Homiladorlik davrida D vitamini ahamiyati

Yorqinlik

Bola rivoji uchun D vitamini

D vitamini homiladorlik davrida asosiy ozuqaviy modda hisoblanib, farzandingiz suyaklarining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Uni faqat kam sonli mahsulotlardangina olish mumkin, asosiy tabiiy manbasi yozgi quyosh hisoblanadi. Farzandingizga butun hayoti davomida kerak bo‘ladigan, suyaklarini tuzilishiga yordam berishi uchun qanday qilib undan yil davomida har kuni bahramand bo‘lish mumkinligi haqida bilib oling.

D vitamini suyaklarning normal rivojlanishiga yordam beradi.

D vitamini-homiladorlik paytida muhim ko‘makchi

Butun homiladorlik davomida farzandingizning suyaklari tez o‘sib, shakllanadi. D vitamini ushbu qiziq va murakkab jarayonning asosiy qismi hisoblanadi, negaki uni yordamida organizmda kalsiy va fosfor miqdori nazoratda bo‘ladi. Bu ozuqaviy moddalar farzandingizning suyaklari rivojlanishi uchun juda muhim, shuningdek, mustahkam va sog‘lom tishlar shakllanishiga yordam ham beradi.

Tug‘ilishidan oldin farzandingizning organizmidagi D vitamini darajasi sizning homiladorlik davringizdagi iste’molingizga bog‘liq. Agar tavsiya qilingan kundalik normani qabul qilsangiz, bo‘lajak ona sifatida kelajakda farzandingizni sog‘ligiga va suyaklarini rivojlanishiga yordam bergan bo‘lasiz. 

Sutkalik D vitamini miqdori

D vitaminining eng samarali manbasi – bu quyosh nurlaridir: organizm uni UB-nurlariga javoban ishlab chiqaradi.

Homiladorlik va emizish davrida D vitamini iste’molining tavsiya qilingan normasi kuniga 10 mkg ni tashkil qiladi, yaxshisi qo‘shimcha ko‘rinishida qabul qilish kerak.

Oktyabrdan aprelgacha bo‘lgan davrda organizm yozdan qolgan har qanday zaxiraga tayanadi, ular sarflanishi bilanoq uni kerakli darajada ushlab turish uchun boshqa manbalardan foydalaniladi.

D vitamini oz sonli mahsulotlar tarkibida uchraydi. Yog‘li baliq, tuxum sarig‘i va boyitilgan mahsulotlargina oz sonli iste’mol manbalari sanaladi.

Shu sababli barcha homilador va emizikli ayollarga bir kunda 10 mkg D vitaminini iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu miqdor sizning ehtiyojingiz va farzandingizning birinchi 6 oylik hayoti davomida zaxira to‘plash uchun yetarli bo‘ladi.

vitamin miqdorlari

Dvitamini tanqisligi

D vitamini tanqisligi charchoqqa, darmonsizlikka va og‘riqqa olib kelishi mumkin. Chaqaloq va bolalarda esa D vitamini tanqisligi mo‘rt suyaklar kerakli tarzda rivojlanmasligi holati, ya’ni raxitga olib kelishi mumkin. D vitamini tanqisligi osteoporoz va diabet hamda boshqa jiddiy dardlar kabi surunkali kasalliklar bilan ham bog‘liq.

homiladorlik uchun oziq-ovqat qo'shimchalari
D vitaminining qo‘shimcha manbalari farzandingizning birinchi 6 oylik hayotiga kerak bo‘lguvchi zaxirani yaratish uchun tavsiya qilinadi.

Barcha homilador yoki emizikli ayollar  D vitamini tanqisligiga o‘ta moyil bo‘ladilar, ular kerakli miqdordagi vitaminga  erishishlari uchun  alohida e’tibor qaratishlari zarur. Qo‘shimchalarning kundalik qabul qilinishi siz va farzandingizning sog‘lig‘ini himoya qiladi.

Agar siz qorachadan kelgan bo‘lsangiz, yuqori pigmentatsiya terining D vitaminini ishlab chiqishiga ta’sir qiladi, ya’ni qo‘shimchalarning kundalik qabul qilinishi ahamiyatini yanada oshiradi. Ayniqsa, kelib chiqishi janubiy osiyolik, afrika, karib va yaqin sharqdan bo‘lgan ayollar ushbu xavfga moyil bo‘lishadi.

UB-indeks – bu quyosh ta’siri ko‘rsatkichi. Quyida keltirilgan jadval tarkibida D vitamini mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan quyosh ta’sirini solishtirish imkonini beradi. 5-10 daqiqa quyoshda bo‘lish 3000 MYe ga teng, bu uch porsiya yangi tutilgan losos yeyish bilan teng demakdir.

Mahsulot (porsiya*)D vitamini (UBi)
Yangi tug’ilgan yovvoyi losos600-1000
Fermada yetishitirilgan yangi losos100-250
Konservanlangan losos300-600
Sardina300
Skumbriya250
Konservalangan tunets250
shiitake barra qo’ziqorinlari100
Quritilgan shitake qo’ziqoqorinlari1600
tuxum sarig’i (tovuq tuxumi)20

* 100 g go‘sht yoki baliq — taxminan kaftingiz o‘lchamiga teng bo‘lgan bir porsiyadir.

sut mahsulotlari

D vitaminiga boyitilgan sut mahsulotlari va ba’zi nonushta yormalari

Keyingi qadamlar

Siz homiladorlarga atalgan yarimvitaminlarni qabul qilasizmi? Agar ha bo‘lsa, uning tarkibida 10 mkg D vitamini borligiga amin bo‘ling. Agar yo‘q bo‘lsa, shifokor bilan alohida qo‘shimchalar haqida maslahatlashing.

  1. NHS UK. Vitamin supplements in pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx[Accessed June 2014]
  2. NHS UK. How to get vitamin D from sunlight [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Summerhealth/Pages/vitamin-D-sunlight.aspx [Accessed June 2014]
  3. NHS UK. Vitamin D [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-D.aspx[Accessed June 2014]
  4. SACN. Update on Vitamin D [Online]. Available at: www.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/339349/SACN_Update_on_Vitamin_D_2007.pdf p.37 [Accessed June 2014]
  5. Holick MF. Vitamin D deficiency. N Engl J Med 2007;357(3):266-281.

Havolalarni ko‘rish: 18 avgust, 2014 yil

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x