12-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 12-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

3 oy (Trimestr 1)

homilaning belgisi

12-haftada homilaning rivojlanishi

Bolaning miyasi rivojlanishda davom etadi.

homilador ayol

Dastlabki UTK

Agar hali UTKdan o‘tmagan bo‘lsangiz, 12-hafta – bu amaliyot uchun eng ma’qul vaqtdir.

baliq

Omega-3 va Omega-6

Ushbu foydali yog‘ kislotalari farzandingizning miyasi rivojlanishiga qanday yordam berishi haqida bilib oling.

12-haftada homilaning rivojlanishi

homilaning 12 haftasi

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa??

Homiladorlikning 12-haftasida homilaning kattaligi 6 sm atrofida (faqat so‘nggi 3 haftada ikki baravar kattalashgan1) — taxminan olxo‘ridek keladi.  Ajablanarlisi shundaki, farzandingiz to‘liq shakllanib bo‘lgan: unda yaqin oylarda o‘sish va rivojlanishga tayyor barcha o‘ta muhim organlar, suyak va mushaklar bor2.

Homilaning boshi uning tanasiga nisbatan avvalgidek katta, ammo endi unda yuz bichimi juda aniq va qovoqlar hali ham yopiq bo‘lsa-da, ular yaqqol ko‘rinib boraveradi3. Milklarida bo‘lg‘usi sut tishlarining 20 tacha murtaklari hosil bo‘lishga ulgurgan4.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Homiladorlikning 12-haftasi (birinchi trimestr)

utk

Dastlabki UTK

Ilk ultratovushli skanerlash ko‘pincha homiladorlikning 12-haftasida o‘tkaziladi.

Bu amaliyot UTK – “bola bilan tanishish” sifatida ham ma’lum. Ushbu amaliyot akusher-ginekologga bolaning tug‘ulish sanasini yanada aniqlashtirish imkonini beradi. Bo‘lg‘usi onalar UTKdan keyin oilasi, do‘stlari va hamkasblari bilan bu yangilikni o‘rtoqlashadilar.

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

12-haftada qorin dumaloq bo‘lib chiqa boshlaganini sezishingiz mumkin. Ammo bu bosqichda ayrim bo‘lg‘usi onalarda homiladorlikning tashqi belgilari sezilmaydi.

12-haftada homiladorlik belgilari5

uhlayotgan homilador ayol

Homiladorlik belgilari hammada har xil kechadi. 6-haftada quyida keltirilgan belgilardan ayrimlarini sezishingiz yoki umuman sezmasligingiz mumkin:

Ko‘krak hajmi kattalashib, unda og‘riqni his qilishingiz mumkin. Ko‘krakda boshqa o‘zgarishlar ham kuzatiladi – shu tariqa organizm ko‘krak bilan oziqlantirishga tayyorgarlikni boshlaydi.

Dastlabki 12 hafta davomida gormonal o‘zgarishlar charchoq yoki kuchdan qolish hissini tuyushga olib kelishi mumkin.

Bo‘lg‘usi onalarning 80%i birinchi trimestrda darmonsizlik va ko‘ngil aynishini his qiladi6. Bu holat kunning istalgan paytida kuzatilishi va turlicha namoyon bo‘lishi mumkin: masalan, ko‘ngil aynishi bir lahzada o‘tib ketadi yoki kun davomida ko‘ngil aynishini his qilasiz.

Homiladorlik gormoni sanalgan progesteron ovqat hazm bo‘lishini sekinlashtiradi, bu esa qorin shishishiga va gazlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin7.

Yengil spazmalar va qon aralash ajralishlar ko‘pincha homiladorlikning erta bosqichlarida uchraydi8,9. Agar og‘riq kuchaysa (menstruatsiya paytidagiga nisbatan kuchliroq) yoki qon ko‘proq ketsa, terapevtingizga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

Hojatxonaga tez-tez borish – homiladorlikning erta bosqichlarida eng ko‘p uchraydigan belgilardan biridir. Bu bachadonning kengayishi va siydik pufagiga bosim berishi bilan bog‘liq.

Homiladorlik gormonlari bo‘lgan estrogen va progesteron darajasi dastlabki 12 hafta10 davomida oshib boradi va bu bo‘lg‘usi ona qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganligingizga ta’sir qiladi. Hordiq va yengil jismoniy yuklama o‘zingizni ruhan barqaror his qilishingizga imkon beradi.

Homiladorlikda Omega-3 va Omega-6 ahamiyati

Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari bolaning miyasi sog‘lom rivojlanishiga yordam beradi va organizm ularni faqat ozuqa orqali o‘zlashtiradi11. Ratsioningizga Omega-3 bilan to‘yingan mahsulotlarni kiritishingiz – farzandingizga sog‘lom kelajak uchun tamal toshini qo‘yish degani.

Ratsioningizga Omega-3 bilan to‘yingan mahsulotlarni kiritib, farzandingizning sog‘lom kelajak uchun tamal toshini qo‘ying.

don yormasidan

Omega-3 bilan to‘yingan quyidagi taomlar va yengilgina yeguliklardan iste’mol qiling12:

• Butun donli qovurilgan nonda bilan tayyorlangan skumbriya

• Bargli sabzavotlar bilan dimlab qovurilgan losos

• Lososdan tayyorlangan baliq kotletlari

• Bir siqim yong‘oq va don mahsulotlari

• Don yormasidan bir tarelka

Ilmiy izoh

OMEGA-3 VA OMEGA-6

Nutricia asosida

Omega-3 va Omega-6 – bu uzun zanjirli polyun bilan to‘yingan yog‘ kislotalarining ikki turi bo‘lib, birgalikda LCP deb ataladi. Dokozageksan kislota sifatida ma’lum yoki qisqartmasi DHA bo‘lgan, LCP’ning biri – Omega-3 bolaning miyasi rivojlanishiga yordam beradi13. U, shuningdek, bolaning ko‘zlari sog‘lom shakllanishi uchun foydalidir va bola tug‘ulgandan keyin, asosan bir yoshda uning ko‘rish qobiliyati rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Bolaning miyasi yaxshi rivojlanishi uchun har kuni qo‘shimcha ravishda 200 mg Omega-3 iste’mol qiling. Haftasiga 1-2 porsiya yog‘li baliq iste’mol qilish siz va farzandingizni yetarli miqdordagi Omega-3 bilan ta’minlaydi. Ammo baliq tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli moddalar bois uni haftasiga 2 martadan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Organizmda Omega-3 muvozanatini ta’minlash uchun ratsionga turli yeguliklarni kiritishingiz mumkin, masalan nonushtada bir siqim yong‘oq yoki butun donli yorma iste’mol qiling.

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

Agar siz hali shifokoringiz koʻrigidan oʻtmagan boʻlsangiz, unda shifokoringiz siz uchun tugʻruqdan oldingi koʻriklarni rejalashtirishi va birinchi ultratovush tekshiruvini oʻtkazishi uchun qabulga yoziling.

  1. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 169.
  2. NHS UK. You and your baby at 9-12 weeks pregnant [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-9-10-11-12.aspx [Accessed June 2014]
  3. Stoppard, M. New Pregnancy and birth book. The classic Guide for parents to be. New York: Ballantine Books, 2009. p. 83.
  4. Medline Plus. Fetal development [Online]. Available at: https://medlineplus.gov/ency/article/002398.htm [Accessed June 2014]
  5. NHS. Signs and symptoms of pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/signs-and-symptoms-pregnancy/ Page last reviewed: 6 October 2018. Next review due: 6 October 2021.
  6. Noel M. Lee, M.D., Gastroenterology Fellow and Sumona Saha, M.D., Assistant Professor of Medicine. Nausea and Vomiting of Pregnancy. 2011. Pub 2013. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3676933/
  7. NHS Start 4 Life. 1st trimester, week 10 [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/1st-trimester/week-ten/
  8. NHS. Vaginal bleeding in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vaginal-bleeding-pregnant/ Page last reviewed: 26 January 2018. Next review due: 26 January 2021.
  9. NHS. Stomach pain in pregnancy [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/stomach-pain-abdominal-cramp-pregnant/ Page last reviewed: 1 May 2018. Next review due: 1 May 2021.
  10. Claudio N. Soares and Brook Zitek. Reproductive hormone sensitivity and risk for depression across the female life cycle: A continuum of vulnerability? 2008. [Online] Available at: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2440795/
  11. British Nutrition Foundation. N-3 fatty acids and health [Online]. 2000. Available at: http://nutrition.org.uk/attachments/156_n-3%20Fatty%20acids%20and%20health%20summary.pdf
  12. Gandy J (ed). Manual of Dietetic Practice. 5th ed. Oxford: Wiley Blackwell, 2014. p. 759.
  13. European Union. Commission Regulation (EU) No 440/2011 of 6 May 2011 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to children’s development and health. OJ L 119 2011;4-9.
  14. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.

Yangilangan sana: 2019-yil 23-oktabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x