Homiladorlikning 30-haftasi

Homiladorlikning 30-haftasi — nechanchi oy?

taqvim

7 oy (trimestr 3)

Aqliy rivojlanish uchun ozuqa manbalari

Homiladorlikning 30 haftasida farzandingizda ham ichki, ham tashqi ko‘plab o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Oyoqlarida tirnoqchalar paydo bo‘lka boshlaydi, nerv tizimi esa tez rivojlanadi, bu o‘z navbatida nerv impulslarining tana bo‘ylab tez tarqalishiga imkon beradi. Ushbu kognitiv rivojlanishda temirning o‘rni katta bo‘lib, ratsionda bu moddaning yetarli miqdorda bo‘lishi o‘ta muhimdir.

plod 30 nedelya

30-haftada homilaning rivojlanishi

30-hafta – ag‘darilish vaqti

Homiladorlikning 30-haftasida farzandingizning bo‘yi 27 sm atrofida va vazni taxminan 1,5 kg bo‘ladi. Uning miyasi va o‘pkalari shakllanishda davom etadi, oyoqlarida esa tirnoqchalar o‘sa boshlaydi1.

Taxminan mana shu paytda ilk lanugo – mayin ingichka sochlar – yo‘qola boshlaydi2. Bu farzandingizda isitish uchun teriosti yog‘i yetali ekanligi belgisidir.

Ko‘pchilik bolalar boshini pastga qaratib buriladi – bu tug‘ulishga tayyorgarlikni anglatadi.

Bu bosqichda ko‘pchilik bolalar boshi pastga qaragan holatda bo‘ladi1, shu tariqa tashqi olamga tayyorgarlik boshlanadi. Ammo tashvish tortmang, akusher-ginekologingiz bola hali ag‘darilmaganligini aniqlab beradi – hali ancha vaqt bor.

homilador ayol belgisi

Sizning chaqalog’ingiz, bu hafta

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shiling.

Temir moddasini iste’mol qilishni unutmang

Temir butun homiladorlik davomida asosiy ozuqaviy modda sanaladi. U tanangiz bo‘ylab qon hujayralarida kislorod tashiydi, yo‘ldosh orqali homilaga yetkazadi va bolaning kognitiv rivojlanishida muhim o‘rin tutadi3.

Shuning uchun butun homiladorlik davomida go‘sht, baliq yog‘i va tuxum kabi temirga boy mahsulotlarni iste’mol qilish muhimdir. Temir bilan boyitilgan non va quruq nonushta, kress-salat, jingalak karam va brokkoli kabi to‘q yashil bargli sabzavotlar, quritilgan mevalar, jumladan anjir va o‘rik, shuningdek dukkakli o‘simliklar temirning o‘simlik manbalari sanaladi4.

Homilador ayollarning aksariyati qondagi temir miqdorining kerakli darajasini parhez yordamida saqlashlari mumkin. Temir moddasi miqdoru kamayib ketsa, qo‘shimchalarni qabul qilish buyurilishi mumkin5.

Temir moddasi yaxshi o‘zlashtirilishi uchun ovqatlanish paytida bir stakan meva sharbati ichish yoki tarkibida C vitamini yuqori bo‘lgan meva iste’mol qilish tavsiya etiladi.

  Eslatib o‘tish joizki, ayrim mahsulotlar temirning o‘zlashishini yo‘qqa chiqaradi, ba’zi mahsulotlar esa yaxshilaydi. C vitamini o‘simlik manbalaridan temirning singishiga yordam beradi, shuning uchun ovqatlanish paytida C vitaminga boy bir stakan meva sharbati ichish yoki meva yeyish tavsiya etiladi6. Choy va qahvadagi teri oshlovchi moddalar singari kalsiy aks ta’sir qilishi mumkin. Ammo bu uni ratsiondan chiqarish kerak, degani emas. Sizga kerakli temir moddasini to‘g‘ri muvozanatlashtirilgan parhezdan olishingiz kerak.

Keyingi qadamlar

Tarkibida temir mavjud mahsulotlarni yetarli miqdorda iste’mol qilayotganligingizga amin bo‘ling4:

• Yog‘siz go‘sht va yog‘li baliq, masalan sardina.

• Brokkoli, kress-salat va jingalak karam kabi to‘q yashil sabzavotlar.

• Yong‘oqlar, asosan keshyu.

• Dukkakli o‘simliklar, no‘xat va yasmiq.

• Butun donli mahsulotlar, jumladan nonushtada temir bilan boyitilgan yormasi va birlamchi undan tayyorlangan non mahsulotlari.

• O‘rik, olxo‘ri qoqi va mayiz kabi quruq mevalar.

• Tuxum

1. Deans A. Your New Pregnancy Bible, The experts’ guide to pregnancy and early parenthood. 4th ed. London: Carroll & Brown Publishers Limited, 2013. p.45.

2. NHS UK. You and your baby at 29-32 weeks pregnant [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/pregnancy-weeks-29-30-31-32.aspx [Accessed August 2016].

3. Commission Regulation (EU) No 957/2010 of 22 October 2010 on the authorisation and refusal of authorisation of certain health claims made on foods and referring to the reduction of disease risk and to children’s development and health. OJ L 279, 23.10.2010, pp.13–17.

4. Gandy J (Ed). Manual of Dietetic Practice, 5th Edition. Wiley Blackwell. UK. 2014 p.927.

5. NHS UK. Vitamins, supplements and nutrition in pregnancy [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx[Accessed August 2016].

6. Zijp IM, Korver O, Tijburg LB. Effect of tea and other dietary factors on iron absorption. Crit Rev Food Sci Nutr 2000;40(5):371-98.

Yangilangan sana: 2016-yil 8-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x