Bir yoshdan oshgan bolalar bilan ovqatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Oilaviy yumush

Sog‘lom ovqatlanishni oilaviy an’analaringizning bir qismiga aylantiring

Bolakaylar o‘z erkinliklarini da’vo qilishni yoqtirishadi, bu ularning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, albatta. Biroq bu erkinlik vaqti-vaqti bilan ularning ovqat qabul qilishlarini qiyinlashtirib qo‘yishi ham mumkin. Oilaviy ovqatlanishni maroqli qilish yo‘llarini izlash ehtimol farzandingizda qiziqish uyg‘otishi va navbatdagi ovqatlanish mahalini sabrsizlik bilan kutishiga yordam berishi mumkin. Ovqatlanishga sog‘lom munosabatni uyg‘otuvchi bir nechta ijodiy yo‘llarni o‘rganing, ba’zi yangi usullardan foydalangan holda bolani bu jarayonga qay tariqa jalb etish mumkinligi haqida bilib oling.

Bolani oila davrasida sog‘lom tushlik yordamida yaxshilab ovqatlanishga rag‘batlantiring

Farzandingiz o‘sib borgan sayin tabiiy ravishda mustaqillikka, o‘ziga xos, ba’zida irodali shaxsiyatga ega bo‘lib boradi. Ovqatlanish vaqti – garchi ota-ona sifatida sizga qiyinchilik tug‘dirsa-da, chegaragalarni tekshirib ko‘rish va o‘z shaxsiy tanlovini himoya qilish uchun juda yaxshi imkoniyat.

Ovqatlanish bilan bog‘liq o‘yinlar va bolani ovqat tayyorlashga jalb etish uning taomga bo‘lgan qiziqishini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, taom katta ehtimol bilan sog‘lom rivojlanish uchun zarur bo‘lgan turli-tuman oziq-ovqat moddalaridan iborat bo‘ladi.

Imkon qadar tez-tez farzandingiz bilan ovqatlaning. Bolalar kattalardan o‘rnak olish orqali o‘rganadilar, shuning uchun agar bola turli xil taomlarni iste’mol qilayotganingizni ko‘rsa, u ham katta ehtimol bilan shunday qiladi. Shuningdek, o‘z oilasi bilan ovqatlanadigan bolalar kengroq turdagi mahsulotlarni iste’mol qilishlari mumkinligi kuzatilgan bo‘lib, ular katta ehtimol bilan oziq-ovqat moddalarini ko‘proq iste’mol qiladilar. Ehtimol, farzandingiz bilan har kuni ham ovqatlanishga sizda imkon bo‘lmas, biroq iloji boricha tez-tez oilaviy tushlikni tashkillashtirib turing.

Bolalar sog‘lom o‘sib ulg‘ayishi uchun katta miqdorda oziq-ovqat moddalariga ehtiyoj sezadi. Turli-tuman menyu ularni zarur yeguliklar bilan ta’minlab, taomga bo‘lgan qiziqishlarini saqlab qoladi.

Ovqatlanishtartibi: yosh bolalarni ovqatlantirish uchun muhim tarkibiy qismlar

Ko‘pchilik bolalarga tartib-qoida yoqadi. Ovqatlanish va tamaddi qilishda muntazam grafikka rioya qilish jarayonning osonroq kechishiga yordam beradi. Yodda tuting, farzandingiz toliqqan yoki och qolgan bo‘lsa, ovqatlanish jarayoniga ko‘p ham qiziqish bildirmaydi, shuning uchun dam olish yoki uxlashdan oldin ovqatlanish vaqtlarini yaxshilab rejalashtiring.

Farzandingizda odatdagi 3 martalik ovqatlanishdan tashqari, kun davomida 2-3 bor yengil tamaddi qilishga zaruriyat tug‘ilishi mumkin: guruchli kulcha, sabzavot tayoqchalari, mevalar, pishloq kubiklari, yogurt yoki o‘rtacha kattalikdagi buterbrod.

cut up apples 1 Uyni tark etayotganingizda o‘zingiz bilan yeguliklar olib chiqing va sog‘lik uchun foydaliroq bo‘lgan yeguliklardan foydalanishga harakat qiling.

Bolangizdagi suyuqlik muvozanati normal darajada bo‘lishi juda muhim, biroq ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish uni to‘ydirib qo‘yishi mumkin, oqibatda ovqat uchun kam joy qoladi. Eng yaxshisi, suvni ovqatlanish orasida ichgan ma’qul. Agar farzandingizga sharbat bermoqchi bo‘lsangiz, yaxshilab suyultirilganligiga ishonch hosil qiling va uni butun kun davomida emas, faqatgina ovqat paytida bering, shunday qilsangiz, bolaning tishlari uchun xavfsiz bo‘ladi.

Bolajonlar ko‘ngil ochishi uchun g‘oyalar

Agardan farzandingiz qiziqsa va xursand bo‘lsa, u katta ehtimol bilan tanovul qiladi. Oilaviy ovqatlanishingiz yengil va qiziqarli o‘tishi uchun quyidagi g‘oyalarni sinab ko‘ring:

  • Ovqatlanishda ko‘ngilochar elementlarni kiritish uchun, taomni qiziqarli shakl va o‘lchamlarda torting. Pishiriqlar tayyorlanadigan qolipchalardan foydalangan holda, buterbrodlarni yulduz, yurakcha yoki hayvonlar ko‘rinishida kesib oling. Shuningdek, yosh bolalarga harf shaklidagi yoki burama makaronlar ham yoqadi.
  • Farzandingiz taomini quvnoq yuz ko‘rinishida terib yoki unga nom bergan holda ovqatlarga jon baxsh eting. Brokkoli bo‘lakchasi va gulkaramlar jajji daraxtlarni yodga soladi, ularni «quvnoq o‘rmon»ga aylantirish mumkin. Shuningdek, polga gilam to‘shab, yeguliklar qo‘yib, uy ichida piknik qilish ham mumkin.
  • Tartibsizlikdan tashvish tortmaslikka harakat qiling. Eng muhimi, agar farzandingizga mustaqil bajarishiga ruxsat bersangiz, u ko‘proq ovqatlanishi mumkin. Ovqatlanish vaqtida likopchasini bezatishiga rag‘batlantirib, farzandingizga o‘zini namoyon etishiga imkon bering, xumusdan buyoq va sabzi tayoqchasidan cho‘tka sifatida foydalansin.
  • Farzandingiz ovqatlanishdan to‘xtaganida unga qaror qabul qilishiga imkon bering. Ovqatlanib bo‘lgach, u foydalanishi uchun biror belgi yoki maxsus she’r o‘ylab toping. Bolakay qachon to‘q yoki och ekanini tushunishi kerak, iste’mol qilinadigan ovqat miqdori esa kun davomida bir xil bo‘lishi kerak.

Faollikni rag‘batlantiring

Farzandingizni xarid qilish, ovqat tayyorlash va nimani yeb-ichish tanlovi jarayonlariga jalb etish bu yoshda juda muhim sanalgan o‘z dunyoqarashini shakllantirishiga imkon yaratadi.

Supermarket tadqiqot va ta’lim berish joyi bo‘lishi mumkin: bolangizdan u biladigan mevalar va sabzavotlarni topishini iltimos qiling, hammasini to‘g‘ri bajarganida esa uni maqtab qo‘ying. Bolangiz mevalar yoki sabzavotlardan iborat taomni iste’mol qilayotgan vaqtida, ularni uning o‘zi mohirlik bilan terib olganini, albatta, eslatib o‘ting.

Bolangizga o‘ziga tegishli oshxona asboblarini taqdim qilishingiz uning qiziqishi saqlanib qolishiga yordam beradi. Yoshiga munosib va xavfsiz bo‘lgan pichoq hamda rangli taxtacha boshlash uchun ajoyib anjom hisoblanadi.

Agar bola yetarlicha yoshda bo‘lsa, unga sabzavotlarni kesish yoki tozalashiga ruxsat berib, oilaviy tushlikni tayyorlashda ko‘mak berishiga imkoniyat yarating. Bordiyu bolangiz ovqatni to‘liq tayyorlashga judayam yoshlik qilsa, nimalar qilayotgangizni so‘zlab berayotganingizda u o‘zining jajji stulchasidan sizni kuzatishi va tinglashi uchun yonida o‘tirib bajaring.

Bolalarga qaror qabul qilishlariga imkoniyat berishlari yoqadi, shuning uchun undan ovqatga qanday sabzavotlarni qo‘shishni istashini so‘rang, yoki unga xohishiga ko‘ra ichimlik tanlashiga imkon bering. Eng muhimi, tanlovni osonroq qilishni unutmang, chunki bu yoshda qaror qabul qilish ko‘nikmasi hanuz chegaralangan bo‘ladi. Misol uchun, buterbrod uchun pishloq yoki vetchina, desert uchun olma yoki banan tanlashni taklif qiling. Bola biroz ulg‘aygach, sizga dasturxonni bezatishga yordam berishi yoki qaysidir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi mumkin, masalan, oilaning qolgan a’zolariga kechki ovqatlanish vaqti bo‘lganini xabar qilish kabi.

Navbatdagi qadamlar

Farzandingizga quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda yordam berishiga imkon bering, bu o‘z navbatida, ularning qiziqishini va umid qilamizki, ishtahasini ham uyg‘otadi:

  • Qizdirib qovurilgan rangli sabzavotlar
  • Uy pitssasi
  • Mevali salat
  • Sabzavotli kabobcha (jarohat olmasligi uchun yordamlashib turing)

1. Hamilton SK & Wilson JH (2009) Family mealtimes – worth the effort. ICAN: Infant, Child, & Adolescent Nutrition 1: 346-350

Oxirgi yangilanish: 27 avgust, 2014 yil

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

x