Injiq bolalar uchun maslahatlar

Ovoragarchiliklarsiz

Injiq kichkintoylarni ovqatlantirish uchun layf-xaklar

Garchi, bolaning injiqligi ovqatga oʻrgatish jarayoni qiyinlashtirsa ham, xotirjamlikni saqlash va urinishda davom etish kerak. Bolaga xilma-xil yangi taʼmlar va tarkiblarni taklif qilish uni zarur ozuqa moddalarini olishiga yordam berishning eng yaxshi usulidir. Shunday ekan, agar u birinchi martasiga brokkolidan bosh tortsa, unda yana bir marta urinib koʻring – u keyingi safar uni yana bir marta tatib koʻrishi va uni yoqtirib qolishi mumkin.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Injiq bolalar borasida maslahatlar

Agar kichkintoyingiz faqat bir nechta oʻzi yaxshi koʻrgan taomlarnigina isteʼmol qilsa, unda uning xilma-xillikka boy va muvozanatlashgan dietaga qiziqishi ehtimoli kamayadi va u ovqatlar borasida injiq boʻlib qolishi mumkin. Koʻpchilik chaqaloqlar hayotining birinchi yilida turli taomlar taʼmlari bilan mamnuniyat bilan tanishishadi. Bolani barcha zarur ozuqa moddalari bilan taʼminlash uchun dastlabki bosqichda oʻz ratsioningizni ham xilma-xillikka boyitishga harakat qilish juda muhimdir.

Mana sizga farzandingizni xilma-xil mahsulotlarni yeyishga oʻrgatish borasida bir nechta maslahatlar:

• Shaxsiy namuna koʻrsating – oʻzingiz uning taomlaridan ozroq tatib koʻring va uning yoqimliligini farzandingiz tushunishi uchun yuzingizda mamnuniyat hissini ifodalang.

• Kam-kamdan boshlang – kam ulushlarni yeyish osonroq boʻladi va agar taom kichkintoyga yoqsa, siz har doim unga koʻprogʻini taklif qilishingiz mumkin.

• Bolaga istalgan bir taʼmdagi taomni taklif qiling agar unga bu ovqatning taʼmi yoqmasa, unga boshqasini taklif qilib koʻring, lekin unga yoqadigan taomni juda tez-tez taklif qilmang.

• Agar kichkintoyingiz biror taomni ogʻzidan chiqarib tashlasa, xuddi shu taomni boshqa kuni, masalan oʻzining sevimli taomiga kamroq miqdorda aralashtirib yana taklif qilib koʻring. Eng muhimi sabrli boʻlishingiz kerak.

• Bir xil mahsulotni har xil shaklda berishga urinib koʻring, masalan, sabzili pyure va pishirilgan sabzi tayoqchalari.

• Taomni xilma-xil randa taklif qilish bilan quvnoq va jozibali qiling, masalan yashil brokkoli, sabzirang shirin kartoshka va sariq banan – xilma-xil ranglar bolada qiziqish uygʻotishi mumkin.

• Bolani yoqtirmagan narsasini yeyishga majbur qilish kerak emas, lekin taomni mehr bilan taklif qilish uni yana bir marta tatib koʻrishga koʻndirishi mumkin.

• Birgalikda ovqatlaning – bolalar siz ular bilan birgalikda tanovul qilayotgan narsani nisbatan koʻproq xohish bilan yeyishadi.

  1. Hammons AJ & Fiese BH. Is Frequency of Shared Family Meals Related to the Nutritional Health of Children and Adolescents? [Online]. 2011. Available at: http://pediatrics.aappublications.org/content/127/6/e1565 [Accessed July 2014]

Oxirgi marta yangilangan sana: 2014-yil 21-avgust

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x