Foliy kislotasi homiladorlikni rejalashtirishda va homiladorlikda yordam beradimi? – Nutricia Club

Sizga homiladorlikda yordam beradigan “super qahramon”

Foliy kislotasi haqidagi faktlar

Maʼlumki, foliy kislotasi asab naychalari nuqsonlari xavfini kamaytirishda va qizil qon tanachalarini ishlab chiqarishda yordam beradi. Sizga homiladorlikda yordam beradigan bu “super qahramon” haqida va nima uchun homiladorlikni rejalashtirish bosqichidayoq foliy kislotasini qabul qilishni boshlash kerakligi haqida koʻproq bilib oling. 

Foliy kislotasi homiladorlikni rejalashtirishda yordam beradimi?

Koʻpchilik onalar oliy kislotasi homiladorni rejalashtirishda yordam beradimi deb soʻrashadi. Garchi u homiladorlikni rejalashtirishda yordam berishga qodir boʻlmasada, lekin foliy kislotasi homiladorlikning dastlabki bosqichlaridayoq asabiy naychasining sogʻlom rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun juda zarur degan fikr keng tarqalgan. Shu sababli, u har bir ayol uchun homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik vaqtida juda muhim vitamin hisoblanadi4.

Nima uchun homiladorlikning ilk bosqichlarida foliy kislotasini qabul qilish muhim hisoblanadi?

Embrionning asab naychasi – orqa miyasi va asab tizimi uning hayotining birinchi oyidayoq rivojlanishni boshlaydi1. Shuning uchun ham siz hali homilador ekanligingizni anglab yetmasingizdan oldin bolada asab naychalari nuqsonlarining kelib chiqishi ehtimolini kamaytirish bilan boʻlajak farzandingizni himoya qilishingiz zarur.

Homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik vaqtida foliy kislotasini qabul qilish taxminan 10 tadan 7 ta holatda asab naychalari nuqsonlarining kelib chiqishini oldini olishga yordam beradi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu davrda foliy kislotasini qabul qilish bosh miyada asab naychasining rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek, spina bifida (umurtqa pogʻonasining boʻlinib qolishi)1 kabi asab naychalari nuqsonlari paydo boʻlishi xavfini kamaytiradi.

Spina bifida nima?

Spina bifida yoki umurtqa pogʻonasining boʻlinib qolishi umurtqa pogʻonasi va orqa miyaning yaxshi rivojlanmasligi va ularda uzilish paydo boʻlganda kelib chiqadi. Orqa miya butun tanani bosh miya bilan bogʻlab turganligi sababli, bu juda koʻp asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin1.

Asab naychasining rivojlanishi bilan bogʻliq muammolar bosh miyaning rivojlanishiga ham taʼsir qilishi mumkin.

Spina bifidaning aniq sabablarini hanuzgacha toʻliq oʻrganishga erishilmagan, ammo uning paydo boʻlishiga homiladorlikni rejalashtirish bosqichida foliy kislotasini yetarli darajada isteʼmol qilinmasligi, irsiyat, ayrim turdagi dori vositalari, diabet va semirish sabab boʻlishi mumkin.

Uning qanday asoratlari boʻlishi mumkin?

Spina bifida natijasida yuzaga keladigan asoratlarga quyidagilar kiradi.

Kognitiv buzilishlar, jumladan diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar, masalalar va muammolarni hal qilishda qiynalish va harakatlardagi motorika va koʻrishning nomuvofiqligi (masalan, poyabzal iplarini bogʻlashga qiynalish).

Harakatlanishdagi muammolar. Spina bifida bosh miyaning zararlanishiga olib kelganligi uchun bu harakatlanishdagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu tashxis qoʻyilgan odamlarning koʻpchiligi harakatlanish uchun yordamchi vositalardan yoki hatto nogironlar aravachasidan foydalanishadi.

Siydik pufagi va ichaklar bilan bogʻliq muammolar. Bosh miyadan orqa miya orqali siydik pufagiga olib boradigan asab yoʻllarining zararlanishi oqibatida, siydik chiqarish tizimida, ichaklarda tuta olmaslik muammosi yuzaga kelishi mumkin.

Foliy kislotasining kerakli vaqtda kerakli miqdorda qabul qiling

Asab naychalari nuqsonlarining kelib chiqishi xavfini kamaytirish uchun kuniga 400 mkg (0,4 mg) foliy kislotasi qabul qilish tavsiya etiladi. Homiladorlikni oldini olish vositalaridan foydalanishni toʻxtatgandan soʻng, darhol va homiladorlikning 12-haftasigacha boʻlgan oraliq kursni boshlash uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Shuningdek siz homiladorligingizni bilgan zahotingiz foliy kislotasini ichishni boshlashingiz mumkin – mazkur bosqichda siz hali ham shu tariqa boʻlajak farzandingizning salomatligini va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin.

Foliy kislotasini homiladorlikni rejalashtirish bosqichida va birinchi trimestr davomida kuniga 400 mkg (0,4 mg) miqdorida qabul qilish tavsiya etiladi.

Biroq, siz foliy kislotasini homiladorlikning keyingi bosqichida ham qabul qilishni davom ettirishingiz mumkin. Bolaning muddatidan oldin tugʻilish ehtimoliga foliy kislotasining taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan soʻnggi tadqiqotlar bu vitaminni homiladorlikni rejalashtirishdan bir yil oldin qabul qilgan ayollar orasida muddatidan oldingi tugʻilishlar soni sezilarli darajada kamayganligini koʻrsatdi.

Qoʻshimcha koʻmakka ehtiyoji boʻlishi mumkin boʻlgan onalar

Baʼzi holatda sizning shifokoringiz sizga foliy kislotasining nisbatan yuqori dozasini – kuniga 5 mg dan ichishni tavsiya qilishi mumkin4. Bu odatda quyidagi maqsadlarda tayinlanadi:

  • Siz oldin ham homiladorlikni boshdan kechirgan boʻlsangiz.
  • Sizda yoki oila aʼzolaringizda orqa miya nuqsoni aniqlangan boʻlsa.
  • Siz epilepsiyaning oldini oluvchi dori vositasini qabul qilsangiz.
  • Sizning vazningiz meʼyoridan ancha ortiq, yaʼni sizda tana vazni indeksi 30 birlikdan yuqori boʻlsa.
  • Sizda seliakiya kasalligi (glyutenni koʻtara olmaslik), diabet, oʻroqsimon hujayra kasalligi yoki talassemiya (Kuli anemiyasi) boʻlsa3.

  1. NHS UK. Spina bifida [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/Spina-bifida/Pages/Introduction.aspx[Accessed May 2014]
  2. NHS UK. Causes of spina bifida [Online]. Available at: www.nhs.uk/Conditions/Spina-bifida/Pages/Causes.aspx [Accessed May 2014]
  3. Patient UK. Diet and lifestyle during pregnancy [Online]. Available at: http://patient.info/health/diet-and-lifestyle-during-pregnancy [Accessed May 2014]
  4. NHS UK. Vitamin and nutrition in pregnancy [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx [Accessed July 2014]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 04-iyun

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

x