Feta, pista, baqlajon va kuskusdan salat

Tayyorlash vaqti: 10 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 30-40 daqiqa – Porsiya: 2

Tarkibida kletchatkalar mavjud baqlajon va kaliyga boy pista O‘rta Yer dengizi sabzavot taomlariga kiradi. Ustiga-ustak bu taom mazali va tez tayyorlash mumkin.

Ushbu taom: vegetariancha • tarkibida shakar miqdori kam • tarkibida tuz miqdori kam • kletchatka manbasi sanaladi • tarkibida oqsil ko‘p.

Har bir porsiya tarkibi:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOzuqaviy qiymati Miqdori Ozuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da
Kaloriyaligi485 kKal24%
Yog‘lar21 g30%
Uglevodlar5.3 g27%
Shakar9.4 g10%
Tuz1.4 g23%

Parhezshunos maslahati

Turli xil sabzavotlarni qancha ko‘p iste’mol qilsangiz, foydali bo‘lgan shuncha ko‘p har xil ozuqaviy moddalarni qabul qilasiz.

Masallig‘lar

  • O‘rtacha kattalikdagi 1 ta baqlajon
  • O‘rtacha kattalikdagi 1 ta baqlajon
  • 1/2 osh qoshiq maydalangan pista
  • 1 osh qoshiq raps moyi
  • 100 g kuskus
  • 150 g cherri pomidor
  • Yarimta bodring
  • 1 ta limon
  • Tarkibida tuz miqdori kam 1 choy qoshiqquruq sabzavot buloni (yoki yarimta bulon)
  • 2 ta maydalangan sarimsoqpiyoz donasi
  • 1/2 choy qoshiq yanchilgan murch
  • 1 osh qoshiq katta-katta qilib maydalangan rayhon

Retsept quyidagi allerginlarni o‘z ichiga oladi: yong‘oq (pista), glyuten (kuskus), selderey (bulon kubikchasi), sut (feta). Ozuqaviy qiymati haqidagi barcha fikrlar bitta porsiya tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Baqlajon: tarkibida gormonal o‘zgarishlardan kelib chiquvchi qabziyatni oldini olishda yordam beradigan kletchatka mavjud.

* Yong‘oq: tarkibida E vitamini mavjud. Homiladorlik davrida E vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish farzandingizda keyinchalik astma va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

* Kuskus: tarkibida farzandingizning o‘shishi uchun strukturaviy material sanaladigan oqsil mavjud.

* Kuskus: tarkibida farzandingizning o‘shishi uchun strukturaviy material sanaladigan oqsil mavjud.

Tayyorlash usuli

1. Pechni 220oC gacha qizdiring.

2. Baqlajonni teng qilib kesing va ikkala yo‘nalishda, biri ustiga ikkinchisini qo‘yib qiyalab tiling. Baqlajon yarmining ikkala tomoniga ham raps moyi, yarmiga esa murch surting va pechga 30 daqiqa yoki qizarguncha qo‘ying.

3. Baqlajon tayyor bo‘lguncha kuskusni tayyorlab oling. Bitta idishga bitta limon suvi, 2 ta maydalangan sarimsoqpiyoz donasi, qolgan murch va bulonni soling, keyin 150 ml qaynoq suv quyib, aralashtiring.

4. Kuskusni kosaga soling, suyuqlik qo‘shing va biroz aralashtiring, oldindan vilka bilan ko‘pchitib, qopqog‘ini yoping va 3-4 daqiqa tursin.

5. Bodringni mayda-mayda qilib to‘g‘rang, pomidor cherrini teng qilib kesib oling va kuskus bilan aralashtiring. Bir tomonga olib qo‘ying.

6. Baqlajonni pechdan chiqaring, agar mag‘zi yumshoq va sarg‘ish-jigarrang bo‘lsa, fetani baqlajonning har bir pallasiga ushating va pechga yana 5 daqiqaga qo‘ying.

7. Dasturxonga tortishdan oldin baqlajonning yarmiga maydalangan pista va rayhon sepib, taomning bir chetiga kuskus qo‘shing.

  1. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  2. Turner SW et al. Associations between fetal size, maternal α-tocopherol and childhood asthma. Thorax 2010;65(5):391-7.
  3. Devereux G et al. Low maternal vitamin E intake during pregnancy is associated with asthma in 5-year-old children. Am J Resp Crit Care Med 2006;174(5):499-507.
  4. NHS. Healthy Eating Pregnancy [Online] Available at: https://www.nhs.uk/start4life/pregnancy/healthy-eating-pregnancy/ [Accessed July 2018].
  5. NHS. Vitamin C in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed July 2018].

Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x