Homiladorlik davrida isteʼmol qilmaslik kerak boʻlgan mahsulotlar

Xayrlashish vaqti keldi

Qaysi mahsulotlarning isteʼmolini cheklash va qaysilarini dietadan butunlay chiqarib tashlash kerak?

Sizning ratsioningiz va hayot tarzingiz homiladorlikni rejalashtirishga va homilaning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur bosqichda sizning ovqatlanishingiz nafaqat homilaning rivojlanishiga, balki bolaning tugʻilgandan keyingi salomatligiga ham taʼsir qilishi mumkin1..

Aynan shuning uchun siz va turmush oʻrtogʻingiz homiladorlikni rejalashtirish bosqichida oʻz dietangizga alohida eʼtibor qaratishingiz va homiladorlikni rejalashtirishda isteʼmol qilmaslik kerak boʻlgan mahsulotlarning oʻrnini bosuvchi boshqa mahsulotlarni topishingiz muhim ahamiyatga ega.

Homiladorlikni rejalashtirishdagi ratsion – nimani ratsiondan chiqarish yoki nimani qoʻshish kerak?

Homiladorlikning rejalashtirish bosqichida ratsiondan chiqarib tashlash kerak boʻlgan mahsulotlar – bu aynan homiladorlik paytida isteʼmol qilmaslik yoki kamroq isteʼmol qilish kerak boʻlgan mahsulotlardir. Shuning uchun ham ratsioningizdagi bu mahsulotlarning oʻrnini bosuvchi boshqa mahsulotlarni izlash siz uchun hozir ham, kelgusida ham foydali boʻladi.

Homiladorlikni rejalashtirishda stress holati kuzatilishi mumkin. Lekin muvozanatlashgan dietaga amal qilish sizga ijobiy natijalarga erishishingizda yordam beradi.

Homiladorlikni rejalashtirish bosqichidagi dieta va bevosita homiladorlik vaqtidagi dieta oʻrtasidagi asosiy farq shundaki, birinchi holatda, sizning turmush oʻrtogʻingiz isteʼmol qiladigan ozuqa moddalari miqdori hisobga olinadi. Shunday ekan, balki ikkingiz ham oʻz ratsioningizga tuzatish kiritishingiz maqsadga muvofiq boʻladi.

Homiladorlikni rejalashtirish bosqichida voz kechish kerak boʻlgan taomlar va ichimliklar

Homiladorlikni rejalashtirishda sogʻlom, homiladorlik uchun xavfsiz boʻlgan dietaga amal qilish tavsiya etiladi. Mazkur bosqichda alkogol mahsulotlari, tarkibida listeriya saqlaydigan mahsulotlar va tarkibida simob kabi boshqa ifloslantiruvchi moddalarni saqlovchi mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerak. Bunga sabab ular sizning farzand koʻrish qobiliyatingizga va farzandingizning rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin.

Alkogol

Oʻzining birinchi homiladorligini rejalashtirayotgan juftliklar ustida olib borilgan tadqiqotlarda  ayolning spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishi va uning farzand koʻrish qobiliyati darajasining pasayishi oʻrtasida bogʻliqlik aniqlangan. Bu bogʻliqlik hatto haftasiga 5 stakan yoki undan kam miqdorda spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan ayollarda ham kuzatilgan2.

Homiladorlikni rejalashtirishda qiynalayotgan ayollarga spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishning mumkin boʻlgan afzalliklari haqida axborot berilishi zarur.

Shu sababli, oziq-ovqat standartlari agentligi (Buyuk Britaniya) homiladorlikni rejalashtirishda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechishni tavsiya etadi. Biroq, agar siz uni isteʼmol qilishni davom ettirishga qaror qilsangiz, uning miqdorini haftasiga 1-2 marta 1-2 birlikkacha kamaytirish tavsiya etiladi3.

Tarkibida listeriya saqlashi mumkin boʻlgan mahsulotlar

Baʼzi mahsulotlarning tarkibida listeriozni – homila tushishi ehtimolini oshiradigan kasallikni chaqiradigan listeriya bakteriyalari mavjud. Shuning uchun biz sizga quyidagi mahsulotlardan voz kechishni tavsiya etamiz:

  • Bri, kamember va echki sutidan tayyorlangan pishloq kabi yumshoq, yaxshi pishgan pishloq turlari
  • Stilton va danablu kabi havorang mogʻorli pishloqlar
  • Barcha pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari
  • Barcha turdagi pashtetlar, shu jumladan sabzavotli pashtetlar
Listerioz bilan kasallanish ehtimoli homilador ayollarda boshqa sogʻlom odamlarga qaraganda taxminan 20 baravar yuqori.

Tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni saqlashi mumkin boʻlgan mahsulotlar

Baʼzi baliqlar turlarining tarkibida koʻp miqdorda simob boʻladi va u  farzandingizning rivojlanayotgan asab tizimiga zarar yetkazishi mumkin5. Shu sababli siz quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kerak:

  • Ratsioningizdan akula, marlin va qilich baliq goʻshtini chiqarib tashlang
  • Tuns isteʼmol qilishni cheklang – haftasiga oʻrtacha oʻlchamdagi 4 ta bankadan ortiq yoki yangi tuns steykini 2 tadan ortiq isteʼmol qilmang
  • Yogʻli baliqlarni (skumbriya, sardina, losos, forel va yangi [konservalanmagan] tuns), dengiz leshasi, dengiz okuni, turbo, poltus, gorbushi va jigarrang qisqichbaqalarni haftasiga 2 martadan ortiq isteʼmol qilmang.
Bu baliqlarni koʻp miqdorda isteʼmol qilish vaqt oʻtishi bilan organizmingizda homiladorlikka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar koʻp miqdorda yigʻilib qolishiga olib kelishi mumkin.

A vitamini manbalari

Tarkibida A vitamini (yoki retinol, A vitaminining hayvonlar mahsulotlari tarkibida uchraydigan shakli) saqlovchi dori vositalarini, shuningdek jigar, jigarli pashtet, jigarli kolbasa va haggis kabi mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi6.

Kofeinni qanday miqdorda isteʼmol qilish xavfsiz?

Qahva yoki energetik ichimliklar kayfiyatni koʻtarishga yordam berishi mumkin, ammo kofeinni isteʼmol qilish bolaning tushishi va bolaning kam vazn bilan tugʻilishi xavfini oshiradi. Garchi xavf darajasi past boʻlsa ham, biz sizga kuniga 200 mg dan ortiq kofein isteʼmol qilmasligingizni tavsiya etamiz5.

Kofeinsiz choy va qahva tarkibida ham kam miqdorda boʻlsa ham kofein mavjud.

Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kofein miqdori: (taxminan bir hissadagi mg miqdorida)

  • Bir stakan eruvchan qahva = 100 mg
  • Bir stakan filtrlangan qahva = 140 mg
  • Bir stakan choy = 75 mg
  • Bir banka gazlangan ichimlik yoki yarim banka energetik ichimlik = 40 mg
  • Bitta plitka qora shokolad (50 g) = 50 mg
  • Bitta plitka sutli shokolad (50 g) = 25 mg

Siz kofein isteʼmol qilishni kofeinsiz choy va kofeinsiz qahvaga oʻtish bilan qisqartirishingiz mumkin, biroq ular ham tarkibida kam miqdorda boʻlsa ham kofein saqlashini unutmang.

Siz kofein isteʼmol qilishni kofeinsiz choy va kofeinsiz qahvaga oʻtish bilan qisqartirishingiz mumkin, biroq ular ham tarkibida kam miqdorda boʻlsa ham kofein saqlashini unutmang.Kofeinsiz choy va kofeinsiz qahvaga oʻtish kofein isteʼmolini kamaytirishi mumkin. Biroq ular ham tarkibida kam miqdorda boʻlsa ham kofein saqlashini hisobga oling.

Boʻlajak otaga maslahatlar

Homiladorlikni rejalashtirishda boʻlgʻusi otalarga xilma-xil tarkibga ega dietaga amal qilishni va tana vaznini sogʻlom saqlashni tavsiya etamiz.

Sogʻlom ovqatlanish va vaznning meʼyorida boʻlishi sperma sifatini saqlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Ota boʻlishni rejalashtirayotgan erkaklarga spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni haftasiga 14 birlikdan oshirmaslik va ularni 3 kunga yoki undan ortiqroq muddatga teng miqdorda taqsimlagan holda isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Sababi kuniga 3-4 birlikdan ortiq alkogol (yoki 0,7-1 litr pivo) isteʼmol qilish – sperma sifatini pasaytirishi mumkin.

KEYINGI QADAMLAR

Homiladorlikni rejalashtirishda homilador boʻlish imkoniyatini oshirish usullari:

  • Xilma-xillikka boy ratsionga amal qiling va sogʻlom vaznni saqlashga harakat qiling
  • Oʻz ratsioningizdan alkogol mahsulotlarini chiqarib tashlang yoki uning isteʼmolini kamaytiring (siz ham, turmush oʻrtogʻingiz ham)
  • Kofein isteʼmol qilishni kamaytiring

  1. Preconception and Pregnancy [Online]. Available at: www.bathnes.gov.uk/sites/default/files/banes_maternal_and_child_nutrition_guidelines_digital_june_2013_section_2.pdf [Accessed May 2014]
  2. Jensen et al. Does moderate alcohol consumption affect fertility? Follow up study among couples planning first pregnancy. BMJ 1998;317:505-510.
  3. NHS UK. Healthy eating [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/healthy-eating/Pages/Healthyeating.aspx[Accessed May 2014]
  4. Food safety.gov. Listeria [Online]. Available at: www.foodsafety.gov/poisoning/causes/bacteriaviruses/listeria[Accessed May 2014]
  5. Patient UK. [Online]. Available at: http://patient.info/ [Accessed May 2014]
  6. NHS UK. Foods to avoid in pregnancy [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/foods-to-avoid-pregnant.aspx [Accessed May 2014]
  7. NHS UK. How can I improve my chances of becoming a dad? [Online]. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/1909.aspx [Accessed May 2014]
  8. Langley-Evans SC (2006) Developmental programming of Health and Disease. Proc Nut Soc 65; 97-105.reference text

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 4-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

x