tinglashdan xursand bo‘lamiz – sizning ko‘magingizda biz barcha tashrif buyuruvchilarimiz uchun ijobiy tajribani taklif eta olardik.

Nutricia Club Uzbekistan’ni yanada hammaboproq qilish to‘g‘risidagi sharhlaringiz, o‘y-fikrlaringiz yoki takliflaringiz bilan ulashish uchun, iltimos, muloqot sahifasidan foydalanib biz bilan bog‘laning.

x