O’zingiz xaqida g’amxo’rlik

Qisqacha maʼlumotlar

Sizning yangi tugʻilgan chaqalogʻingiz sizning dunyongizning markazi, lekin unga siz u haqida gʻamxoʻrlik qilishingiz uchun kuchli va sogʻlom boʻlishingiz, jismonan va ruhan tetikligingizni saqlab qolishingiz kerak. Bu degani baʼzan bunday paytlarda boshqalardan yordam soʻrash ham kerak. Sizni qanday oʻzgarishlar kutayotganini va yordam uchun qayerga murojaat qilish kerakligi haqida bilib oling.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Oʻzingizga biroz dam bering

Tabriklaymiz! Siz ajoyib natijaga erishdingiz. Siz kichkintoyingizni 9 oy qorningizda koʻtarib yurdingiz va dunyoga keltirdingiz. Endi esa u haqida gʻamxoʻrlik qilish va uning qornini toʻygʻazish vaqti keldi (garchi hozir siz hammasidan koʻra koʻproq uxlashni xohlayotgan boʻlsangiz ham). Bu quvonchli kechinma, lekin shubhasiz bu shuningdek ogʻir mehnat ham. Siz hamma narsani oʻzingiz mustaqil uddasidan chiqishga oʻrgangan boʻlishingiz mumkin, lekin hozir siz olishingiz mumkin boʻlgan har qanday yordamdan foydalanishingiz kerak. Siz oʻz chaqalogʻingiz uchun qilishingiz mumkin boʻlgan barcha narsalarni amalga oshirishingiz kerak, jumladan oʻzingizga kuchingizni qayta tiklab olishingiz uchun vaqt berishingiz va bunga sharoit yaratishingiz kerak. Unutmang siz bu takrorlanmas lahzalardan bahramand boʻlishga haqlisiz.

Hissiy oʻzgarishlar

Tugʻruqdan keyingi tushkunlik (beybi-bluye)

Tugʻruqdan keyingi bir necha kun koʻpincha “beybi-bluz” deb ataladigan gʻamginlik hissini keltirib chiqaradi. Bu muhim hayotiy hodisaga nisbatan tabiiy reaksiya boʻlishi mumkin. Lekin shuningdek, bu tugʻruqdan keyingi gormonlar xususan aksitotsin (muhabbat gormoni) ning darajasi tushib ketishi bilan bogʻliq deb hisoblanadi. “Beybi-bluz” tibbiyot aralashuvini talab etmaydi, lekin oilangiz va doʻstlaringizning sizni tushunishi sizga yordam berishi mumkin. Agar bir necha kundan keyin ham bu hissiyotlar oʻtib ketmasa oʻz shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Tugʻruqdan keyingi depressiya

Tugʻruqdan keyingi depressiya taxminan 10 tada 1 ta onada uchraydi va uning simptomlari bir necha oydan keyin ham paydo boʻlishi mumkin. Bu tugʻruqdagi travmalar tufayli, uyqusizlik yoki baʼzan onaning kuchi yetmaydigan majburiyatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Simptomlar bir-biridan katta farq qiladi va ular qatoriga ruhiy zoʻriqish, xavotirlanish, vahima xurujlari, hafsalasizlik, ruhiy tushkunlik va shu kabi onaning hissiy holatiga taʼsir koʻrsatuvchi simptomlar kiradi. Muloqot terapiyasi odatda taklif etiladigan davolashning birinchi shakli hisoblanadi. Lekin agar sizga dori vositalari buyurilsa ham tashvishlanmang, bular odatda farzandingizni emizishingizga taʼsir koʻrsatmaydi va bolaning uchun xavf tugʻdirmaydi. Agar sizda tugʻruqdan keyingi depressiya simptomlari kuzatilsa, imkon qadar yordam uchun murojaat qiling va oʻz shifokoringiz bilan maslahatlashing. Siz yolgʻiz emassiz va siz juda koʻpchilikning yordamidan foydalanishingiz mumkin.

Jismoniy oʻzgarishlar

Hatto agar sizning tugʻruq jarayoningiz oson kechgan boʻlsa-da, bu baribir ogʻir jismoniy tajriba va sizning organizmingizga tiklanib olish uchun vaqt kerak boʻladi. Bunda sizning tanangizda zirqirashlar, ogʻriqlar va koʻkarishlar kuzatilishi mumkin. Garchi kasallik ancha tez oʻtib ketsa-da, siz oʻzingizni bir necha hafta davomida, yoki hatto oylar davomida mutlaqo sogʻlom his qilishingiz mumkin. Quvvatingizni tezroq tiklashning eng samarali usuli bu koʻproq dam olish va uxlashdir.

Siz tugʻruqdan soʻng quyidagilarni his qilishingiz mumkin:

Koʻkarishlar 
Siz epidurial inyeksiya joylarida (agar sizga qilingan boʻlsa), shuningdek, teringizning konyullar va tomchi dorilar qoʻyilgan joylarida koʻkarishlar paydo boʻlganini koʻrishingiz mumkin.

Spazmlar
Siz bachadoningizda mushaklar tiklanayotganligi va u homiladorlikkacha boʻlgan holatiga qaytayotganligi tufayli spazmlarni his qilishingiz mumkin.

Koʻkrakdagi ogʻriq
Ogʻiz suti oʻz oʻrnini koʻkrak sutiga boʻshatib berishi uchun bir qancha vaqt oʻtishi mumkin. Siz shuningdek organizmingiz muntazam ravishda sut ishlab chiqargani uchun koʻkragingizda ogʻriq hissini his qilishingiz mumkin.

Qon ketishi
Barcha ayollarda tugʻruqdan keyin, tugʻruq usulidan qatʼiy nazar qon ketishi kuzatiladi. Bunda qonni va ajralmalarni shimib oladigan gigiyenik prokladgalar yordam beradi. Qon ketishi ikki haftadan olti haftagacha davom etishi mumkin va asta-sekinlik bilan kamayadi. Lekin agar qon ketishi kuchaysa bu haqda davolovchi shifokoringizga, akusher yoki terapevtingizga murojaat qiling.

Qichishish
Agar sizga tugʻruq paytida yoki undan keyin antiseptik vositalar qilingan boʻlsa, unda bir necha kun davomida teringizda qichishish kuzatiladi. Qichishish bu epidurial anesteziyada foydalaniladigan baʼzi ogʻriq qoldiruvchi vositalar, masalan, morfinning nojoʻya taʼsiridir.

Chot orasida noqulaylik
Gemoroy yoki chot orasi sohasidagi ogʻriq hissi oʻtirishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday holatda oʻz akusheringiz yoki terapevtingiz bilan maslahatlashing, ular shishni kamaytirish uchun malhamlar surish yoki muzli xaltachalar qoʻyishni tavsiya qilishlari mumkin.

Kesarcha kesish
Agar siz farzandingizni kesarcha kesish yoʻli bilan dunyoga keltirgan boʻlsangiz, unda shubhasiz qorningizning kesilgan joyida ogʻriq va noqulaylik his qilasiz. Bunda sizga farzandingiz haftalik boʻlguniga qadar avtomobil haydamaslik va hech qanday ogʻir narsa koʻtarmaslik tavsiya etiladi.

Mustaqil olinadigan inyeksiyalar

Tugʻruqdan keyin tromblarning shakllanish xavfini kamaytirish uchun siz qayerda ekanligingizdan – shifoxonadami yoki uydaligingizdan qatʼiy nazar sizga 7 kun davomida antikoagulyant inyeksiyalari buyurilishi mumkin. Agar siz uyda boʻlsangiz, unda sizga oldindan inyeksiya uchun belgilangan dozalar beriladi. Sizga yoʻriqnoma va foydalanilgan oʻtkir buyumlar uchun savatcha taqdim etiladi. Igna kichik boʻladi va inyeksiya uchun tutqich qoʻllanilgan vaqtda sizga belgilangan doza muvaffaqiyatli yuborilganligi haqida xabar berish uchun chertgandek ovoz chiqaradi.

Yana oyoqqa turish

Tugʻruq usulidan qatʼiy nazar bir siz oʻzingizni oʻrningizdan turish uchun yetarlicha his qilguningizcha bir qancha vaqt oʻtadi. Sizga oyoqqa turishga tayyor boʻlguningizga qadar harakatlanishni davom ettirishingizga yordam berishi mumkin boʻlgan bir nechta maslahatlar beramiz:

  • Dam oling va kam-kamdan tez-tez suyuqlik iching. Oyoqlaringizni ohistalik bilan choʻzing va agar oʻtira olsangiz, yotogʻingizga ohistalik bilan oʻtiring.
  • Agar yotoqdan turmoqchi boʻlsangiz hamrohingizga yoki akusheringizga sizga yordam berishiga ruxsat bering.
  • Sizda siydik pufagi va ichaklar meʼyorida ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun hojatxonaga boring.
  • Krovat chetiga oʻtirgan holda tos tubi mushaklarini vertikal holatda faol harakatlantiring. Agar tugʻruqdan keyin sizda choklar tushirilgan boʻlsa unda tos tubi mushaklarini harakatlantirishga shoshilmaganingiz va biroz vaqt oʻtishini kutganingiz maʼqul.
  • Uzoq vaqt emizishdan soʻng qoʻl mushaklaringizdagi ogʻriqni kamaytirish uchun qoʻllaringizni choʻzing va yelkalaringizni qimirlating.

Asta-sekin tiklanish

Bir necha kundan keyin tos tubi mushaklari mashqlarining tezligini va jadalligini oshiring. Xona boʻylab sayr qiling yoki agar oʻzingizni yaxshi his qilayotgan boʻlsangiz toza havodan nafas olish uchun koʻchaga chiqing. Lekin, uzoq yurishingiz kerak emas. Siz organizmingiz qayta tiklanishi uchun yetarlicha oqsil olayotganingizga (masalan, yogʻsiz goʻsht, baliq, sut mahsulotlari yoki yongʻoqdan) ishonch hosil qiling. Har kuni kamida 2 litr suv ichishga harakat qiling va siydik pufagingizni har 2-3 soatda boʻshatishni unutmang. Chunki siz bunda hojatxonaga borishni xuddi tugʻruqdan oldingidek his etmaysiz.

Faollikka qaytish

Siz 6-8 haftagacha to tugʻruqdan keyingi koʻrikdan (bu sizning tugʻruqdan keyingi 6-8 hafta oʻtgach oʻtkaziladigan koʻrigingiz) oʻtmaguningizcha faol jismoniy mashqlar bilan  (masalan, yugurish yoki aerobika) shugʻullanishingiz mumkin emas. Lekin hatto agar sizga biroz jismoniy faollikka ruxsat berilgan boʻlsa ham bu sizni darhol ular bilan shugʻullanishingiz kerak yoki ularga tayyorsiz degani emas. Oʻz organizmingizning holatiga qarab ish tuting va oʻzingizni majburlamang.

Uyga qaytish

Uyda koʻrik

Dastlabki bir necha hafta davomida sizni muntazam ravishda akusher yoki patronaj hamshirasi kelib koʻrib turadi. Sizning kichkintoyingizning vaznini oʻlchaydi va barcha qolgan testlarni (masalan, “tovonga ukol” testini) oʻtkazishi mumkin. Sizni davolovchi shifokoringiz kichkintoyingizning salomatligi va hissiy holati haqida umumiy xulosa berishi, shuningdek, sizning reabilitatsiyangizni tekshirishi mumkin. Garchi uy bola uchun xavfsiz boʻlsa-da, bu sizni uyni tozalash ishlariga juda koʻp kuch sarflashingiz kerakligini anglatmaydi. Shifokorlar sizning birinchi vazifangiz bu – bola haqida gʻamxoʻrlik qilish ekanligi haqida bilishadi. Unutmang ular har doim sizga yordam berishga tayyor. Shuning uchun ularning barcha savollariga aniq javob bering va sizni tashvishlantirayotgan har qanday muammolarni muhokama qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaning.

Tugʻruqdan keyingi koʻrik

Tugʻruqdan keyin 6-8 hafta oʻtgach shifokoringiz kichkintoyingizning rivojlanishini va sizning salomatligingizni koʻrikdan oʻtkazadi. Shifokor shuningdek sizning hissiy holatingiz haqida ham bilishi juda muhim. Agar sizni nimadir bezovta qilayotgan boʻlsa, xoh u jismoniy holatingiz boʻlsin, xoh ruhi, bu haqda oʻz shifokoringiz bilan, patronaj hamshirangiz yoki akusher bilan maslahatlashing.

Boshqa mehmonlar

Shubhasiz sizning oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz yangi tugʻilgan chaqaloq bilan tanishishni xohlashadi. Lekin siz uchun eng muhimi bu kichkintoyingiz bilan oʻzaro aloqa oʻrnatish va organizmingizni qayta tiklashdir. Ungacha siz mehmonlarga rad javobini berishingiz mumkin. Agar kichkintoyning buvisi va bobosi kichkintoyning yonida boʻlish uchun kelishni va shu yerda qolishni xohlashsa, bu holat siz uchun yordam boʻladimi yoki stress manbaimi, bunga nisbatan oʻzingiz uchun yaxshi boʻlgan munosabatni bildiring. Ular sizning yoningizda emas, balki mahalliy mehmonxonada qolishsa ham boʻlsa kerak, shunday emasmi?

Yordam soʻrang

Siz mehmonlarni qabul qilishga tayyor boʻlganingizda ularga choy damlash zaruratini his qilmang.  Ulardan buni oʻzlari qilishini soʻrang. Koʻpchilik odamlar siz uchun biror foydali ish qilishlaridan xursand boʻlishadi. Sizga yordam berishning boshqa usullari ham bor:

  • Kir yuvish
  • Xonani namlab artish
  • Idishlarni yuvish
  • Ovqat tayyorlash
  • Oziq-ovqat mahsulotlari uchun xaridga chiqib kelish
  • Siz uxlayotganingizda yoki dush qabul qilayotganingizda bolaga qarab turish.

Toʻlaqonli dam olishning ahamiyati

Bu juda koʻp takrorlanadigan gap boʻlsa-da, lekin fakt: yangi tugʻilgan chaqaloq bilan vaqt sezilmasdan, bir lahzada uchib ketadi. Hozir bilan yashashga harakat qiling va bu oʻziga xos vaqtdan butun oilangiz bilan birgalikda bahra oling. Oʻzingizga keragidan ortigʻini qilmang va dam oling, imkon topishingiz bilan, masalan farzandingiz uxlayotganda siz ham uxlab oling.

Sogʻlom, muvozanatlashgan diyetaga amal qilish sizga organizmingizni qayta tiklashga, shuningdek, ona sutini farzandingiz uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalari bilan toʻyinishini taʼminlashga yordam beradi.

Uy ishlari hozircha kutib turadi. Birinchi hafta davomida kuningizni yotoqda yotib oʻtkazishdan uyalmang. Beybi-slingdan foydalaning. U bir vaqtning oʻzida kichkintoyingizga yaqinlik hissini beradi, sizga esa ikkala qoʻlingiz ham boʻshligini his qilishga imkon beradi va siz masalan, bemalol buterbrod tayyorlashingiz mumkin boʻladi.

Undan ham yaxshisi, agar sizning turmush oʻrtogʻingiz yoningizda boʻlsa, siz dam olayotgan vaqtingizda, masalan vanna qabul qilayotganingizda yoki toza havoda sayr qilayotganingizda yoki uxlayotganingizda kichkintoyingizga uning yonida uxlashiga imkon bering.

Keyingi qadamlar

  • Tugʻruqdan oldin dimlangan goʻsht yoki ulushlarga boʻlib muzlatilgan pasta uchun souslar kabi oddiy, sogʻlom ozuqaga boy mahsulotlarni tayyorlab muzlatib qoʻying va ularni shu tariqa bola dunyoga kelganidan soʻng tayyorlashga oson boʻlishi uchun tayyorlab qoʻying.
  • Doimiy, anʼanaviy sovgʻalarning oʻrniga doʻstlaringizdan va oilangizdan uy ishlarida yordam berishini yoki sovgʻaga uyda tayyorlangan ovqat olib kelishlarini soʻrang.
  • Har doim oʻz akusheringiz yoki patronaj hamshirangiz bilan har qanday muammolar haqida, shuningdek siz oʻzingizni ogʻir yoki gʻamgin his qilayotganligingiz haqida suhbatlashing.
  • Oʻzingizni holdan toyguncha jismoniy ishlar bilan shugʻullanishga majbur qilmang.
  • Qulay vaqt boʻlishi bilan turmush oʻrtogʻingiz bilan va (umid qilamanki) uxlayotgan kichkintoyingiz bilan biror restoranga tushlikka yoki kechki ovqatga boring. Ajablanish mumkin, lekin buni bolani hayotining dastlabki oylarida amalga oshirish ancha osonroq. Chunki kichkintoyingiz ancha faol boʻlib qolgandan va atrof-muhitga moslashganidan soʻng buni amalga oshirish ancha qiyin boʻladi. Atrofingizda doʻstona muhit boʻlishi va sizga tezroq xizmat koʻrsatilishi uchun restoranda tinchroq va odam kamroq boʻlgan vaqtni tanlang.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x