14-hafta: homiladorlik belgilari va bolaning rivojlanishi

O’qish vaqti: 4 daqiqa

Homiladorlikning 14-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

4 oy (Trimestr 2)

homilaning belgisi

14-haftada homilaning rivojlanishi

Farzandingizning buyraklari ishlay boshlaydi.

homilador ayol

Yo‘ldosh

Homiladorlikda yo‘ldosh qanday rol o‘ynashi haqida batafsil bilib oling.

salat

K vitamini

K vitamini homila uchun nega o‘ta muhim ekanligini bilib oling..

14-haftada homilaning rivojlanishi

homilaning 14 haftasi

Homilaning kattaligi qanday? Uning ko‘rinishi qanaqa?

Bu davrda homilaning kattaligi kividek keladi va uzunligi 8,5 sm atrofida1. Boshi yanada dumaloqlashadi va tanaga nisbatan ancha mutanosib tus oladi. Bolaning qovoqlari rivojlanadi, oyoq va qo‘l barmoqlarida tirnoqlar paydo bo‘ladi. Bola aylanganda yoki qo‘l va oyoqchalarini2 cho‘zgan paytdagi harakatlari endi ancha tartibli.

Yanayam muhimi, buyraklar ishlay boshlaydi, bola esa homilani o‘rab turadigan suvdan3 oz miqdorda yutishi mumkin, keyin bu suyuqlik bolaning oshqozoniga tushib, siydik ko‘rinishida3 qaytadan amniotik suyuqlikka chiqariladi.

Farzandingizda sochning ikki turi o‘sadi: ayrim bolalar boshida soch chiqqan uncha katta bo‘lmagan sohalar paydo bo‘ladi, ammo bolalarning hammasida butun tanada ingichka tuklar o‘sadi, u lanugo deb atalib, bolaning isishi uchun muhimdir.4

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Homiladorlikning 14-haftasi (ikkinchi trimestr)

uhlayotgan ayol

Tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Asosiy yangilik shundaki, sizda yangi organ – yo‘ldosh paydo bo‘lgan. U bachadon va bola bilan kindik orqali bog’lanadi va bolani ozuqaviy moddalar, kislorod va gormonlar bilan ta’minlaydi, shuningdek karbonat angidrid gazi kabi blaning hayot faoliyati chiqindilarini chiqaradi.

Ko‘krakning kattalashishi

Ko‘krak kattalashayotganligini sezishingiz mumkin. Shu boisdan ayrim ayollarda ko‘krak sezuvchanligi oshadi, ayrimlar yuklama oshganligi sababli belda og‘riqni his qilishi mumkin. Byustgalterda sariq dog‘lar yuzaga kelsa, bu og‘izsut – bo‘lg‘usi onalarda paydo bo‘ladigan ilk sutdir. Agar bu sizga noqulaylik tug‘dirsa, ko‘krak uchun qistirmalardan foydalanishingiz mumkin1.

14-haftada homiladorlik belgilari

Ko‘pchilik ayollar birinchi trimestr tugashi bilan o‘zini yaxshi his qila boshlashadi, ammo ayrim belgilar, masalan ertalabki holsizlik holatlari yana qanchadir muddat saqlanib qolishi mumkin. Shuningdek, ikkinchi trimestrda yangi belgilar paydo bo‘lishi mumkin, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

• Bachadonni kattalashishi tufayli qorindagi og‘riq.

• Bosh og‘riqlari yoki bosh aylanishi.

• burun qonashi.

• qorin shishishi.

• Me’daning sustligi yoki jig‘ildon qaynashi.

• Qo‘l va oyoqlar shishishi.

• Xloazma: yuz terisining tabiiy ravishda qorayishi yoki jigarrang ranglarning paydo bo‘lishi.

UTK

UTK

Birinchi UTKdan 8-14-haftalar orasida o‘tiladi, demak bu vaqtga kelib siz hech bo‘lmaganda bitta ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishingiz kerak. Ultratovushli skanerlashda zararsiz tovush to‘lqinidan foydalanilib, uning yordamida qorindagi homilani tafsiliy ravishda ko‘rish mumkin. Na siz, na bola biron-bir narsani his qilasiz – farzandingizni ilk marta ko‘rganingizda faqat xursandchilik sizni qurshab oladi.

K vitaminining ahamiyati

sog'lom parhez

Muvozanatlashtirilgan sog‘lom parhez yordamida o‘zingizning va farzandingizning organizmida K vitamini darajasini saqlash sizdan ko‘p mehnat talab qilmaydi. Bu yog‘da eriydigan foydali modda bo‘lganligi uchun sarflanmagan K vitamin to‘liqligicha jigarda saqlanadi, aynan shu sababdan ushbu vitaminni har kuni qo‘shimcha ravishda qabul qilishingiz shart emas6. Bundan tashqari, taom tayyorlash usuli K vitaminning foydali xususiyatlariga ta’sir qilmaydi.

Agar bola tug‘ulgunga qadar yetarli miqdordagi K vitaminni qabul qilmasa, unda kam uchraydigan kasallik – qon ivimasligi rivojlanishi mumkin. Shu boisdan yangi tug‘ulgan bolalarga K vitamin inyeksiya qilinadi7

Sintetik K vitamini zaharli bo‘lishi mumkin8, shuning uchun faqat terapevt yoki akusher-ginekolog tavsiyasi bo‘yicha tarkibida K vitamin bo‘lgan vitaminli qo‘shimchalarni qabul qiling.

Ilmiy izoh

K VITAMINI

Nutricia asosida

K vitamini suyaklarning sog‘lom rivojlanishi va jigarda oqsil hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lishi bilan birga u qon ivishida asosiy o‘rin tutadi va yaralarning bitishiga yordam beradi. Bu ayniqsa tug‘ruq jarayonida va tanangiz tiklanayotgan keyingi davr uchun o‘ta muhimdir.

Homiladorlik paytida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

Homiladorlikning turli haftalarida ovqatlanishda tafovutlar yo‘q, umuman olganda bu davrda quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:

taqiqlangan

Xom va to‘liq pishmagan go‘sht

taqiqlangan

Pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari

taqiqlangan 3

Jigar va tarkibda A vitamin yuqori bo‘lgan mahsulotlarni haddan ortiq ko‘p iste’mol qilish

taroz

Homiladorlik paytida qancha vazn oshishi optimal sanaladi?

Homiladorlik paytida vazn ortishi homiladorlikkacha bo‘lgan vazningizga bog‘liq va homilador ayollarda bu keskin farq qilishi mumkin. Bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligida homiladorlik paytida 10 kg.dan 12,5 kg.gacha vazn ortadi, homilaning vazni esa buning bir qismini tashkil etadi13. Homiladorlikda vazn oshishi haqida barcha kerakli ma’lumotlarni bilib oling.

  1. NHS Start 4 Life. 2nd trimester, week 14. [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/week-by-week/2nd-trimester/week-14/#anchor-tabs [Accessed October 2019].
  2. NHS. You and your baby at 13-16 weeks pregnant [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-13-14-15-16.aspx Page last reviewed: 17 July 2018. Next review due: 17 July 2021.
  3. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013.
  4. Curtis GB, Schuler J. Your pregnancy week by week. 7th ed. Cambridge: Fisher books, 2011.
  5. European Union. Commission Regulation [EU] No 432/2012 of 16 May 2012 establishing a list of permitted health claims made on foods, other than those referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 136 2012;1-40.
  6. NHS UK. Vitamin K [Online]. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-K.aspx Page last reviewed: 3 March 2017. Next review due: 3 March 2020.
  7. NHS UK. What happens straight after the birth? [Online]. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/what-happens-straight-after-the-birth.aspx Page last reviewed: 7 January 2019. Next review due: 7 January 2022.
  8. Department of Health. Report on Health and Social Subjects 41. Dietary Reference Values for Food Energy and Nutrients for the United Kingdom. London: TSO, 1991.
  9. NHS choices. How much weight will I put on during my pregnancy? [Online]. Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/2311.aspx?CategoryID=54 Page last reviewed: 18 October 2018. Next review due: 18 October 2021.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x