Homiladorlik paytida bajarish tavsiya etilmaydigan jismoniy mashqlar

Qisqacha ma’lumot

Agar homiladorlik asoratlarsiz kechayotgan bo‘lsa va shifokor yoki akusheringiz ruxsat bersa, shig‘ullanishda davom etishingiz va hattoki yangi kun tartibini belgilashingiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish va 2 yil davomida faol hayot tarzi kechirish aslida bo‘lg‘usi onalar uchun foydali. Ammo siz va rivojlanib borayotgan homilaning salomatligini himoyalashga qaratilgan tavsiyalar haqida unutmaslik lozim.

Avvalo xavfsizlik: shifokor bilan maslahatlashing

shifokor bilan maslahatlashish

Homiladorlik davrida shug‘ullanishni boshlashdan avval shifokor yoki akusheringiz bilan maslahatlashing. Oldin bajargan mashqlaringizni bajarishda davom etish yoki yangi tartibni joriy qilmoqchi bo‘lsangiz, ularga bu haqda xabar bering. Ayrim ayollar uchun homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullanish ayrim sabablarga ko‘ra salbiy ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun dastlab davolovchi shifokor bilan maslahatlashganingiz yaxshiroq.

Shu tartibga yurak va tos chuqurligini mustahkamlash mashqlarini kiritishingiz lozim.

Yumaloq oshmasdan va yotgan holda

Amalga oshirishingiz lozim bo‘lgan eng oddiy o‘zgartirish – bu uzoq vaqt osmonga qarab yotishdan saqlanish, asosan 16-haftadan keyin. Ma’lum bir qon tomirlariga bosim beradigan qorinning vazni yurakka ta’sir qilishi, bosh aylanishiga sabab bo‘lishi va homilaga ozuqaviy moddalar va kislorod yetkazib beradigan qon oqimiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Buning o‘rniga yon bilan yotishga harakat qiling.

An’anaviy yumaloq oshish mashqlar turkumidan chiqarib tashlash talab etiladi, shu tartibga yurak va tos chuqurligini mustahkamlash mashqlarini kiritishingiz lozim. Usullardan biri emaklash bo‘lib, tana quti shaklida bo‘lishi kerak – qo‘llar yelkalardan to‘g‘ri pastga, tizza bel ostida, bel esa to‘g‘ri holatda. Qorin mushaklarini torting, bel xuddi mushukda bo‘lgani kabi tepaga chiqadi. Bir necha soniya shu holatni ushlab turing, keyin neytral holatga qayting va yana takrorlang.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Homiladorlikda pulsning xavfsiz chastotasi nima?

Bir paytlar mutaxassislar homilador ayollarda yurak urishi daqiqasiga 140 dan oshmasligi kerak, deb tavsiya qilishgan, ammo vaqtlar o‘tib fitnes tushunchasi o‘zgardi. Tinch holatda puls chastotasining oshishi (daqiqasiga 10 marta) homiladorlikning normal fiziologik natijasi sanaladi. Jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab, puls chastotasi hammada har xil, shuning uchun uni belgilangan kattalikdan pastda ushlash maqsadga muvofiq emas.

Eng yaxshi qoida – mo‘tadil intensivlikda shug‘ullanish; mashg‘ulot paytida bemalol gaplasha olishingiz kerak.

Tinch holatda puls chastotasining oshishi homiladorlikning normal fiziologik natijasi sanaladi.

Tananing xavfsiz harorati nima?

Homiladorlik davrida tana harorati qanday bo‘lishi kerakligi haqida aniq tavsiyalar ko‘p emas. Ekspertlarning xulosa qilishlaricha, tana haroratini 2 ° C ga yoki 38,9 ° C dan oshiradigan harakatlardan saqlanish lozim. Bu harorat o‘zgarishi gipertermiyaga (teskari gipotermiya) olib kelishi mumkinligi bilan bog‘liq. Homiladorlik davrida gipertermiya umurtqa yoki miyaga ta’sir qiladigan tug‘ma nuqsonlar xavfini ikki karra oshiradi. Shundan kelib chiqib, homiladorlik davrida issiq vanna yoki parlanish, shuningdek issiq yoga bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.

homiladorlik paytida yugurish

Biroq xoh yugurish bo‘lsin, xoh suzish yoki oddiy yoga kabi mo‘tadil mashqlar tana haroratini bu darajadan oshirmaydi.

Doktor Doun Xarter

Homiladorlik davrida qilinadigan mashqlar kelajakda farzandingizning sog‘ligini mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biri bo‘lishi mumkinligi isbotini ko‘rib chiqamiz. Homiladorlar uchun mashqlar homiladorlik davrining o‘tishiga ham katta ta’sir qilishi mumkin. Ekspertlarning tavsiyalariga amal qilinsa, ko‘pchilik ayollar uchun homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullanishda davom etish yoki hattoki uni boshlash ham xavfsizdir. Homiladorlik davrida jismoniy faollikdan saqlanish bo‘yicha ma’lum bir tibbiy sabablar bo‘lsa, akusher yoki shifokor bilan maslahatlashib oling.
doktor doun harper @DrDawnHarper

Homiladorlik davrida taqiqlangan mashqlar

Quyida keltirilganlarning hammasi ham homiladorlik davrida bolaga bevosita shikast yetkazmasa ham, ularning ayrimlarida qorin bilan yiqilish yoki qoringa zarba qabul qilib olish xavfi mavjud:

  • Jarohat olish xavfi mavjud sportning kontakt turlari, masalan jang san’atlari, futbol, regbi, skvosh va hokkey. Qoringa oyoq zarbasi yoki futbol to‘pi tegishi kabi kuchli zarba bolani jarohatlashi mumkin.
  • Qorin kattalashgani sari ot minish, velosiped haydash, chang‘ida uchish va gimnastika kabilar bilan shug‘ullanish imkoniyati kamayib boradi, muvozanat markazi o‘zgaradi. Ushbu mashg‘ulotlardan, shuningdek tushish xavfi (jumladan narvonga chiqish) bilan bog‘liq har qanday mashqlarni bajarish tavsiya etilmaydi, chunki notekislikka tushish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Velosiped asosiy harakatlanish vositangiz bo‘lsa, homiladorlikning erta bosqichlarida undan foydalanish mumkin, ammo keyinroq – qorin oyoq harakatlarini cheklab qo‘yganda va muvozanatga xalal berganda boshqa harakatlanish vositalariga o‘tgan ma’qulroq.
  • Homiladorlik davrida suv ostida akvalang bilan suzish mumkin emas, chunki bola dekompression kasallik yoki gaz emboliyasi – qon ta’minotini to‘sib qo‘yishi yoki nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin bo‘lgan qon oqimidagi pufakchalardan himoyalanmaydi. Aslida, homiladorlik davrida akvalang bilan suv ostida suzish bevosita tug‘ma nuqsonlarga sabab bo‘ladi.
  • Bikram-yoga (yoki issiq yoga) isitiladigan xonada bajariladigan pozalar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Issiq yoga ta’sirini hali hech kim o‘rganmagan bo‘lsa ham, ekspertlarning fikricha, nerv naychasi nuqsonlari xavfini kamaytirish uchun homilador ayollar tana harorati oshishidan saqlanishlari kerak.

Agar mashqlar mo‘tadil darajada bajarilsa, ularning aksariyati xavfsiz. Mashg‘ulotlarni boshlash uchun yugurish, suzish, yoga va kuch mashqlari bo‘yicha bizning murabbiylar bilan tanishing va trimestringizga mos dasturni toping. Uyda shug‘ullanishni ma’qul ko‘rsangiz, uydan chiqmasdan turib bizning yoga yoki kuch mashqlarimiz haqidagi videolavhalarimizni tomosho qilishingiz mumkin.

KEYINGI QADAMLAR

Homiladorlik davrida sport bilan shug‘ullanishni boshlash yoki mavjud mashqlar tartibini o‘zgartirishdan oldin shifokor yoki akusheringiz bilan albatta gaplashing. Sizga to‘liq ruxsat berilishi bilan:

  • Homiladorlik davrida siz va farzandingiz uchun jismoniy mashqlarning foydali tomonlari haqida o‘qib chiqing.
  • Videoni ko‘ring va homiladorlar uchun fitnes bo‘yicha murabbiylarimizdan maslahatlar oling.
  • Shaxsiy murabbiyingiz yoki sportzalda shug‘ullantiruvchi shaxsga homilador ekanligingizni ma’lum qiling. Ular xabardor bo‘lsa, sizga qo‘shimcha tavsiyalar berishlari va tibbiy yordam kerak bo‘lib qolsa, shunga qarab ish tutishlari mumkin. Ulardan tug‘ruqdan so‘ng a’zolikning qandaydir imtiyozlari taklif qilinishi, masalan uni bir necha oyga to‘xtatib turish imkoniyati bormi yoki yo‘qmi shular haqida so‘rab bilib oling.
  • Tana kattalashganda ham mos keladigan homiladorlar uchun mo‘ljallangan qulay sport kiyimini sotib oling. Homiladorlikda sport bilan shug‘ullanganda ko‘krakning kattalashib borishiga mos keladigan sig‘imi katta sport byustgalterlarini ham xarid qilib qo‘yish zarar qilmaydi.

  1. Bamber J, Dresner M. Aortocaval compression in pregnancy: the effect of changing the degree and direction of lateral tilt on maternal cardiac output. Anesth Analg 2003;97(1):256-8.
  2. Livestrong. Max heart rate while pregnant [Online]. Available at: http://www.livestrong.com/article/322176-max-heart-rate-while-pregnant/ [Accessed: December 2016].
  3. Gowda RM et al. Cardiac arrhythmias in pregnancy: clinical and therapeutic considerations. Int J Cardiology 2003;88(2):129-33.
  4. Source: Chambers CD. Risks of hyperthermia associated with hot tub or spa use by pregnant women. Birth Defects Res A Clin Mol Terato 2006;76(8):569-73.
  5. Chan J et al. Hot yoga and pregnancy: Fitness and hyperthermia. Can Fam Physician 2014;60(1):41-2.
  6. Camporesi EM. Diving and pregnancy. Semin Perinatol 1996;20(4):292-302.
  7. Damnon F et al. Should a pregnancy test be required before scuba diving? Br J Sports Med 2016 Sep;50(18):1159-60.

Yangilangan sana: 2016-yil 9-dekabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x