Farzandingizning yig‘isi – bu uning siz bilan ilk marta muloqot usuli

Qisqacha ma’lumot

Yig‘lash – farzandingizdan eshitadigan ilk tovush, uning, shubhasiz, hayajonga soluvchi ilk muloqot shakli. Bolaning yig‘isiga chidashning o‘zi bo‘lmaydi, ammo ko‘pam xavotirga tushmang – bu mutloqo normal holat.

Careline piktogramma doiras

Ekspertlar tavsiyalari


Bolalarda yig‘ining ilmiy izohi

Ishonish qiyin-u, ammo bolalar tug‘ilishi bilan yig‘laydi. Bir haftalikda ularning ko‘z yoshi yo‘llari faqat ko‘zlarni namlash uchungina yetarlicha suv hosil qiladi, haqiqiy ko‘z yoshlari taxminan 3 oylikda yoki keyinroq paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘z yoshlari hamdardlik bildirish, aloqani mustahkamlash va yashab qolish uchun evolyutsiya natijasida paydo bo‘lgan deyishadi. Ko‘z yoshlari kuchli reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin, ammo yig‘ining ta’siri undan-da kuchliroq.

Bolaning yig‘isini eshitish o‘ziga xos ta’sir qiladi, hattoki yig‘layotgan bola sizniki bo‘lmasa ham, bu tovushga e’tibor bermalikning iloji yo‘q. Yig‘layotgan bolaning tovush chastotasiga (3000 gers) quloqlarimiz anchagina sezuvchan va bunga darhol reaksiya bildiramiz, masalan “yugur, qara” kabi, bu holat hattoki qon bosimi oshishiga ha sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tovush biz bolaning ehtiyojlarini tezroq qondirishimiz uchun ham mavjud bo‘lsa kerak, ammo yig‘layotgan bolani yupatib olish ham oson ish emas, shuning uchun bola yig‘laganda shu narsa xayolga kelib kuchli stressga tushish mumkin, qon bosimi oshishi ham shundan.

ona va chaqaloqni hursandchiligi
Bolada haqiqiy ko‘z yoshlari taxminan 3 oylikda yoki ba’zan keyinroq paydo bo‘lishi mumkin. Bolaning yig‘isi eshitish qobilyatimizga o‘ziga xos ta’sir qiladi, shu boisdan bu tovushga e’tibor bermaslikning iloji yo‘q.

Bola yig‘lashdan to‘xtamasa nima qilish kerak?

Yig‘i normal holat ekanligini bilishimiz ba’zan taskin beradi, ammo doimiy yig‘laydigan bolaga qarash ruhan og‘ir va jismonan toliqtiradigan bo‘lishi mumkin. Bola stressda bo‘lsa, quyidagi tinchlantiruvchi usullarni navbatma-navbat qo‘llab ko‘ring:

• Bolani qo‘lingizda imkon qadar uzoq vaqt ko‘tarib yuring. Chaqaloqlar taktil kontaktni yaxshi ko‘radi (jumladan “terini teriga tegishi”).

• Tovushdan foydalaning. Ayrim chaqaloqlarga qo‘shiq, musiqa yoki hattoki “quruq tovush” yoki changyutkich ovozi yoqadi.

• Sensorli usullardan foydalaning. Ayrim bolalarga issiq vanna yoki yengil massaj yoqadi.

Ayrim bolalarni yengil harakatlar, tebratish, irg‘itish yoki avtomobilda sayr qildirish tinchlantiradi.

• Muhitni o‘zgartiring. Toza havoda sayr qilish bolani tinchlantirishi mumkin va sizga ham o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

O‘zingiz va farzandingiz uchun qayg‘uring va farzandingizning yig‘isi sizni xavotirga solsa, terapevtingiz bilan gaplashing.

Keyingi qadamlar

•Bola nega yig‘lashini bilib oling.

• Farzandingizning yig‘isi sizni xavotirga solsa, terapevtingiz bilan gaplashing. Uning biror joyi sanchib og‘riyotgan yoki noqulaylik his qilayotgan bo‘lishi mumkin.

• Farzandingiz 12 oylikdan kichik bo‘lsa, bolalarda belgilarni tekshirish bo‘yicha dasturimiz – terapevt bilan gaplashish uchun ularni qayd qilishning foydali usuli. Unda ko‘plab amaliy maslahatlar ham taqdim etilgan.

• Do‘stlaringiz va oilangizdan yordam so‘rang. Agar sizda stress bo‘lsa, farzandingiz buni his qilib, yana ham ko‘proq yig‘lashi mumkin. Tinchlanib olish va muvozanatni tiklash uchun vaqt ajrating.

  1. Today I Found Out. Newborn babies will cry without tears until they are several weeks old [Online]. 2011. Available at: http://www.todayifoundout.com/index.php/2011/05/newborn-babies-will-cry-without-tears-until-they-are-several-weeks-old/ [Accessed: December 2016].
  2. Riem M et al. As tears go by: Baby tears trigger more brain activity than adult tears in nulliparous women [Online]. 2016. Available at: http://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/17470919.2016.1247012?journalCode=psns20 [Accessed: December 2016].
  3. Harris L et al. Don’t let baby tears tear you apart [Online]. 2013. Available at: http://www.oneplusone.org.uk/wp-content/uploads/2013/07/Dont-Let-Baby-Tears-Tear-You-Apart-OnePlusOne.pdf [Accessed: December 2016].

Yangilangan sana: 2016-yil 9-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x