Homiladorlik davrida jismoniy mashqlarning xavfsizligi

Qisqacha ma’lumot

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, homiladorlik davrida jismoniy mashqlar ham siz uchun, ham farzandingiz uhcun nihoyatda foydali ham siz uchun, ham farzandingiz uhcun nihoyatda foydali, biroq xavfsizlik haqida so‘z ketganda bunga bir tomonlama qarab bo‘lmaydi.

Homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullanish xavfsizmi?

homiladorlik paytida suzish

Oldinlari bo‘lg‘usi onalarga oyoqlarni ko‘tarishni va xotirjam bo‘lishni tavsiya etishgan. Sog‘lom homilador ayollar homiladorlikni ko‘p dam olinadigan kasallik deb tushunishi achinarli holat. Shifokor va ekspertlarning fikriga ko‘ra, homiladorlik davrida mo‘tadil darajada bajariladigan mashqlarning aksariyati xavfsiz va foydali. Homiladorlikkacha faol bo‘lganmisiz yoki qanchadir vaqt sport bilan shug‘ullanmaganligingizdan qat’i nazar, homiladorlik uchun xavfsiz mashg‘ulotlar tartibini davom ettirish yoki boshlash ham siz uchun, ham farzandingiz uchun salomatlikni saqlashning eng yaxshi usullaridan biri bo‘lishi mumkin.

Boshlashdan oldin shifokor yoki akusherka bilan maslahatlashing va nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanligingizni ma’lum qiling. Homiladorlik davrida qanday mashqlarni bajarmalik lozimligi haqida ham batafsil bilib olishingiz mumkin

Jismoniy mashqlarga nimalar kiradi?

Jismoniy salohiyatni rivojlantiradigan va saqlaydigan har qanday faoliyat mashq sanaladi va homiladorlik davrida bajarilsa foydali bo‘lishi mumkin. Har bir ayol va har bir homiladorlik o‘ziga xos – Foydali bo‘ladi deb, o‘zingizni boshqalarga qiyoslab shug‘ullanmang; imkoniyatingizga qarab mashqlarni bajarsangiz kifoya.

Homiladorlik davrida bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar


ochiq havoda homiladorlik mashqlari

Bo‘lg‘usi onalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bir qator mashg‘ulotlar mavjud, masalan homiladorlar uchun yoga. Ammo yugurish, suzish yoki sportzalga borish sizga yoqsa, bir qator o‘zgartirishlar bilan o‘zingizning oldingi tartibingizni davom ettiring. Ayrim kunlarda ancha o‘zingizni tetik his qilishingiz mumkin, ayrim kunlarda esa yo‘q, shuning uchun har doim vaziyatga qarab shug‘ullaning.

Jismoniy tayyorgarlik yoki homiladorlikning muddatidan qat’i nazar, tanangizga quloq tuting
  • Yugurish yoki tez yurish bepul va qayerda bo‘lsa ham istalgan paytda shug‘ullanish mumkin. Hattoki yengil yugurish yoki itingiz bilan sayr ham yurak qisqarishlari chastotasini oshirishi mumkiin, bu esa foydali. Mel, homiladorlik davrida yugirish bo‘yicha murabbiyimiz bu davrda yugurishning afzalliklari haqida so‘zlaydi va shu bo‘yicha maslahatlar beradi.
  • Homiladorlik davrida suzish miyani tinchlantiradi va tanaga ijobiy ta’sir qiladi. Suzish harakatlarining aksariyati, jumladan chalqancha suzish xavfsiz, ammo, sizda qov simfizi disfunksiyasi bo‘lsa, brass bilan shug‘ullanmang. Homiladorlik davrida suzish bo‘yicha murabbiyimiz Ali bilan tanishing va homiladorlik davrida suzish bilan shug‘ullanishni qanday boshlash va davom ettirish haqidagi videolavhalarni ko‘ring.
  • Og‘ir emas, balki mo‘tadil darajada bajariladigan kuch mashqlarini davom ettirish odatda xavfsiz, ular bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lsangiz, albatta. Ammo bir qator o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. Kuch mashqlari bo‘yicha murabbiyimiz Pip istalgan joyda bajarish mumkin oddiy mashqlarning afzalliklari haqida so‘zlab beradi va ularni ko‘rsatadi.
  • Klassik yoki homiladorlar uchun mo‘ljallangan yoga tinchlanish, bola bilan aloqa o‘rnatish va kuch hamda epchillikni saqlash uchun a’lo darajada mos keladi. Yoga bo‘yicha instruktorimiz Kler yordamida biz uyda bajarishingiz mumkin bo‘lgan yoga mashqlari haqida videolavhalar tayyorladik.

Oltin qoida

Jismoniy tayyorgarlik yoki homiladorlikning muddatidan qat’i nazar, tanangizga quloq tuting. O‘zingizni o‘ta charchagan his qilsangiz, yuragingiz tez uradi yoki boshingiz aylanayotganligini sezasiz, mashqlarni to‘xtating va dam oling. Kam bo‘lsa-da harq anday faollik uning yo‘q bo‘lganidan yaxshiroq. Har bir ona va har bir homiladorlik o‘ziga xos. Oldingi faollikni homiladorlikda ham davom ettiradigan onalar ko‘p emas.

KEYINGI QADAMLAR

  • Shifokoringiz yoki akusheringizga homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullanmoqchi ekanligingizni ma’lum qiling.
  • Bu haqda murabbiyingiz yoki fitnes-instruktoringizga ham xabar bering. Ular alohida mashg‘ulotlarni taklif qilishlari va kechiktirib bo‘lmas tibbiy yordam kerak bo‘lganda vaziyatdan xabardor bo‘lishlari mumkin.
  • Homiladorlar uchun foydali qandaydir fitnes-dasturlar o‘tkazilayotganligi haqida mahallangizdan so‘rang.
  • Jismoniy mashqlarning ona va bolaga ijobiy ta’sirlari haqida o‘qing.
  • Kun tartibini qanday o‘zgartirish lozimligi haqidadi maslahatlarimizni, shuningdek qaysi turdagi mashqlarni bajarmaslik bo‘yicha tavsiyalarimizni o‘qib, sport bilan xavfsiz shug‘ullanayotganligingizga amin bo‘ling.

  1. Juhl et al. Is swimming during pregnancy a safe exercise? Epidemiology 2010;21(2):253-8.
  2. Tommy’s. Symphysis Pubis Dysfunction (SPD) or Pelvic Girdle Pain (PGP) [Online]. Available at: https://www.tommys.org/pregnancy-information/pregnancy-complications/symphysis-pubis-dysfunction-spd-or-pelvic-girdle-pain [Accessed: December 2016].

Yangilangan sana: 2016-yil 9-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x