Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi sharoitida ko‘krak bilan emizish

Sizda koronavirus (COVID-19) simptomlari kuzatilayotgan bo‘lsa ham, ko‘krak bilan emizish — bolaning salomatligini mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biridir. Bolani ko‘krak suti bilan emizish mutlaqo xavfsiz va virus farzandingizga ko‘krak suti orqali o‘tishi mumkinligini taxmin qilishga asos beruvchi ma’lumotlar hozirda mavjud emas.

Ko‘krak suti bolaning kuchli immun tizimini mustahkamlovchi antitanalarga ega bo‘libgina qolmay, Siz va go‘dak o‘rtasida aloqani o‘rnatishning ajoyib usuli hamdir. Shuningdek, unda Siz uchun ko‘pgina afzalliklar bor.

Biz ko‘krak bilan emizishni oson boshlashda Sizga yordam beradigan keng ko‘lamli – ilk emizish bo‘yicha yo‘riqnomadan tortib to ko‘krak bilan emizishga oid ko‘p tarqalgan muammolar yechimigacha bo‘lgan axborotga egamiz.

Agar siz COVID-19 simptomlaridan aziyat chekayotgan va o‘zingizni yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, ham o‘zingiz, ham bolangiz to‘g‘risida qayg‘urishingiz kerak. O‘zingizga nisbatan haddan ortiq talabchan bo‘lmang – to to‘liq sog‘ayib, odatiy tarzda ko‘krak bilan emizishni davom etish uchun yetarli kuchga to‘lmaguningizcha, sutni sog‘ib, saqlab qo‘yishni qo‘llab ko‘ring.

Eng boshidan

Здесь мы собрали несколько советов, которые помогут Вам в начале грудного вскармливания, чтобы Вы и Ваш ребенок могли воспользоваться множеством преимуществ, которые имеет этот метод кормления.

Bu yerda biz ko‘krak bilan emizishni boshlashda sizga yordam beruvchi bir nechta maslahatlarni tayyorladik, ular ko‘magida Siz va Sizning farzandingiz ushbu oziqlantirish usulining ko‘plab afzalliklaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

chaqaloqni emizayotgan holat

Ko‘krak bilan emizishning sog‘lom shakli

Ko‘krak bilan emizish davrida Siz farzandingizni uning uchun kerakli barcha ozuqa moddalari bilan ta’minlaysiz, shu sababli sog‘lom parhezga rioya etishingiz va muayyan mahsulotlar hamda ichimliklarni cheklashingiz o‘zingiz uchun foydali bo‘ladi.

Ko’krak bilan emizish davrida parhez

Ko‘krak bilan emizishda ratsiondan istisno qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar

Kofein va ko‘krak bilan emizish

ona bolanii ovqatlantirayotgan holat

Ko‘krak bilan emizishda muammolar

Ko‘krak bilan emizish ba’zida muammolarga sabab bo‘lishi mumkin, ammo to‘g‘ri yondashuv bilan ularni yengib o‘tishga yordam beradi, siz esa ko‘krak bilan emizishni davom etishingiz mumkin bo‘ladi.

etarlicha ona suti olish

Nima uchun aynan ko‘krak bilan emizish kerak?

Ko‘krak bilan emizish farzandingizga hayotni muvaffaqiyatli boshlash imkonini beradi. Ammo bu qanday ro‘y beradi va Siz hamda farzandingiz uchun ko‘krak bilan emizishning afzalligi nimada?

bolani emizish paytida onaga tegishi 2

Bizning tajribamiz

Nutricia Club’da biz 40 yildan ziyod davr mobaynida ko‘krak sutini o‘rganamiz va Siz ko‘krak bilan emizish borasida eng yaxshi tajribaga ega bo‘lishingizga yordam berish uchun ko‘krak suti va ko‘krak bilan emizish borasidagi o‘z bilimlarimizni o‘rtoqlashamiz.


to'shakda bolani emizish
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x