Nima uchun bola yig’laydi?

Qisqacha maʼlumotlar

Chaqaloq och, charchagan, yo’rgaklangani, shamol bo’lganligi yoki shunchaki quchoqlashni xohlagani uchun yig’laydi. Yangi ota-ona sifatida sizning birinchi ishingizdan biri sizning chaqalog’ingizning yig’lashi nimani anglatishini bilib olasiz, ammo xavotir olmang, u tez orada instinktiv bo’lib qoladi.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Bolaning yigʻisi: kichkintoyingiz sizga nima demoqchi?

Goʻdaklar gapira olmaganliklari uchun yigʻlashadi. Bu ularning sizdan ularning ehtiyojini qondirishingizni soʻrashning yagona usuli. Keling, farzandingiz oʻz yigʻisi bilan nimalar “deyishi” mumkinligini va siz bunda unga yordam berish uchun nimalar qilishingiz mumkinligini koʻrib chiqamiz:

  • “Men ochman”
    Garchi avvaliga bu ovoz boshqa barcha yigʻi ovozlari bilan bir xil jaranglasa-da, lekin siz tez orada uning och qolganda chiqaradigan ovozini ajrata olishga oʻrgasiz. Ovqatlantirish bu muammoni tezda hal etadi.
  • “Qornim dam boʻlgan”
    Agar bola ovqatlantirgandan keyin ham yigʻlasa, demak uni qorin dam boʻlishi yoki qorindagi sanchiqlar bezovta qilayotgan boʻlishi mumkin. Har ovqatlantirishdan soʻng bolani toʻgʻri massaj qiling. Agar bu yordam bermasa va kichkintoy tinchlanmasa shifokor bilan maslahatlashing.
  • “Men charchadim”
    Agar kun oxiriga kelib kichkintoyingizning yigʻisi kuchaysa, shubhasiz u shunchaki boshdan kechirgan yangi taassurotlardan soʻng ancha toliqqan. Mazkur holatda u kun davomida yetarlicha uxlaganligiga ishonch hosil qiling. Kechki yigʻi – bu qorin sanchiqlarining yana bir belgisi .
  • “Menga noqulay”
    Kichkintoyingiz juda isib ketayotgan yoki sovqotayotgan boʻlishi mumkinmi? (Uning koʻkrak qismiga qoʻlingizni tegizib, tanasining haroratini tekshirib koʻring. Ghunki u hatto isib ketayotgan boʻlsa ham, koʻpincha uning qoʻllari va oyoqlarini ushlab koʻrganda sovuq boʻlishi mumkin. Yoki taglikni almashtirish vaqti kelgan boʻladi.
  • “Men kasalman”
    Agar kichkintoyingiz kasal boʻlsa uning yigʻi ovozi odatdagidan farq qiladi. Baʼzan bolalar oʻzini yomon his qilganda kamroq yigʻlashi mumkin.
  • “Men quchoqlashni xohlayman”
    Baʼzan kichkintoyingiz shunchaki sizni yoningizda boʻlishni va sizning qoʻlingizda boʻlishni xohlaydi. Bu bebaho lahzalardan birgalikda bahra olish uchun vaqt toping.

Keyingi qadamlar

  • Bolalar yigʻisi haqida koʻproq bilib oling.
  • Agar sizni kichkintoyingiz yigʻlayotganligi tashvishga solsa, unda davolovchi shifokoringiz bilan suhbatlashing. Bunga sabab qorin sanchiqlari yoki boshqa noqulayliklar boʻlishi mumkin.
  • Doʻstlaringizga va oilangizga yordam soʻrab murojaat qiling. Agar siz stress holatida boʻlsangiz kichkintoyingiz buni sezadi va koʻproq yigʻlaydi. Siz dam olish uchun va kuchingizni qayta tiklashingiz uchun vaqt topa olayotganingizga ishonch hosil qiling.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x