Uyda tayyorlangan loviya va feta pishlog’i bilan pishirilgan shirin kartoshka

Tayyorgarlik vaqti: 10 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 1 soat – Porsiyalar: 4

Pishirilgan kartoshkani shiriniga almashtirish orqali qo‘shimcha tola olishingiz mumkin, bu taomdagi pomidorlar esa sizga C vitamining yaxshi dozasini beradi. Ushbu taom 2 kunga yetishi uchun, ikki hissa ko‘proq masalliqlardan foydalaning.

Ushbu taom: glyutensiz • vegetariancha • yog‘lar, to‘yingan yog‘lar va shakar miqdori kam • tola va oqsil miqdori yuqori • A vitaminining miqdori yuqori • C vitamini, kaliy va marganets manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Har bir porsiyasida:

ozuqaviy qiymatiMiqdoriOziq moddalarni iste’mol qilish me’yori, %larda
Kaloriylagi475 kkal24%
Yo’glar8.9 g13%
Uglevodlar4.3 g22%
Shakar19 g21%
Tuz1.7 g28%

Masalliqlar

• 4 dona o‘rtacha o‘lchamdagi shirin kartoshka

• 400 g konservalangan tug‘ralgan pomidor

• 400 g konservalangan qaynatilgan loviya

• 200 g yog‘sizlantirilgan feta pishlog‘i (vegetarianchasidan ham foydalanish mumkin)

• 120 g rukola

• 1 bo‘lakcha sarimsoq

• 1 choy qoshiq murch

• 1/2 choy qoshiq shakar (ta’bga ko‘ra)

• Yangi maydalangan qora murch

• 1/4 choy qoshiq tuz

• 1 osh qoshiq balzamik sirka

• Bir hovuch qo‘lda maydalangan rayhon barglari

• 2 choy qoshiq zaytun yog‘i• 1 osh qoshiq limon sharbati

Retseptda quyidagi allergenlar mavjud: sut. Ozuqaviy qiymati haqidagi barcha fikrlar bir porsiyaning tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Pomidor: tarkibida C vitamini mavjud bo‘lib, u hujayralaringizni himoya qilish va ularni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

* Loviya: tarkibida tola mavjud bo‘lib, u gormonal o‘zgarishlar tufayli kelib chiqadigan ich qotishining oldini olishga yordam beradi.

* Feta pishlog‘i: mog‘orlagan yumshoq pishloqlardan tashqari, qolgan barcha yumshoq navli pishloqlarni, homiladorlik paytida, agar ular pasterizatsiyalangan sutdan tayyorlangan bo‘lsa, iste’mol qilish mumkin.

* Shakar: yegulik tayyorlashda ishlatadigan shakar miqdorini kamaytirishingiz tavsiya etiladi, chunki ortiqcha miqdordagi shakar, vazn ortishiga olib kelishi mumkin.

Tayyorlash usuli

1. Duxovkani 200 °C gacha qizdiring.

2. Shirin kartoshkani sanchqi bilan sanching  va duxovka patnisida 45 daqiqa davomida pishiring. Kartoshka tayyor bo‘lganda, duxovkani o‘chiring va uni yana 15 daqiqaga qoldiring.

3. Ungacha 1 choy qoshiq zaytun yog‘ini qozonda o‘rtacha olovda qizdiring, so‘ngra sarimsoq qo‘shing va uni yumshoq bo‘lgunicha, 1-2 daqiqa davomida qovuring.

4. Qozonga konservalangan pomidor, shirin qalampir, tuz, murch va shakar qo‘shing (agar ishlatilsa) va loviya qo‘shishdan oldin, bir necha daqiqa davomida pishiring.

5. Taxminan 15 daqiqa davomida past olovda qaynating, so‘ngra balzamik sirka qo‘shing, aralashtiring va olovdan oling.

6. Kartoshkani 4 qismga kesing, hamda pyure holatigacha ezing. Pishirilgan loviya, so‘ngra qirg‘ichdan chiqarilgan feta pishlog‘ini uning ustidan qo‘ying.

7. Zaytun moyi, rayhon va limon sharbati sepilgan rukola bilan bezatilgan holda dasturxonga torting.

  1. NHS. Vitamin C in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed July 2018].
  2. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  3. NHS. Cheeses to avoid in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/foods-to-avoid-pregnant/#some-types-of-cheese [Accessed August 2018].
  4. NHS. How does sugar in our diet affect our health? [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/live-well/eat-well/how-does-sugar-in-our-diet-affect-our-health [Accessed July 2018].

So‘nggi marta: 2018-yil 7-sentabr kuni yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x