Homiladorlik davrida chekish va spirtli ichimliklar

Bu davrda aslo iste’mol qilmang

Farzandingizga hayotni sog‘lom boshlash imkoniyatini taqdim eting

Sizga yaxshi ma’lumki, homiladorlik davrida chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish farzandingizning sog‘ligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu holat faqatgina bo‘lg‘usi onagagina tegishli emas – uning yonidagi umr yo‘ldoshining chekishi yoki spirtli ichimlik iste’mol qilishi homila uchun zararli. Chekmaslik yoki spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik oson ish emas, ammo shunday yo‘l tutsangiz, bola dunyoga kelganda o‘zingizni sog‘lom va tetik his qilasiz.

Chekishni nega tashlash kerak?

Sizga ma’lumki, chekish homila salomatligiga o‘ta salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun ham sizga, ham umr yo‘ldoshingizga chekishni tashlash tavsiya etiladi.

Rafiqangizning yonida cheksangiz, farzandingiz bir qator zararli moddalarni qabul qilishi mumkin, jumladan:

  • Nikotin — ma’lumki, nikotin qon tomirlarini toraytiradi, bachadon va yo‘ldoshning qon oqish tizimiga ta’sir qiladi va bolaning qon bosimi va yurak qisqarishlari chastotasiga ta’sir qiladi.
  • Uglerod oksidi — qonda gemoglobin bilan bog‘lanadi, natijada qon hujayralari kam kislorod bilan ta’minlaydi, bu esa tug‘lishda vazn kam bo‘lishiga olib keladi.
  • Qatron — saratonga sabab bo‘ladigan, o‘pkalarga ta’sir qiladigan modda.

Bola tug‘ilganda u nafas olayotgan har qanday havo uning sog‘ligiga shunday salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu boisdan, chekishni ayni vaqtida tashlasangiz, farzandingizga hayotni sog‘lom boshlash imkonini bergan bergan bo‘lasiz va o‘zingiz ham shunday yomon odatdan to‘liq qutilishingiz mumkin.

Spirtli ichimliklar iste’mol qilishni tashlash sabablari

Ba’zan rafiqangiz homilador bo‘lganligini bilishdan oldin spirtli ichimliklar ichishi mumkin. Ammo farzand kutayotganligini bilgandan so‘ng, unga spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida yoki homiladorlik rejalashtirilayotgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi spirtli ichimliklar ichishdan butunlay voz kechishni tavsiya etadi.

Spirtli ichimlik iste’moli homilaga bevosita ta’sir qilmasa ham, undan voz kechish yoki iste’mol miqdorini kamaytirish orqali homilador ayolingizga qimmatli ma‘naviy ko‘mak bergan bo‘lasiz.

Ichishni to‘liq to‘xtatmasdan, uning miqdorini kamaytirsangiz, spirtli ichimlik iste’mol qilishning sutkalik tavsiya etiladigan me’yoriga amal qilish tavsiya etiladi, bu me’yor erkaklar uchun 3-4 birlik, ayollar uchun esa 2-3 birlik..

IchimliklarBirliklar
Bir qadah vino (175 мл, o‘tkirligi 12%)2.1
Lager, pivo yoki olma vinosi (o‘tkirligi 5,2%)3
Spirtli ichimliklar (25 ml, o‘tkirligi 40%)1
Kuchsiz spirtli kokteyllar (275 ml, o‘tkirligi)1.5

Keyingi qadamlar

Chekish va spirtli ichimliklardan qanday voz kechish haqida bir nechta maslahat:

  • Chekishni tashlaydigan kunni belgilang va unga amal qiling. Maqsadni aniq qo‘yish unga erishishga yordam beradi
  • Jismoniy mashqlar qiyinchilikni yengishga yordam beradi.
  • Harakatchanlik va saqich. Og‘iz va qo‘lni bekor qo‘ymasangiz, bu sigaret chekish odatidan qaytaradi.
  • Zararli odatlardan qutulish sabablarini sanab o‘ting va chekish xuruji tutganda ularga qayta murojaat qiling
  • Yaxshi tomonini o‘ylang, bu o‘z ta’sirini o‘tkazadi

  1. NHS Choices. Stop smoking in pregnancy [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/smoking-pregnant.aspx [Accessed August 2015]
  2. NHS Choices. Alcohol in Pregnancy [Online]. 2015. Available at: http://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/alcohol-medicines-drugs-pregnant.aspx [Accessed September 2015]
  3. NHS Choices. Alcohol Units [Online]. 2015. Available at: www.nhs.uk/Livewell/alcohol/Pages/alcohol-units.aspx [Accessed August 2015]
  4. NHS Choices. 10 Self-Help Tips to Stop Smoking [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/Livewell/smoking/Pages/Motivateyourself.aspx[Accessed August 2015]

Yangilangan sana: 2015-yil 19-noyabr

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x