Kakaodan tayyorlangan malinali va bodom moyli shariklar

Tayyorlash vaqti: 10 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa – Porsiya: 15 ta sharik (taxminan)

Xurmoli, bodom moyli va kakaoli ushbu mazali yeguliklar sizga zavq berishi aniq. Malina tarkibida C vitamini va folatsin kislota, xurmo, yong‘oq va suli tarkibida esa kletchatka mavjud.

Ushbu taom: tarkibida sut mahsulotlari yo‘q • vegancha • vegetariancha • oqsillar mavjud • magniy • fosfor • kaliy.

Har bir porsiya tarkibi:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOzuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da
Kaloriyaligi53 kKal3%
Yog‘lar2.3 g3%
Uglevodlar0.3 g2%
Shakar4.9 g5%
Tuz0.03 g1%

Parhezshunos maslahati

Siz uchun foydali bo‘lgan sevimli va mazali taomlar unchalik ham ko‘p emas, ammo, imkon qadar ratsioningizga ozuqaviyligi yanada ko‘proq bo‘lgan shirinliklarni kiriting.

Masallig‘lar

  • 100 g xurmo, danaksiz
  • 2 osh qoshiq suli
  • 2 osh qoshiq bodom moyi (tuz va shakarsiz)
  • 3 osh qoshiq mayda qilib tayyorlangan bodom
  • 2 choy qoshiq kakao kukuni
  • 50 g yangi uzilgan malina (taxminan 10-12 ta)

Retsept tarkibida quyidagi allerginlar mavjud: glyuten (suli), yong‘oq (bodom) va sulfitlar. Ozuqaviy qiymati haqida keltirilgan barcha ma’lumotlar 100 g taom asosida olingan, ammo bu tavsiya etilgan porsiya miqdori sanalmaydi.

Ozuqaviy qiymati

* Xurmo: tarkibida gormonal o‘zgarishlardan kelib chiquvchi qabziyatni oldini olishda yordam beradigan kletchatka mavjud.

* Suli: tarkibida homiladorlik davrida zarur bo‘lgan kislorod va ozuqaviy moddalar bilan ta’minlashga yordam beradigan temir mavjud.

* Bodom: tarkibida E vitamini mavjud. Homiladorlik davrida E vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish farzandingizda keyinchalik astma va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

* Malina: tarkibida hujayralarni himoyalash va ularning sog‘lomligini saqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan C vitamini mavjud.

Tayyorlash usuli

1. Pergamentni teskari qilib tovada joylashtirib qo‘ying.

2. Xurmoni teng ikkiga bo‘lib, blenderga soling va mayda konsistensiya holatigacha ko‘pirtiring.

3. Suli, 2 osh qoshiq maydalangan bodom, bodom yog‘i va kakao kukunini blenderga soling va yopishqoq aralashma hosil bo‘lguncha ko‘pirtiring.

4. Malina qo‘shing, keyin aralashma tarkibi bir xul tus olguncha blenderni tez aylantiring.

5. Qo‘lingizni suv bilan ho‘llang, so‘ngra aralashmadan bir porsiya olib, mayda shariklar hosil bo‘lguncha kaftlaringiz orasida aylantiring. Shariklarni tunuka tovaga ularning orasida masofa qoldirgan holatda joylashtiring va maydalangan bodomning qolgan qismini osh qoshiq bilan shariklar ustiga seping.

6. Muzlatkichda 30 daqiqa sovitib qo‘ying.

  1. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  2. British Nutrition Foundation. Nutrition and supplements during pregnancy [Online]. 2015. Available at: https://www.nutrition.org.uk/[Accessed July 2018].
  3. Turner SW et al. Associations between fetal size, maternal α-tocopherol and childhood asthma. Thorax 2010;65(5):391-7.
  4. Devereux G et al. Low maternal vitamin E intake during pregnancy is associated with asthma in 5-year-old children. Am J Resp Crit Care Med 2006;174(5):499-507.
  5. NHS. Vitamin C in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed July 2018].

Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x