Homiladorlik davrida oqsilning ahamiyati

Oqsil og‘lom homiladorlik parhezining bir qismi sifatida siz va farzandingiz uchun muhim bo‘lib, tananing har bir hujayrasini qo‘llab-quvvatlashda katta rol o‘ynaydi. Homiladorlik davrida qancha miqdorda oqsil qabul qilishingiz kerakligi va ular nimalarda uchrashi haqida bilib oling.

Homiladorlik davrida oqsilning o‘rni qanday?

Tanamizning har bir hujayrasida oqsil mavjud, teri, mushaklar, soch, tirnoq va qolgan barcha to‘qimalarimiz oqsildan iborat. Ular hujayralar tuzilishini tashkil etadi, ularning to‘g‘ri ishlashiga, shu bilan birga, qayta tiklanishiga ko‘mak beradi.

Homiladorlik davrida oqsil nihoyatda muhim o‘rin tutadi, chunki oqsil farzandingiz sog‘lom o‘sishiga yordam berish bilan bir vaqtning o‘zida bolaning rivojlanishida boshqa sohalarda ham o‘z hissasini qo‘shadi, misol uchun:

Yangi to‘qimalarning o‘sishi va shikastlanganlarining tiklanishi.

• Immun tizimi uchun antitelalar tayyorlash.

• Gormon va fermentlar ishlab chiqarish.

• Mushaklarning to‘g‘ri ishlashida ko‘makchi bo‘lish.

• Qon orqali kislorod tashish.

Tavsiya etilgan miqdorda oqsil qabul qilish bolaning tug‘ilish paytida sog‘lom vaznga ega bo‘lishiga yordam beradi. Sog‘lom vazn bilan tug‘ilgan bolada kelajakda diabet yoki semizlikning rivojlanish xavfi kamayadi. 

Homiladorlik davrida qabul qilingan oqsil farzandingiz hujayralarining tug‘ilishdan oldingi davrda ham normal ishlashiga imkon beradi. O’shanda kelgusida istalgan o‘sish va rivojlanish davri uchun mustahkam bir poydevor paydo bo‘ladi va go‘daklik, bolalik va undan keyingi davrlarda ham sog‘lom tanani ana shu poydevor ustida tiklash mumkin. 

Homiladorlik davrida sizga qancha miqdorda oqsil kerak?

Farzandingizning o‘sishini ta’minlash zaruriyati tufayli sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarga organizmingiz moslashishi uchun sizga biroz ko‘proq oqsil kerak bo‘ladi. 

Kattalar uchun oqsilning normal miqdori kuniga 1 kg tana vazniga 0,75 g ni tashkil qiladi, homilador ayollar uchun kuniga 6 g qo‘shimcha oqsil qo‘shiladi.

Misol uchun, vazni 60 kg bo‘lgan ayollar uchun kuniga 45 g (60 x 0,75 g/kun = 45 g), homiladorlik davrida esa 51 g (45 + 6 = 51 g) oqsil kerak bo‘ladi.

Eng yaxshi qoida – kuniga 2-3 porsiya oqsil iste’mol qilish uchun har ovqatlanganingizda bir porsiya oqsilni qo‘shishni unutmang. Bir porsiya odatda kaftingiz o‘lchamiga teng. 

Homiladorlikda oqsilga boy oziq-ovqatlar:

Nafaqat oqsilning miqdori, balki uning turli manbalaridan foydalanish ham muhim jihat hisoblanadi, negaki oqsilning turlicha xillari turlicha aminokislotalarga egadir. Qolaversa, taomlarda oqsilning turlicha manbalaridan foydalanish sizni ko‘pgina vitamin va minerallar bilan ham ta’minlaydi. Homiladorlik davrida sizga kerak bo‘ladigan vitaminlar va qo‘shimchalar haqida o‘qib chiqing.

Oqsil manbalari quyidagilar:

Yog‘siz go‘sht yoki parranda go‘shtini tanlang, misol uchun, ustki qavati olingan tovuq to‘shi, chunki bunday go‘shtlarda yog‘ miqdori kamroq.

Sardina, losos kabi yog‘li baliqlar ayniqsa oqsilga boy bo‘ladi, ularning tarkibida miya rivojlanishiga ko‘mak beruvchi yog‘-kislotalarning katta miqdori mavjud. Yashirin toksinlar sabab ko‘p emas, haftasiga 2 porsiyagacha iste’mol qilishga harakat qiling.

Homiladorlki davrida tuxum iste’mol qilishga doir yaxshi yangilik bor. Tuxum oqsilning ajoyib manbasi hisoblanadi.

Oqsilning yana bir ajoyib manbasi bo‘lgan pishloq va sut mahsulotlarining boshqa bir jihati – tarkibida kalsiy, fosfor va D vitamini kabi muhim oziq moddalarining mavjudligidir. Biroq ba’zi pishloqlarda homiladorlik davrida ziyon keltirish mumkin bo‘lgan bakteriyalar ham yo‘q emas.

Oqsilning foydali o‘simlik manbalari qizil yasmiq, no‘xat, loviya va tofuni o‘z ichiga oladi.

Qo‘shimcha oqsil olish uchun nonushta yormasi, salat yoki smuziga yong‘oq, funduk va bodom qo‘shing.

Ushbu mahsulotlar o‘rtacha miqdordagi g‘arb parhezi doirasida ko‘p qo‘llaniladi, shu sababli, agar vegetarian yoki vegan bo‘lmasangiz, ehtiyojingizni qondirishingiz uchun ratsionga o‘zgartirish kiritishga hojat bo‘lmaydi. Jonivorlardan olinadigan mahsulotlardan uzoqroq bo‘lishni afzal ko‘ruvchi insonlar ko‘pgina zaruriy aminokislotalarni turli xil meva va sabzavotlar yordamida olishi mumkin. Homilador ayollarga mo‘ljallangan supermahsulotlar haqida bilib oling.    

Homilador ayollar uchun oqsilga boy foydali yeguliklar

Oqsil organizmdagi har bir hujayra uchun nihoyatda muhim ko‘makchi rolini o‘ynaydi va u siz va sizning farzandingiz uchun judayam zarur.

Aksariyat insonlar o‘z ratsionlaridan yetarli miqdorda oqsil oladilar. Lekin sizda ishtaha bo‘lmasa, quyida keltirilgan foydali yeguliklar yordamida kun davomida oqsil iste’molini oshirishingiz mumkin:

• Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, yog‘siz vetchina, tunets, losos yoki sardinadan tayyorlangan pyure va salat bilan kichikroq buterbrod yoki non bo‘lagi. 

• Sabzi, bodring yoki selderey qo‘shilgan xumus.

• Sabzavot va loviyali sho‘rva.

• Ustiga qizartirib pishirilgan loviya qo‘yilgan tost yoki pishirilgan kichikroq kartoshka.

• Shakari kam yog‘siz mevali yogurt, oddiy yogurt yoki meva qo‘shilgan pishloqli pechene. 

  1. British Nutrition Foundation. Protein [Online]. 2012. Available at: www.nutrition.org.uk/ [Accessed February 2020]
  2. Wu G. Maternal nutrition and fetal development. The Journal of Nutr 2004; 134(9)2169-2172.
  3. British Nutrition Foundation. Nutrition requirements [Online]. 2015. Availableat: https://www.nutrition.org.uk/attachments/article/234/Nutrition%20Requirements_Revised%20Oct%202016.pdf [Accessed February 2020]
  4. British Nutrition Foundation. Protein [Online]. 2012. Available at: https://www.nutrition.org.uk [Accessed February 2020]
  5. NHS. Fish and shellfish [Online]. 2018. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/fish-shellfish.aspx [Accessed February 2020]
  6. NHS. Healthy Pregnancy Diet [Online]. 2017. Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/healthy-pregnancy-diet/ [Accessed February 2020]

Oxirgi yangilanish: 29 may, 2020 yil

Nutricia kompaniyasining tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha guruhi tomonidan tayyorlangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x