Ona qornida bolalarning hid va taʼm sezgisining rivojlanishini

O‘qish vaqti: 3 daqiqa

Ona qornida bolalarning rivojlanishini oʻrganishga bagʻishlangan muvaffaqiyatli tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, boʻlajak farzandingizda hid va taʼm sezgisining rivojlanib borishi bilan unda siz isteʼmol qilayotgan taom haqida fikr shakllana boshlaydi. Uning taʼm retseptorlari homiladorlikning 13-haftasida allaqachon rivojlanadi, yaʼni u 2-trimestrning boshida ovqat taʼmini taniy oladi.

Bundan tashqari, homiladorlikning 16-haftasidan boshlab sizning farzandingizning hidlash sezgisi ham rivojlanadi. Homiladorlikning oxiriga kelib, sizning kichkintoyingiz muntazam ravishda koʻp miqdorda homila oldi suyuqligini yuta boshlaydi va tadqiqotlarning koʻrsatishicha, bu uning keyinchalik ona sutidan ajratish vaqtidagi oziq-ovqat afzalliklariga taʼsir qilishi mumkin.

Amniotik suyuqlik va uning oʻziga xos xususiyatlari

Bolalar hali tugʻilmaslaridanoq shirinliklarni afzal koʻrishadi, lekin nima uchun? Bunga sabab amniotik suyuqlikni tashkil etuvchi ozuqa moddalari, aminokislotalar va glyukozaning murakkab aralashmasi boʻlishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, suyuqlikning tabiiy taʼmi biroz shirin boʻladi va agar uning shirinligi yanada oshsa, bola uni koʻproq yuta boshlaydi. Ammo, agar unga achchiq taʼm qoʻshilsa, u amniotik suyuqlikni yutishni toʻxtatadi. Undagi bu eng dastlabki shirin taʼm afzalliklari ona suti bilan emizish davrida saqlanib qoladi, chunki sut ham shirin boʻladi.

Lekin amniotik suyuqlik shunchaki shirin emas. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, siz isteʼmol qilayotgan taomning taʼmi ham unga qoʻshiladi. Ajablanarlisi shundaki, homila rivojlanish bosqichida bu taʼmlarning koʻp martalab taʼsiri bolani sutdan chiqarayotgan vaqtda bolaga shunday taʼmdagi taomlar yoqishiga taʼsir qilishi mumkin.

Tadqiqotlardan birida, boʻlajak onalardan 3-trimestrda koʻp miqdorda sabzi sharbati ichish soʻralgan. Bir necha oydan soʻng, ular bolalarni sutdan chiqarishni boshlaganlarida, ularning bolalariga, onalari sharbat ichmagan nazorat guruhiga qaraganda, sabzi taʼmli boʻtqalar koʻproq yoqqan.

Oziq-ovqat afzalliklarining bunday rivojlanishi nafaqat ona qornida boshlanadi, balki emizish davomida ham davom etadi, chunki ona sutida siz isteʼmol qiladigan ovqatlar tarkibidagi xushboʻylashtiruvchi moddalar ham mavjud. Taʼm haqidagi “xotira” baʼzi giyohlar yoki ziravorlar qoʻshilgan ovqatlarga nisbatan madaniy afzalliklarni saqlanib qolishiga yordam beradi, deb hisoblanadi. Bu xushboʻylashtirgichlarning homila oldi suvi orqali, keyin esa ona suti orqali taʼsir qilishi, bu taʼmlarning keyinchalik kichkintoyni quyuq taomlar yeyishga oʻrgatishda unga yoqishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Kichkintoyingizning hid bilish sezgisi

Bolaning hid bilish sezgisi hali u tugʻilmasidanoq rivojlanadi deb hisoblanadi, chunki yangi tugʻilgan chaqaloqlar darhol onasining hidini taniydi va yaxshi koʻrishadi.  Tadqiqotlardan birida bolalarga homila oldi suvi surilgan koʻkrakni emish yoki homila oldi suvi surtilmagan koʻkrakni emish taklif etilganda koʻpchilik bolalar taʼm xotirasi tufayli birinchisini afzal koʻrishgan.

Lekin goʻdaklar faqatgina onasining hidini yaxshi koʻrishmaydi, ular shuningdek siz homiladorlik vaqtida eng koʻp isteʼmol qilgan mahsulotlarning hidini ham yaxshi koʻrishadi.  Keyingi tadqiqotlarda esa onasi homiladorlik vaqtida koʻp anis yegan goʻdaklar tugʻilganidan keyin ham, onasi anis yemagan bolalarga qaraganda uning hidini yaxshi koʻrishgani kuzatilgan. Bundan aytish mumkinki, sizning homiladorlik vaqtidagi dietangiz bolaning hayotining dastlabki bosqichlaridayoq unga nima yoqishi va nima yoqmasligiga taʼsir koʻrsatishi  mumkin.

Fandagi, bolaning dastlabki rivojlanishini oʻrganish borasidagi yutuqlar tufayli maʼlum boʻldiki, homiladorlar uchun sogʻlom va muvozanatlashgan dieta sizga va kichkintoyingizga shunchaki zarur ozuqa moddalaridan koʻproq narsani beradi va bolani sutdan chiqarish vaqtida bolaga turli mahsulotlarni qabul qilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin

  1. Lecanuet JP, Schaal B. Fetal sensory competencies. Eur J Obstet Gynecol Reprod Biol 1996;68:1-2.
  2. Ventura AK, Worobey J. Early influences on the development of food preferences. Curr Biol 2013;23(9):R401-8.
  3. Mennella JA et al. Garlic ingestion by pregnant women alters the odour of amniotic fluid. Chem Senses 1995;20:207-9.
  4. Mennella JA et al. Prenatal and postnatal flavour learning by human infants. Pediatrics 2001;107:E88-E93.
  5. Varendi H et al. Attractiveness of amniotic fluid odor: Evidence of prenatal olfactory learning? Acta Paediatr 1996;85:1223-7.
  6. Schaal B et al. Human foetuses learn odours from their pregnant mother’s diet. Chem Senses 2000;25:729-37.

Oxirgi marta yangilangan sana: 2020-yil 29-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x