Tug‘ruqdan so‘ng onani qo‘llab-quvvatlash

O‘z hissangizni qo‘shib,

umr yo‘ldoshingizga qanday yordam berishni bilib olasiz

Tug‘ruq – jismoniy va ruhiy jihatdan siz va umr yo‘ldoshingiz uchun og‘ir jarayon bo‘lib, farzand dunyoga kelgandan so‘ng yangi hayot tarziga moslashish uchun ma’lum bir vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Turmush o‘rtog‘ingizni tug‘ruqdan so‘ng dastlabki bir necha hafta davomida qo‘llab-quvvatlashingiz o‘ta muhimdir. Oilangizga yangi a’zo qo‘shilganda, rafiqangizga imkon qadar yordam bering.

Uy ishlarida yordam berish

Farzand dunyoga kelgandan keyin yordam berishning eng yaxshi usuli – bu uydagi kundalik ishlarni bajarish. Masalan, bozor-o‘char ishlari, ovqat tayyorlash yoki shunchaki tartibni saqlash kabilarni zimmangizga oling. Yosh ona oldingi hayot tarziga qaytishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi, shuning uchun unga haqiqatdan ham yordamchi kerak.

Jismoniy ta’siri

Tug‘ruqdan so‘ng onalar tug‘ruqdan oldingi holatlariga kelishlari uchun biroz vaqt kerak. Jismoniy holatini tiklashni tezlashtirish o‘rniga ona hordiq chiqarishi kerak – u yangi tug‘ilgan farzandiga qarab, samarali jismoniy yuklama qabul qiladi.

Yosh onada qon ketishi, ko‘karik paydo bo‘lishi yoki tug‘ruqdan keyin bir necha hafta davomida og‘riq bo‘lishi me’yoriy holatdir. Ayollarda bu davrda bavosil ham tez-tez kuzatiladi, ammo odatda u ma’lum bir vaqtdan keyin yo‘qoladi.

tug'ilishdan keyin yordam berish Ota-onalik — haqiqiy va eng kuchli hissiyotlar yuzaga keladigan davr.

Onada laktatsiya boshlanganda, uning ko‘kragi issiq va sezuvchan bo‘lib qolib, unda tirqishlar paydo bo‘lishi mumkin. Akusheringiz ko‘krak bilan oziqlantirishda sizga yordam beradi, shuning uchun ko‘krakda biror-bir muammo bor-yo‘qligi haqida u bilan maslahatlashing. Ish vaqtidan tashqari vaqtlarda yordam kerak bo‘lsa, ko‘krak bilan oziqlantirish va oziqlantirish pozalari bo‘yicha

Tug‘ruqdan keyingi hissiyotlar

Tug‘ruqdan so‘ng yosh onalar eyforiyadan uning pasayishigacha bo‘lgan hissiyotlarning katta ko‘lamini boshdan o‘tkazishadi, yengil tortish yig‘loqilik bilan, mamnunlik esa tashvish bilan almashadi. Bu asosan bola dunyoga kelgach dastlabki 10 kunda kuzatiladi, bu paytda kayfiyat tushib ketadi va ona gormonal o‘zgarishlar bilan kurashayotgan bo‘ladi. Sizni qo‘lingizdan keladigan eng katta yordam – bu paytda yosh onaning yonida bo‘ling, har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishida uni qo‘llab-quvvatlang va kayfiyati ko‘tarilgan holatda bo‘lishi uchun vaqti-vaqti bilan shirinliklar bilan siylang.

Tug‘ruqdan so‘ng jinsiy hayot

Juftingiz tug‘ruqdan so‘ng ishqiy hayotga qachon tayyor bo‘lishini o‘zi ma’lum qiladi, ammo dastlabki bir necha hafta davomida yosh ona chov sohasida ancha kuchli og‘riqni his qilishi mumkin. Yangi kun tartibiga moslasha turib, ayolingiz charchashi yoki to‘yib uxlamasligi mumkin, shuning uchun, yaxshisi, uni shirinso‘zlik bilan tinchlantiring va sabrli bo‘ling.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x