Farzandingizning immun tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun ovqatlanish

O‘rnatilgan himoya

Immun tizimini mustahkamlovchi ozuqaviy moddalar

Chaqalog‘ingizning immuniteti rivojlanishda davom etmoqda va ulg‘aygan yoshida yanada kuchliroq va murakkabroq bo‘lib boradi. Bolalikdagi yengil kasalliklar kichkintoyingizning immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, uning taomnomasi esa immunitetni ko‘taruvchi ozuqaviy moddalar ko‘rinishida qo‘shimcha yordam bilan ta’minlaydi. Bolaning butun hayoti davomida immunitet tizimini rivojlantirish va salomatligi uchun qaysi oziq moddalar muhim rol o‘ynashi va kichkintoyingiz uchun ularning kerakli xilma-xilligini qanday qilib ta’minlash mumkinligini bilib oling.

Ozuqalanish farzandingizning immunitetiga qanday ta’sir qilishi to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish uchun NutriciaClub tomonidan Svetlana Gennadievna Makarova bilan hamkorlikda tayyorlangan jonli video suhbatiga ishtirok eting! Svetlana Makarova, vrach-pediart, allergolog-immunolog, diyetolog, tibbiyot fanlari doktori.

Farzandingizning immun tizimini mustahkamlash

Kichkintoyning immun tizimi doimiy ravishda o‘zgarib turadi, tashqi omillarga javoban moslashadi va kuchayib boradi. Mikroblarning ta’siri immun tizimiga o‘zini himoya qilishni o‘rganishida yordam beradi va infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi. Bola iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar tabiiy himoyani saqlashga yordam beradi, shuning uchun u kasalliklarga qarshi samarali kurasha oladi. Ota-ona sifatida siz sog‘lom va muvozanatlashtirilgan parhezni ta’minlash orqali rivojlanayotgan immun tizimini qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Oziq moddalarga boy oziq-ovqatlarning keng to‘plami, shuningdek, prebiotiklarning yaxshi manbalari bolalar immunitetini mustahkamlashga va uzoq muddat davomida salomatlikni saqlashga yordam beradi.

Farzandingizning immun tizimini mustahkamlashga yordam beradigan asosiy oziq moddalar va vitaminlar quyidagilar sanaladi:

Prebiotik oligosaxaridlar (prebiotiklar)

Prebiotiklar chaqalog‘ingizning oshqozonida yashaydigan foydali bakteriyalarning rivojlanishini rag‘batlantiradi. Foydali bakteriyalarning sog‘lom  darajasi organizmni zararli bakteriyalardan himoya qilish uchun juda muhimdir. Shu tariqa, tarkibida prebiyotiklar bo‘lgan mahsulotlar tabiiy ravishda farzandingizning immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Prebiotiklar tabiiy ravishda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida uchraydi:

• banan

• piyoz

• pomidor

• sarsabil

• sikoriy (sachratqi)

• sarimsoq piyoz

• artishok

• boshoq donli mahsulotlar

Bolalar uchun sutning ayrim turlarida prebiotiklar ham kiritilgan bo‘ladi va muvozanatlashtirilgan parhezni to‘ldirishi mumkin.

Temir moddasi

Mayiz Kichkintoyning sog‘lom va muvozanatlashtirilgan parheziga qizil go‘sht yoki o‘rik kabi temirga boy bo‘lgan mahsulotlarni kiritish uning immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Butun tana bo‘ylab kislorodni tashiydigan eritrositlar (qizil qon tanachalari) ning oqsili, gemoglobinni ishlab chiqarishda temir moddasi asosiy rol o‘ynaydi. U chaqaloqlarda normal kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi, uning tanqisligi esa immunitet tizimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Darhaqiqat, muntazam ravishda yetarli miqdorda temir moddasini olmaydigan, bir yoshdan oshgan bolalar immun funksiyasining pasayishidan aziyat chekishlari mumkin, bu esa ularning infeksiyalarga qarshi chidamliligini susaytiradi.

Chaqaloqlar o‘sishlari uchun kattalarga qaraganda 5 baravar ko‘proq temir moddasini ularning rasionlariga kiritish lozim. Ammo chaqalog‘ingizning temirga bo‘lgan kundalik ehtiyojlari qondirilayotganini tekshirish  siz uchun qiyin bo‘lishi mumkin.

Farzandingizning immunitet tizimini mustahkamlash uchun quyidagi temir moddasiga boy mahsulotlarni uning sog‘lom va muvozanatlashtirilgan parheziga kiritishga harakat qiling.:

• go‘sht — ayniqsa qizil go‘sht

• jigar — bola A vitaminini haddan ortiq iste’mol qilmasligi uchun uning iste’molini haftasiga 1 porsiya bilan cheklang

• loviya

• yong‘oqlar

• turshak kabi quritilgan mevalar

• jigarrang guruch kabi boshoqlilar

• boyitilgan bolalar suti

• nonushta uchun boyitilgan yormalar

• soya uni

• ismaloq va Kale karami kabi to‘q yashil bargli sabzavotlar

Rux

Tananing barcha to‘qimalari tarkibida mavjud bo‘lgan mineral — rux qator muhim vazifalarni bajaradi. Farzandingizning immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan yangi hujayralar va fermentlarni yaratishda yordam berishdan tashqari, u yaralarning bitishiga ham ko‘maklashadi.

Rux organizmda to‘planib turmaydi, shuning uchun har kuni chaqalog‘ingizning taomnomasiga ushbu foydali moddaning yaxshi manbalarini kiritish juda muhim. Tarkibida rux moddasi bo‘lgan mahsulotlar:

  • go‘sht
  • sut
  • pishloq
  • non
  • boshoqli mahsulotlar

D vitamini

D vitamini farzandingizning immun tizimini himoyalashda, uning o‘sishida va infeksiyalarga qarshi himoyalashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek u allergiyaning oldini olish uchun ham kerak.

D vitaminining eng samarali, boy manbai — bu quyosh nuridir. Teri ultrabinafsha nurlarini yutganda, tanamiz D vitamini ishlab chiqaradi. Tarkibida D vitamini bo‘lgan oziq-ovqat manbalarining soni boshqa vitaminlarga nisbatan ancha kam bo‘lib, hatto eng boy manbalar ham yetarli miqdorda D vitaminiga ega emas.

Shuning uchun, kichkintoyning D vitamini o‘rtacha iste’mol qilishi tavsiya etilgan iste’mol normasining atigi 27 foizini tashkil qilishi ajablanarli emas, me’yorga ko‘ra bu 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 7 mkg.ni tashkil qiladi.

Shu sababli, tibbiyot xodimlari kichik yoshdagi bolalarga D vitamini vitamin tomchilari yoki boyitilgan bolalar suti ko‘rinishida qabul qilishni tavsiya etadilar.

Quyidagilar tarkibida D vitamini mavjud:

  • losos va skumbriya kabi yog‘li baliqlar
  • tuxum
  • Nutrilon Premium bolalar suti
  • boyitilgan margarin
  • nonushta uchun boyitilgan yormalar (qadoqni diqqat bilan o‘qing)

С vitamini

Infeksiyalarga qarshi kurashishda leykositlar uchun C vitamini juda zarur va tabiiy antioksidant hisoblanadi. U yaralarning bitish jarayoniga ko‘maklashish va organizmning temir moddasini singdirish qobiliyatini oshirish orqali hujayralarni himoya qilish va bolaning salomatligini saqlashga yordam beradi.

Har kuni C vitaminiga boy mahsulotlarni uning taomnomasiga kiritish orqali, farzandingizning immun tizimi va umumiy salomatligini qo‘llab-quvvatlang.  C vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • qalampir
  • brokkoli
  • Bryussel karami
  • shirin kartoshka
  • apelsin
  • kivi

А Vitamini

A vitamini antitanachalar ishlab chiqarish va immun hujayralar faoliyatida muhim rol o‘ynab, chaqaloqning immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Chaqalog‘ingiz A vitaminini quyidagi mahsulotlar orqali olishi mumkin:

  • pishloq
  • tuxum
  • boyitilgan yog‘siz spredlar (saryog‘ning o‘rindoshi) 
  • yogurt
  • to‘q yashil va to‘q sariq rangli sabzavotlar va mevalar — ularning tarkibida beta-karotin moddasi  mavjud (bu oziq moddani inson tanasi A vitaminiga aylantirishi mumkin). Sabzi, shirin kartoshka, bryukva (sholg‘omsimon sabzavot), mango, ismaloq, to‘q yashil va oq karam uning yaxshi manbalari sanaladi.

Navbatdagi qadamlar

Farzandingizning immun tizimi rivojlanayotganda uni qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi sog‘lom taomlar va yeguliklarning reseptlarini sinab ko‘ring:

• Boloneze spagettisi — kepakli undan tayyorlangan pasta bilan pishiriladi

• Tunets va yumshoq pishloq bilan kepakli undan tayyorlangan tost

• Qovurilgan to‘g‘ralgan pomidor va avakado bo‘lakchalari bilan qovurilgan tuxum

• Pishirilgan shirin kartoshka, sardina va makkajo‘xori pyuresi

• Yangi uzilgan chernika va to‘g‘ralgan banan bilan tabiiy yogurt

  1. Patient.co.uk. Zinc deficiency, excess and supplementation [Online]. Available at: http://patient.info/doctor/zinc-deficiency-excess-and-supplementation [Accessed May 2014]
  2. Infant and toddler forum. Preventing vitamin D deficiency in toddlers [Online]. Available at: www.infantandtoddlerforum.org/vitamin-d-deficiency#.U3DRgVeThMI [Accessed May 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 27-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x