Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqning immunitetini qo‘llab - quvvatlash

Bolaning tug‘ilishi — har bir ota-onaning hayotida alohida voqeadir. Biroq buni batafsil rejalashtirish qiyin. Bola tabiiy ravishda yoki kesarcha kesish orqali xavfsiz tug‘ilishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki daqiqalarida mutaxassislar unga yaxshi g‘amxo‘rlik qilish va uning jadalligi bilan ajralib turuvchi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun hamma ishni qiladilar. Bu davrda immunitet shakllanadi, buning uchun ichak mikrobiotasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar chaqaloq kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bo‘lsa, bu jarayonga qanday yordam berish mumkin?

Immunitet ichakdan boshlanadi

Tug‘ilgandan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘rab turgan muhit butunlay o‘zgaradi. Homiladorlik davrida amniotik suyuqlik tufayli tashqi dunyoning mikroorganizmlarga ta’siri cheklangan bo‘ladi. Biroq chaqaloqning organizmi, shu jumladan immunitet tizimi o‘zgargan tashqi omillarga moslashishni boshlashi kerak. Immunitetning vazifasi bolani hamma joyda mavjud bo‘lgan patogen mikroorganizmlardan himoya qilishdir: onaning terisida, buyumlarda, shuningdek, tibbiyot xodimlarida. Bu bolalarda birinchi navbatda ichaklarda rivojlanadigan immunitet tizimi uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Ichak ovqat hazm qilish tizimining bir qismi bo‘lsa-da, u tanadagi barcha immunitet hujayralarining 70–80 foizini tashkil qiladi.

Bifidobakteriyalar immunitet uchun juda muhimdir

Inson ichaklaridagi mikroorganizmlar yagona ekotizimni, boshqacha aytganda, ichak mikroflorasini tashkil qiladi. U patogenlar bilan aloqa qilganda birinchi bo‘lib himoyaga kirishadi va immunitetni rivojlantiradi. Yosh organizmning bakteriyalar va viruslarga qarshi kurashishi, shuningdek, immunitetni shakllantirishi uchun tezda ichak mikroflorasini shakllantirish kerak. Uning tarkibiga bolani o‘rab turgan muhit, onaning ovqatlanishi, kasalxonaga yotqizish yoki dori-darmonlarga ehtiyoj kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Bolaning ichaklaridagi mikroorganizmlar faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar tug‘ilgan kundan boshlab 3 yil davom etadi.

Bola qanday tug‘ilganidan qat’i nazar, — tabiiy ravishda yoki kesarcha kesish yo‘li bilan, asosiysi, u ota-onasi bag‘riga kirib oldi. Shu bilan birga, tabiiy tug‘ilish paytida bola birinchi navbatda ovqat hazm qilish va reproduktiv tizimda onaning mikroflorasi bilan aloqa qilishini yodda tutish kerak. Aynan o‘sha paytda u foydali bakteriyalarni, shu jumladan Bifidobacterium bakteriyalarini oladi. Mutaxassislarning fikricha, ular erta bolalik davrida ichak mikroflorasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Bifidobacterium breve bakteriyalari sog‘lom bolalarning ichaklarida ko‘p miqdorda mavjud bo‘ladi, ular boshqa narsalar qatorida yetuk immunitet tizimini faollashtirish uchun javobgardir.

Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolaning immunitetini qanday qo‘llab- quvvatlash mumkin?

Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloq onaning mikroflorasi bilan bevosita aloqada bo‘lmaydi, shuning uchun uning ichak mikroflorasini tug‘ilishdan boshlab qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar bu sohada bir nechta usullarni ajratib ko‘rsatishadi, ular orasida eng muhimi — bolaning to‘g‘ri oziqlanishidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, ona suti bola hayotining dastlabki olti oyida yagona ozuqa bo‘lishi kerak. Biroq ba’zida ko‘krak suti bilan oziqlantirish oson bo‘lmaydi va kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilish ona suti bilan oziqlantirishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Laktatsiyani saqlab qolish uchun ona akusher yoki ko‘krak sutida oziqlantirish bo‘yicha mutaxassisdan maslahat so‘rashi kerak.

Oziqlantirish texnologiyasini o‘zgartirishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘krak sutida oziqlantirishda davom etish obyektiv ravishda imkonsiz bo‘lib qoladigan holatlar mavjud. Shunda onalarga ham yordam kerak bo‘lishi mumkin. Pediatringiz chaqaloq uchun to‘g‘ri sutni tanlashga yordam beradi. U mos sut tanlashida Bifidobacterium bakteriyalarini (B. breve M-16V) o‘z ichiga olgan kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning ehtiyojlarini hisobga oladigan aralashmalarga e’tibor qaratishi lozim. Bular tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan chaqaloqlar rivojlanmagan immunitet tizimini yo‘lga qo‘yish uchun onalaridan oladigan bakteriyalardir. Bolaning ichaklarini foydali bakteriyalar bilan kolonizatsiya qilish juda uzoq jarayon bo‘lganligi sababli qo‘shimcha oziqlantirish uchun bunday mahsulotni tanlash immunitetning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashning sinalgan usuli hisoblanadi.

Muhim ma’lumotlar.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlarni oziqlantirishning eng to‘g‘ri va oson usuli bo‘lib, yosh bolalar uchun har xil oziqlanish bilan birga tavsiya etiladi. Ona suti bolaning to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi, uni kasallik va infeksiyalardan himoya qiladi. Agar ona homiladorlik va laktatsiya davrida to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilsa va bola ortiqcha oziqlantirib yuborilmasa, ko‘krak suti unga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ona oziqlantirish usulini o‘zgartirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

  1.  Simon AK, Hollander GA & McMichael A (2015) Proc Biol Sci 282:20143085.
  2.  West CE et al. (2015) J Allergy Clin Immunol 135:3-13.
  3.  Helander HF & Fändriks L (2014) Scand J Gastroenterol 49:681-9.
  4.  Houghteling PD & Walker WA (2015) J Pediatr Gastroenterol Nutr 60:294-307.
  5.  Belkaid Y, Hand TW. Role of the microbiota in immunity and inflammation. Cell. 2014; 157: 121-141
  6.  Patel RM, Denning PW. Therapeutic use of prebiotics,probiotics, and postbiotics to prevent necrotizing enterocolitis:what is the current evidence? Clin Perinatol. 2013; 40:11–25.
  7.  Penders J, Thijs C, Vink C et al. Factors influencing the composition of the intestinal microbiota in early infancy. Pediatrics 2006;118:511-12.
  8.  Collado MC et al. 2012. Microbial ecology and host-microbiota interactions during early life stages. Gyt Microbes; 3: 352-365.
  9.  Prior et al. Breastfeeding after cesarean delivery: a systematic review and meta-analysis of world literature. A, J Clin Nutr 2012; 95:1113-35.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

x