Homiladorlik davrida jismoniy mashqlar: foydalari, faktlar va statistika

Qisqacha ma’lumot

Sizga yaxshi ma’lumki, homiladorlik davrida jismoniy mashqlar foydali. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashqlar ham bo‘lg‘usi ona, ham bola salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayollarga bu davrda 2 yil davomida faol bo‘lish tavsiya etilmoqda. Homiladorlik davrida mashqlar nafaqat ona o‘zini yaxshi his qilishini yaxshilaydi, balki bolaning yuragi va miyasi rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Mashq qilishga undaydigan sabablar kerak bo‘lsa, homiladorlar uchun mashqlarning foydasi haqidagi quyidagi faktlar jismoniy mashqlarni boshlashingizga yordam berishi mumkiin.

Homiladorlik davrida nega sport bilan shug‘ullanish lozim?

Onalar uchun

Homiladorlik davrida jismoniy mashqlarning afzal tomonlari yanada oydinlashib bormoqda. Ular homiladorlik davrida bo‘lg‘usi ona salomatligini yaxshilashi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bo‘lg‘usi ona jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda:

  • Beldagi og‘riqlar kamayadi, qabziyat va charchoqda yordam beradi
  • Gestatsion diabetning rivojlanish xavfini 30%ga kamaytiradi
  • Jarrohlik amaliyoti orqali tug‘ruq ehtimoli kam
  • Tushkunlik xavfi pasayadi
  • Vazn me’yorda saqlanadi
  • Peshob tuta olmaslik ehtimolini kamaytiradi
  • Qabziyat kamroq kuzatiladi
  • Kam charchaydi
  • Tug‘ruq jarayoni oson va tez bo‘lishi mumkin

Bola uchun

Farzandingiz uchun foydali tomoni butun umrga tatiydi. Homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullangan onalardan tug‘ilga bolalar:

  • Tug‘ilgandan keyin yuragi sekin uradi va ancha sog‘lom bo‘ladi
  • Ortiqcha emas, balki me’yoriy vaznda tug‘iladi
  • Tug‘ilganda miyasi anchagina shakllanib bo‘ladi va nerv tizimi tez rivojlanadi
  • Tug‘ilganda nafas olish tizimi distress-sindromi xavfi kam bo‘ladi (yuqori xavf guruhidagi onalarda)
  • Onada stressning kamayishi immunitet tizimining rivojlanishiga ta’sirini pasaytirishi mumkin

Bo‘sh vaqtingizni o‘zingiz hamda farzandingiz uchun faol o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, homiladorlik davrida qaysi mashqlarni bajarish xavfsiz ekanligi va qaysilarini bajarmaslik kerakligi haqida batafsil bilib oling. Boshlashdan oldin shifokor yoki akusheringiz bilan maslahatlashishni unutmang.

  1. Pennick V, Liddle SD. Interventions for preventing and treating pelvic and back pain in pregnancy. Cochrane Database Syst Rev 2013(CD0011):1-100.
  2. Sanabria‐Martínez G et al. Effectiveness of physical activity interventions on preventing gestational diabetes mellitus and excessive maternal weight gain: a meta‐analysis. BJOG 2015;122(9):1167-74.
  3. Price BB et al. Exercise in pregnancy: effect on fitness and obstetric outcomes-a randomized trial. Med Sci Sports Exerc 2012;44(12):2263-9.
  4. Domenjoz I et al. Effect of physical activity during pregnancy on mode of delivery. Am J Obstet Gynecol 2014;211(4):401.e1-e11.
  5. Gaston A, Prapavessis H. Tired, moody and pregnant? Exercise may be the answer. Psychol Health 2013;28(12):1353-69.
  6. Robledo-Colonia AF et al. Aerobic exercise training during pregnancy reduces depressive symptoms in nulliparous women: a randomised trial. J Physiother 2012;58(1):9-15.
  7. Perales M et al. Benefits of aerobic or resistance training during pregnancy on maternal health and perinatal outcomes: A systematic review. Early Hum Dev 2016;94:43-8..
  8. Shi W et al. Epidemiology and risk factors of functional constipation in pregnant women. PloS one 2015;10(7):e0133521
  9. Gaston A, Prapavessis H. Tired, moody and pregnant? Exercise may be the answer. Psychol Health 2013;28(12):1353-69.
  10. Barakata et al. Exercise during pregnancy is associated with a shorter duration of labor. A randomized clinical trial 2018, 224 33-40
  11. May LE et al. Aerobic exercise during pregnancy influences fetal cardiac autonomic control of heart rate and heart rate variability. Early Hum Dev 2010;86(4):213-7.
  12. Bisson M et al. Physical activity volumes during pregnancy: A systematic review and meta-analysis of observational studies assessing the association with infant’s birth weight. AJP Reports 2016;6(02):e170-e97.
  13. Labonte-Lemoyne E et al. Exercise during pregnancy enhances cerebral maturation in the newborn: A randomized controlled trial. J Clin Exp Neuropsychol 2016:1-8.
  14. Muktabhant B et al. Diet or exercise, or both, for preventing excessive weight gain in pregnancy. Cochrane Database Syst Rev 2015 Jun 15;(6):CD007145.
  15. Marques AH, Bjorke-Monsen AL, Teixeira AL, Silverman MN. Maternal stress, nutrition and physical activity: impact on immune function, CNS development and psychopathology. Brain Research. 2015;1617:28–46.

Yangilangan sana: 2018-yil 8-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x