Homiladorlikning 32-haftasi

Homiladorlikning 32-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

8 oy (Trimestr 3)

Rivojlanish uchun D vitamini

Homiladorlikning 32-haftasida, chaqaloq organizmidagi tizimlarning aksariyati shakllanib bo‘ladi, ishlaydi va tashqi dunyoda ishlashga tayyor bo‘ladi. Shu paytdan e’tiboran, chaqaloq rivojlanishining ko‘p qismi bo‘y o‘sishiga yo‘naltiriladi, shuning uchun D vitamini juda muhimdir. Ushbu ozuqa moddasi, farzandingiz o‘sib-ulg‘ayishida uning suyaklarini qanday qo‘llab-quvvatlashi va uni yetarli miqdorda olayotganingizga qanday qilib ishonch hosil qilish mumkinligini bilib oling.

plod 32 nedelya

32-haftada bolaning rivojlanishi

O‘pka hali to‘liq rivojlanmagan, ammo homila oldidagi suyuqlikdan nafas olish3 hozirdanoq, chaqaloqqa birinchi nafasini olish uchun tayyorlanishiga yordam beradi1.

Homilaning 32-haftasiga kelib, farzandingiz boshini u yoqdan bu yoqqa burishni o‘rgangan bo‘ladi.

Garchi, farzandingiz kunning ko‘p qismida uyquda bo‘lsa-da, hushyor paytida u o‘zining yangi ko‘nikmasi — boshini u yoqdan bu yoqqa o‘girishni mashq qiladi1. Endi u o‘z tanasini tobora yaxshiroq tushunadi va his qiladi, hamda kayfiyatiga qarab, bosh barmog‘ini so‘rishi yoki oyoqchalari bilan tepinishi mumkin4.

32-haftada ba’zi go‘daklar chiqish yo‘li tomon boshlari bilan joylashadilar — ular tug‘ilishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatib, boshlari bilan pastga qarab aylanadilar. Agar farzandingiz haliyam boshini tepaga qilib yoki qorningiz bo‘ylab ko‘ndalang yotishni yaxshi ko‘rsa, xavotir olmang; to‘g‘ri holatda joylashish uchun yetarlicha vaqt bor2.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

D vitamini — kelajakda suyaklar sog‘lom bo‘lishi uchun asosiy elementidir

D vitamini — uchinchi trimestrda taomnomangizga kiritilishi kerak bo‘lgan, muhim oziq moddadir. U chaqaloqning suyaklari yaxshi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, kalsiy va fosforning tanadagi miqdorini tartibga soladi5 5,6. 6. Kamdan kam hollarda, onada D vitamini yetishmasligi, chaqaloq suyaklarining yumshashiga olib kelishi va raxit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin7.

Siz hozirda iste’mol qilayotgan D vitamini, nafaqat chaqalog‘ingizning suyaklarini himoya qiladi va ularni mustahkamlaydi, balki uning shaxsiy zahirasini bu ozuqa moddasi bilan to‘ldirishga yordam beradi, hamda bola tug‘ilganidan keyingi bir necha oy ichida shu zahiradan oziqlanadi.

Homiladorlik paytida kuniga 10 mkg D vitamini is’temol qilish tavsiya etiladi.

Teriga quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri natijasida tanada D vitamini hosil bo‘ladi.

Kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilsangiz, D vitamini iste’molini 32-haftadan boshlab va keyinchalik oshirishingiz mumkin, ammo oziq-ovqat tarkibidagi ushbu foydali moddaning zahirasi yetarli bo‘lmasligi mumkin. O‘zingiz va farzandingizning tanasida ushbu vutamin yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash uchun, butun  homiladorlik paytida har kuni 10 mkg iste’mol qilish tavsiya etiladi8.

Sog‘liqni saqlash vazirligi shuningdek, agar bolani ko‘krak suti bilan boqishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, farzandingiz tug‘ilganidan keyin ham, D vitamini qo‘shimchalarini qabul qilishni davom ettirishni tavsiya qiladi8.

Keyingi qadamlar

Prenatal polivitaminli kompleksingiz tarkibida 10 mkg D vitamini borligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, alohida D vitamini qo‘shimchalarini oling.

Taomnomangizga quyidagi D vitaminiga boy mahsulotlarni qo‘shish, shuningdek tanadagi D vitamini zahirasini to‘ldirishga yordam beradi9:

  • Yog‘li baliqlar, shu jumladan seld, skumbriya, sardina, losos baliqlari yoki gulmohi balig‘i (lekin haftada 2 porsiyadan oshmasligi kerak, chunki yog‘li baliqlarda rivojlanayotgan chaqalog‘ingiz uchun zararli moddalar bo‘lishi mumkin).
  • Tuxum — sarig‘ida D vitamini mavjud
  • Boyitilgan ovqatlar — sutning ayrim markalari, nonushta uchun yormalar va margarin tarkibida D vitamini mavjud.

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p. 46.

2. NHS UK. You and your baby at 29-32 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-29-30-31-32.aspx [Accessed August 2016].

3. NHS UK. What is the amniotic sac? [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/2310.aspx?CategoryID=54 [Accessed August 2016].

4. Murkoff H, Mazel S. What to Expect When You’re Expecting. 4th ed. London: Simon & Schuster Ltd, 2009. p. 306.

5. Commission Regulation (EC) No 1024/2009 of 29 October 2009 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on food and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 283, 30.10.2009, pp. 22–29.

6. Commission Regulation (EC) No 983/2009 of 21 October 2009 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on food and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 277, 22.10.2009, pp. 3–12

7. NHS UK. Vitamins, supplements and nutrition in pregnancy [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx[Accessed August 2016].

8. Department of Health. Vitamin D – advice on supplements for at risk groups – letter from UK Chief Medical Officers [Online]. 2012. Available at: www.gov.uk/government/publications/vitamin-d-advice-on-supplements-for-at-risk-groups [Accessed August 2016].

9. Gandy J (Ed). Manual of Dietetic Practice, 5th Edition. Wiley Blackwell. UK. 2014 p.922.

So’nggi marta: 2016-yil 8-avgustda yangilangan.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x