Bolani sutdan chiqarish

Ishonch bilan boshlash

Bolani sutdan chiqarish bosqichini qanday boshlash kerak

Kichkintoyingizni sutdan chiqarish yoki uni ilk marta quyuq taomlar bilan tanishtirish hayajonli va biroz notinchroq kechishi mumkin. Garchi avvaliga kichkintoyingiz taomni koʻp yutolmasligi mumkin boʻlsa ham, qoshiq bilan ovqatlantirishga yoki tayoqcha shaklida berilgan taomlarni isteʻmol qilishga va yangi taʼm va tarkiblarni qabul qilishga oʻrgatish bu uning rivojlanishidagi muhim qadamdir. Bolani sutdan chiqarishni qanday boshlash haqida bilib olish uchun bizning qisqacha qoʻllanmamiz bilan tanishib chiqing.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Bolani qachon sutdan chiqarish kerak

Quyuq ovqatlar bilan tanishish – kichkintoyingizning rivojlanishidagi muhim bosqichdir va bunda u juda  koʻp narsalarni oʻrganishi kerak boʻladi. Shuning uchun ham kichkintoyning ixtiyoriga qarash va bolada uning sutdan chiqishga tayyorligini koʻrsatuvchi belgilar paydo boʻlmaguncha kutish kerak.

Sogʻliqni saqlash vazirligi bolani sutdan chiqarishni taxminan 6 oylikdan boshlashni tavsiya etadi. Ungacha kichkintoyingizning ovqat hazm qilish tizimi hali toʻliq rivojlanmagan boʻladi va quyuq taomlarni ratsionga juda erta qoʻshish unda infeksiyalar va allergiya xavfini oshirishi mumkin1. Amaliy nuqtayi nazardan bolani sutdan chiqarishni taxminan kichkintoy 6 oylik boʻlgandan, yaʼni uning harakatlari koordinatsiyasi yaxshilangan davrdan boshlasa osonroq boʻladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi sutdan chiqarishni 6 oylikdan boshlashni tavsiya etadi.

Baʼzi ota-onalar ularga farzandi odatdagidan koʻproq ochlikni his qilayotgandek tuyulganligi yoki tunda tez-tez uygʻonishni boshlaganligi tufayli farzandini sutdan chiqarishni bola 6 oyga toʻlmasdan oldin boshlamoqchi boʻlishadi. Biroq, bu oʻzgarishlarga shunchaki bolaning oʻsish tezligi sabab boʻlishi ham mumkin. Agar kichkintoyingizda bu belgilar paydo boʻlayotgan boʻlsa, unga qoʻshimcha ona suti yoki aralashmalar yetarli boʻlishi va uning ishtahasi juda tez meʼyoriga kelishi mumkin2.

Bola 4 oylik boʻlmasidan oldin uning ratsioniga quyuq ovqatlarni aslo kiritmaslik kerak. Agar siz oʻz shifokoringiz yoki pediatringiz bilan maslahatlashgan holda, kichkintoyingiz 6 oylikka toʻlmasdan oldin uning ratsioniga quyuq mahsulotlarni kiritishga qaror qilgan boʻlsangiz, unda ratsiondan kichkintoyingizda oziq-ovqat allergiyasini yoki kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan baʼzi oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib tashlashingiz kerak boʻladi. Bular tarkibida bugʻdoy uni boʻlgan mahsulotlar, glyuten (bugʻdoy, javdar, arpa va joʻxori tarkibida boʻladigan oqsil), yongʻoq, yeryongʻoq, yeryongʻoq mahsulotlari, urugʻlar, jigar, tuxum, baliq, qisqichbaqasimonlar, sigir suti va yumshoq yoki pasterizatsiyalanmagan pishloq. Siz ushbu mahsulotlarni faqat kichkintoyingiz 6 oylikka toʻlganidan soʻng ratsionga kiritishingiz mumkin.

Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarni ularning individual rivojlanishiga muvofiq ravishda sutdan chiqarish kerak, shuning uchun bu borada diyetolog, patronaj hamshirasi yoki shifokor bilan maslahatlashing.

Keling boshlaymiz

Umuman olganda, sutdan chiqarishda birinchi navbatda bolani kaloriyaga yoki ozuqa moddalariga boy taomlar bilan oziqlantirish emas, balki shunchaki quyuq taomlarni yeyishga oʻrgatish muhim. Bolalarning avvaliga ovqatni tili bilan itarib chiqarib yuborishlari tabiiy holat, chunki ular bu bilan sutdan boshqa biron bir narsaning sezgisi va taʼmiga odatlanishni boshlashadi. Vaqt oʻtishi bilan ular ovqatni ogʻzida ushlab turishga va uni yutishga oʻrganishadi.

Farzandingiz to taomni yeyishga oʻrganmaguncha oʻzingizning odatiy ovqatlantirish tartibingizga amal qiling: bu bolani sutdan chiqarish davri davomida bola uchun ozuqa moddalarining eng muhim manbasi boʻladi. Unutmang farzandingiz bir yoshga toʻlguncha sigir sutini ichishi mumkin emas.

murabbo bilan bo'tqa Asosiy tamaddi tarkibiga koʻplab turli xil sabzavotlar, undan keyin esa, sutli mahsulotlardan tayyorlangan, meva qoʻshilgan desert qoʻshing.

Pishirilgan, qirgʻichdan oʻtkazilgan sabzavotlar yoki mevalar farzandingizning taʼmlar bilan ilk tanishuvi uchun juda mos keladi. Banan, mango yoki avokado kabi yumshoq mevalarni bolaga ezmasdan va qirgʻichdan oʻtkazmasdan berish mumkin. Avvaliga, bir nechta choy qoshiqdan kuniga 1-2 marta taklif qilib koʻring. Keyin ovqatlantirishlar sonini kuniga 3 martaga yetkazgunga qadar bir necha hafta davomida asta-sekinlik bilan oshirishingiz mumkin.

Koʻpchilik onalar bolani sutdan chiqarishning dastlabki bosqichida chaqaloqlar uchun moʻljallangan guruchdan ona suti yoki oddiy sut aralashmasi asosida tayyorlangan boʻtqani taklif etishadi. Unga shuningdek, taʼm berish va tarkibini xilma-xillashtirish uchun mevali yoki sabzavotli pyure aralashtirish mumkin.

Farzandingiz juda och boʻlganida unga quyuq ovqat bermagan maʼqul…

Farzandingiz juda och boʻlganida unga quyuq ovqat bermagan maʼqul, chunki u bu holatda toʻyish uchun yetarlicha tez yeya olmasligi va shu tufayli quyuq taom bilan tanishishga nisbatan qiziqishi yoʻqolishi mumkin.

Bundan tashqari, u sutga yetarlicha toʻyib qolmaganligiga ishonch hosil qiling, chunki uning oshqozonida qoʻshimcha ovqat uchun joy boʻlmasligi va quyuq taomni yeyish unda qiziqish uygʻotmasligi mumkin. Eng yaxshisi bolani quyuq taom bilan ovqatlantirishdan oldin unga odatda oʻzi isteʼmol qiladigan sutning yarmi miqdorida sut bering.

Sutdan chiqarish vaqtidagi muvozanatlashgan diyeta

Hech bir mahsulot sizning kichkintoyingizga unga zarur boʻlgan barcha narsani bera olmaydi. Shuning uchun, u sutdan chiqarish jarayoniga odatlanayotgan boʻlsa, asta-sekin unga imkon qadar koʻproq xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini taklif qilishni boshlang.

Bu farzandingizning sogʻlom rivojlanishiga yordam beradigan ozuqa moddalari, jumladan vitaminlar va minerallarning muvozanatini taʼminlashga yordam beradi.

Asosiy taomlarga koʻplab turli xil sabzavotlar, undan keyin esa, sutli mahsulotlardan tayyorlangan meva qoʻshilgan desert qoʻshing.

Kichkintoyingizning muvozanatlashgan diyetasini taʼminlashning eng yaxshi usuli kunni chaqaloqlar uchun maxsus ravishda, shakar va tuz qoʻshmay tayyorlangan nonushta yormalaridan boshlashdir.

Kichkintoyga taomni qanday tayyorlab berish kerak

Mazkur bosqichda kichkintoyingizni quyuq taomni yutishga oʻrgatish uchun maxsus pyurelar mos keladi. Olma, nok, sabzi va shirin kartoshkani pishirish va aralashtirish oson. Albatta ularning poʻstlogʻi kichkintoyingiz uchun juda qattiqlik qilishi mumkin shuning uchun avval ularning poʻstini tozalang.

Toʻgʻri taʼmlar

Nisbatan murakkab taomlar kombinatsiyasiga oʻtishdan oldin oshqovoq, sabzi va shu kabi boshqa sabzavotlardan iborat oddiy taʼmlarni ratsionga kiritishga harakat qiling. Shunchaki ularni odatdagidek, ammo tuz qoʻshmasdan pishiring, chunki tuz farzandingizning rivojlanayotgan organizmiga zarar yetkazishi mumkin.

Ratsionga qoʻshmaslik kerak boʻlgan mahsulotlar

Sutdan chiqarishning mazkur dastlabki bosqichida bolangizning rivojlanayotgan organizmi qabul qilishi qiyinroq boʻlishi mumkin boʻlgan baʼzi mahsulotlar mavjud. Ularga tuz va tuzlangan mahsulotlar (masalan, bekon), shakar, asal (asalni 1 yoshgacha isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi, chunki u botulizm bakteriyalarini oʻzida saqlashi mumkin) va yongʻoqlar (agar ular yetarli darajada maydalanmagan boʻlsa) kiradi. Bolani sutdan chiqarish jarayonida imkon qadar bolaning ratsionga kiritmaslik kerak boʻlgan mahsulotlar haqida bizning maqolamiz orqali koʻproq maʼlumot oling.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun allergiyaning oldini olish haqidagi maslahatlarimizni oʻqing.

Keyingi bosqichlar

Quyidagi mahsulotlarni oʻz xaridlar roʻyxatingizga qoʻshib qoʻying:

• Shirin kartoshka

• Sabzi va oq sabzi

• Qovoq

• Nok

• Olma

• Banan

• Mango

• Bolalar guruchi, masalan Nutricia organik bolalar guruchi kabi.

  1. Department of Health. Weaning: Starting Solid Foods [Online]. 2007. Available at: www.unicef.org.uk/Documents/Baby_Friendly/Leaflets/weaning_leaflet.pdf [Accessed July 2014]
  2. NHS UK. Your baby’s first solid foods [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Conditions/pregnancy-and-baby/Pages/solid-foods-weaning.aspx [Accessed July 2014]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 5-sentyabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x